Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi (xilma-xil bo`lishi, tabaqalashuvi). Shaxsiy daromadlarning tabaqalashuvining asosida ish haqining har xil bo`lishi yotadi. Ish haqining har xil bo`lishi esa quyidagi omillarga bog`liq: shaxslar qobiliyatining har xilligi, bilim darajasi, malakasi, tajribasi, mulkning va qimmatbaho qog`ozlarning notekis taqsimlanishi, ko`chmas mulkning notekis taqsimlanishi, ya’ni jamg`armaning notekis taqsimlanishi va hokazolar.
Bulardan tashqari daromadlarning notekis taqsimlanishida omad, qimmatli axborotga ega bo`lish, tavakkalchilik, shaxsiy va oilaviy munosabatlar ham ma’lum rol o`ynaydi. Ushbu omillarning ta’siri har-xil, ba’zi hollarda ular daromadlarni taqsimlashga qaratilgan bo`lsa, ba’zi hollarda notekislikni kuchaytiradi.
Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasini, chuqurligini aniqlashda Lorents egri chizig`idan foydalaniladi.
Lorents egri chizig`ini chizish uchun koordinata sistemasini chizamiz. Gorizontal o`q bo`yicha aholining yoki oilalarning foizlardagi ulushi ifodalanadi. Vertikal o`q bo`yicha - daromadlar foizi ifodalanadi (19-rasm).
100
80
Daromad foizi
60
40
20
Tekis taqsimlanish chizig`i
C
F
D
Lorents egri chizig`i
Aholi foizi
19-rasm. Lorents egri chizig`i.
Odatda aholini besh qismga bo`ladi, ya’ni besh kvintelga. Har bir kvintelga (beshdan bir qismiga) aholining 20 foizi kiradi. Aholining qismlari koordinata o`qiga eng kam daromadga ega bo`lgan qismidan boshlab to eng ko`p daromad oladigan qismigacha bo`lgan ketma-ketlikda joylashtiriladi.
Agar aholining barcha qismlari oladigan daromad bir xil bo`lsa, ya’ni daromad tekis taqsimlangan bo`lsa, u holda 20 foiz aholiga 20 foiz daromad to`g`ri keladi, 40 foiz aholiga 40 foiz daromad to`g`ri keladi va hokazo.
Grafikdagi 0F chizig`i daromadlarni absolyut tekis (teng) taqsimlanganligini ifodalaydi. 0EF chizig`i esa absolyut notekis taqsimlanganligini ifodalaydi. Lorents egri chizig`i 0ABCDF daromadlarni real, haqiqiy taqsimlanishini ifodalaydi.
Amalda aholining eng kam ta’minlangan qismiga daromadni 5-6 foizi to`g`ri kelsa, eng boy aholi qismiga 40-45 foizi to`g`ri keladi. Shuning uchun ham Lorents egri chizig`i daromadlarni absolyut tekis va notekis taqsimlanishini ifodalovchi
chiziqlar o`rtasida joylashgan. Daromadlar taqsimlanishi qancha notekis bo`lsa, Lorents egri chizig`i shuncha E nuqtaga tomon botiq bo`ladi. Daromadlar taqsimlanishi qancha tekis bo`lsa, Lorents egri chizig`i to`g`rilanib 0F chizig`iga shuncha yaqinlashadi.
Daromadlarni notekis taqsimlanishi darajasi Djini koeffitsientini DJ deb belgilasak, u 0ABCDF yuzani (19-rasmda shtrixlangan yuza) 0FE uchburchak yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi:
Дж
DJ
S0 ABCDF .
S0 FE
Bu erda biz nominal daromadni taqsimlanishini ifodaladik. Nominal daromadga aholi tomonidan pul shaklida olingan barcha daromadlar kiradi: ish haqi, dividendlar, foizlar, barcha transfert to`lovlari (qaytarib olinmaydigan pul to`lovlari). Lekin, bu erda aholini o`z tomorqasidan oladigan daromadi, uyidagi chorva mollaridan tushadigan daromad, davlat tomonidan ta’limga, meditsina xizmatiga sarflanadigan mablag`lar, xayriya, ehsonlar hisobga olinmagan.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda daromadlarni qayta taqsimlash siyosati davlat tomonidan amalga oshiriladi. Progressiv, ya’ni o`sib boruvchi soliq tizimiga ko`ra, aholining boy qismidan yuqoriroq foizda soliq olinsa, aholining kam daromadli qisimdan kamroq foizda soliq olinadi. Soliq to`lovlaridan tushgan daromadning bir qismi kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoya qilishga sarflanadi. Deyarli barcha davlatlarda aholini ijtimoiy sug`urtalash va kam ta’minlangan aholiga moddiy yordam berish dasturlari mavjud.
Ijtimoiy sug`urtalash dasturiga ko`ra nafaqaxo`rlar, aholining ishga yaroqsiz bo`lgan qismi, boquvchisini yo`qotgan oila, nogironlar ijtimoiy sug`urtalanadi.
Davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish dasturi bo`yicha ko`p bolali oilalarga yordam beriladi, oziq-ovqat mahsulotlari ajratiladi va boshqa har xil imtiyozlar belgilanadi.
Davlatning daromadlarni qayta taqsimlash siyosati natijasida Lorents egri chizig`i to`g`rilanib 0F chizig`i tomonga siljiydi, ya’ni Lorents egri chizig`i 0 ABCDF holatdan 0 A' B'C' D' F ' holatga siljiydi (20-rasm).
100 F
80 Moddiy yordam berilgandan keyingi, soliq to`lovlari to`langandan keyingi Lorents egri chizig`i
Daromad foizi
60
40 C'
Davlat tomonidan yordam berilmaganda,
D' soliqlar to`lanmagan
davrda Lorents egri chizig`i
D
20 B'
C
A'
B
A
0 20 40 60 80
E
100
Aholi foizi
Do'stlaringiz bilan baham: |