Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet168/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Nominal va real daromadlar. Nominal daromad - bu soliq va narxlarning o`zgarishiga bog`liq bo`lmagan daromad darajasi. Real daromad - bu narxlarni va boshqa to`lovlarning o`zgarishini hisobga olgandagi daromad. Real daromadni aniqlashda umumiy daromaddan soliq va boshqa to`lovlarni ayirib, uni narxlar o`zgarishiga (inflyatsiyaga) ko`ra qayta hisoblaydi.
Ish haqi - ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to`lanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi bo`lib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun to`lanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).
Iqtisodiy renta - cheklangan resursdan foydalangani uchun to`lanadigan narx.
Kapitalga daromad - bu foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo`ladi. Agar kapital pul shaklida bo`lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo`yicha daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda bo`lsa, u kapitalga ko`ra umumiy daromaddan ulush oladi.

Real foiz stavkasi nominal stavkadan (pulda ifodalangan stavkadan) inflyatsiya darajasini ayrilganiga teng.
Tadbirkorlik daromadi - bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda iqtisodiyotning noformal sektori, ya’ni yashirin iqtisodiy sektorda (rus tilida tenevaya ekonomika) yashirin daromad mavjud bo`ladi.
Yashirin daromad ham ikki xil bo`ladi. Birinchisi - pora olish (korruptsiya), giyohvand moddalar sotish, kontrabanda va boshqa sohalardan olinadigan yashirin daromad. Ikkinchisi - patentsiz va litsenziyasiz sotish faoliyati bilan shug`ullanishdan tushadigan daromad va soliq xizmatidan yashirilgan daromad.
Aholining tarkibi har xil ijtimoiy qatlamlardan (ishchilar, qishloq xo`jaligidagi ishlovchilar, xizmatchilar, tadbirkorlar, o`qituvchilar, meditsina xizmati xodimlari va hokazolar) iborat bo`lgani uchun ushbu guruhlardagi insonlarning daromadlari ham har xil bo`ladi. Aholi daromadining taqsimlanish dinamikasi iste’mol byudjeti orqali o`rganiladi. Iste’mol byudjeti ham turli xil bo`lishi mumkin: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada etarli byudjet (bunga eng yuqori umumiy daromad oladigan oilalarni kiritish mumkin), minimal byudjet. Minimal byudjetli oilaga, oila a’zolarining (bir yillik yoki bir oylik) umumiy daromadlari minimal bo`lgan oilalar kiritiladi.
Aholini turmush darajasini ifodalaydigan ko`rsatkichlardan biri bu yashash minimum. Yashash minimumini sarflangan ishchi kuchini oddiy takror tiklash uchun zarur bo`lgan daromad deb qarash mumkin. Yashash minimumini minimal iste’mol korzinasi ham deb qaralishi mumkin. Yashash minimumi aholini qashshoqlik chizig`i sifatida ham qarash mumkin. Yashash minimumidan past daromad oladigan aholining qismi qancha ko`p bo`lsa, aholining qashshoqlik darajasi shuncha yuqori bo`ladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar iste’mol korzinasiga ko`ra hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda o`rtacha daromad iste’mol korzinasiga quyidagi tovarlar kiritiladi: uy-joy, avtomobil, uyning zamonaviy jihozlari, audio
va video texnika, sayohat qilish imkoniyati, bolalarini kiyintirish, o`qitish, ilmiy asoslangan oziq-ovqat, kiyim-kechak, ma’lum darajadagi jamg`arma.
Odatda minimal iste’mol savatga boshlang`ich ehtiyojni qondiradigan tovarlar kiritiladi (kiyim-kechak, oziq-ovqat, minimal yashash sharoiti).
Jamiyatdagi barqarorlik va aholining umumiy farovonligi ko`pincha ushbu aholi tarkibidagi o`rtacha sinfdagi aholining ulushi bilan ifodalanadi deb qaraladi. O`rtacha sinfdagi aholining mamlakatni hozirgi ham siyosiy, ham iqtisodiy hayotidagi ahamiyati nihoyatda kattadir. Bozor talabini shakllantirishda, ishlab chiqarishdagi faollikni ta’minlash o`rta sinfga qarashli aholiga ko`proq bog`liq.
Rivojlangan davlatlarda o`rta sinfga qarashli aholi umumiy aholining 50 foizidan 70 foizigachasini tashkil qiladi.
Yuqorida ham ta’kidlab o`tdikki, bozor iqtisodiyoti o`z-o`zidan jamiyatdagi daromadlarni tekis taqsimlashni ta’minlamaydi, shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda har doim o`ta qashshoq, boy va o`ta boy aholi guruhlari saqlanib qoladi. Sivilizatsiyalashgan davlatlardagi iqtisodiy siyosat aholi daromadlaridagi keskin ravishda katta bo`lgan farqlarni qisqartirishga, daromadlarni ko`proq adolatli qayta taqsimlashga qaratilgan. Har bir tsivilizatsiyalashgan davlat nogironlarni, nafaqaxo`rlarni, ko`p bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishni o`z bo`yniga olishi zarur.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish