Shu vaqtgacha biz ko`rib chiqDilshodki, xususiy bozorlar samarali miqdorda ta’minlay olmaganligi sababli ommaviy mahsulotlarni davlat ta’minlab beradi. Shu bilan birga, davlat faqatgina birinchi qadamni qo`yish funktsiyasini bajarishi ham mumkin. Keyinchalik esa davlat qaysi ommaviy mahsulotlarni qancha hajmda etkazib berish kerakligini ko`rsatib berishi zarur.
Aytaylik, davlat yangi shosseni qurish loyihasini – ommaviy mahsulotni (xizmatni) ko`rib chiqayapti. Shosse qurilishi to`g`risida yakuniy xulosaga kelishdan oldin, davlat, shosseni unga ketadigan harajatlar va keyinchalik uni faoliyatini ta’minlash harajatlari bilan ishlatishi mumkin bo`lganlardan kelib tushuvchi foydani ko`rib chiqishi lozim. Bu qarorga kelishdan oldin davlat, harajatlar va daromadlarni tahlil qilish deb nomlanuvchi jamiyatga ushbu tovar yalpi foydasini aniqlab beradigan tadqiqotni olib borish uchun iqtisodchilar va injenerlar komandasini jalb qilishi mumkin.
Harajatlar va daromadlar tahlili o`ziga xos murakkab jarayon. Shosse
kelgusida barcha uchun bepul foydalanishga mo`ljallanganligi sababli uning qiymatini (yoki foydalilik darajasini) aniqlovchi narx mavjud emas.
Kishilardan shunchaki ular shosseni qanchaga baholashlarini so`rash ishonchli emas, anketalash ham samarali usul emas, sababi so`rovda qatnashuvchilar haqiqiy bahoni berish uchun moddiy rag`batga ega bo`lmaydilar. Shossedan kelajakda foydalanishi mumkin bo`lganlarda uni daromadlilik darajasini oshirishga ko`proq rag`bat bor. Shosseni qurilishidan zarar ko`rishi mumkin bo`lganlarda esa shosse qurilishiga ketadigan harajatlarni oshirib ko`rsatishga va uni qurilishini to`xtatishga rag`bat mavjud.
Ommaviy mahsulot (xizmat) larni samarali tarzda taqdim etish, o`z o`zidan, xususiy mahsulot (xizmat) larni taqdim etishga qaraganda bir muncha mushkulroq. Xususiy mahsulot xaridorlari bozorga chiqishganda ular o`zlari to`lay olishi mumkin bo`lgan narxga qarab fikr yuritishadi. Shu bilan birga sotuvchilar o`z harajatlarini o`zlari qabul qilishlari mumkin bo`lgan narx yordamida ko`rsatishadi. Muvozanat nuqtasi esa resurslarni samarali taqsimlash nuqtasi bo`lib, u barcha ma’lumotlarni o`zida aks ettiradi. Ommaviy mahsulotlarda, bundan farqli o`laroq, harajatlar va daromadlar tahlilchilari davlat ommaviy mahsulotlarni qanday va qancha miqdorda ta’minlashi bo`yicha hech qanday baho signallariga ega bo`lishmaydi. Ularning harajatlar va daromadlar to`risidagi xulosalari, nari borsa, eng yaxshi taxminiy xulosalar, xolos.