Baliq, kit va boshqa yovvoyi jonivorlar. Ba’zi bir tur jonivorlar umumiy resurs hisoblanishadi. Masalan baliq va kit tijorat qiymatiga ega, va har qanday kishi okeanga borib, u yerda mavjud bo`lgan hamma narsani tutib olishlari mumkin. Har kishi jonivorlar turlarini keyinga yilga ham saqlab qo`yishga kam rag`bat his qilishadi. Xuddi chorva etishtirishning haddan ziyod ko`p soni Umumiy Maydonni barbod qilganidek, haddan ziyod ko`p baliq va kit ovlanishi dengiz Kamolivorlari ko`payishining tijorat maqsadlariga putur etkazishi mumkin.
Okean eng kam tartibga solinuvchi umumiy resurs bo`lib qolmoqda. Ikki muammo oddiy echimga ega. Birinchidan, okeanga ko`pgina davlatlar chiqish yo`llariga ega, shuning uchun har qanday echim turli xil ma’no kasb etadigan xalqaro darajadagi hamkorlikni talab etadi. Ikkinchidan, okeanlar shu darajada
yirikki, har qanday kelishuvni to`la qonli amalga oshirish juda qiyin. Natijada, baliq ovlash hatto odatda do`st mamlakatlar orasida ham o`ziga xos nizolarga sabab bo`lib qoladi.
O`zbekistonda baliq va boshqa yovvoyi jonivorlarni himoya qilishga qaratilgan turli xil qonunlar mavjud. Masalan, baliq tutish va ovchilik bilan shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziya davlat harajatlari baliqchilik va ovchilik muddatini kamayishiga sabab bo`ladi. Baliqchilardan ko`p holatlarda kichik baliqlarni tashlab yuborishni va ovchilardan faqat alohida jonivorlarni o`ldirishni talab qilishadi. Barcha bu kabi qonunlar umumiy resurslardan foydalanishni bekor qiladi va jonivorlarni ko`payishiga xizmat qiladi.
Keys stadi. Nega sigirlar qirilib ketmadi?
Butun dunyo tarixida ko`pgina jonivorlar turlari qirilib ketish havfi ostida bo`lishgan. Evropaliklar ilk marta Shimoliy Amerikaga qadam qo`yishganida, 60 milliondan ortiq bizon (qo`tos) lar qit’adan ko`chib ketishiga majbur bo`lishgan. Undan tashqari, qo`toslarni ovlash 19-asrda shu darajada mashhur bo`lganki, 1900 yillarga kelib, ya’ni davlatlar ularni himoya qilishga kirishishlaridan oldin jonivorlar soni 400 tagacha qisqarib ketgan.
Ba’zi bir Afrika mamlakatlarida fillar xuddi shu kabi muammoga duch kelmoqda, brakonerlar jonivorlarni ularning suyaklari va tishlari uchun o`ldirishmoqda.
Shu bilan birga, barcha jonivorlar ham bu muammoga duch kelishganlari yo`q. Masalan, sigirlar qimmatli oziq-ovqat manbai hisoblanishadi, lekin hech kim sigirlarni yaqin orada qirilib ketadi deb hisoblamaydi. Amalda, mol go`shtiga bo`lgan katta talab ushbu jonivor turini saqlanib qolishiga o`ziga xos kafolat.30