7-rasm. Ish vaqti va dam olish o`rtasidagi bog`liqlik
Agar u ishlamasa, uning maksimal dam olishi bir sutkaga, ya’ni, 24 soatga teng bo`ladi. Ishchining "daromad va bo`sh vaqti" byudjet chizig`ini MN chizig`i orqali ifodalash mumkin. Ma’lumki, ishchi har doim sutkasiga 24 soat ishlayvermaydi. Tabiiyki, ishchining ish vaqti chegaralangan bo`ladi, u ma’lum vaqt dam olib, o`zining ishlash qobiliyatini tiklash kerak bo`ladi. Bundan tashqari, dam olish uni ma’naviy o`sishini ta’minlaydi. Demak, ishchi ma’lum vaqt ishlab, ma’lum miqdorda naf olsa (daromad olsa), u ma’lum vaqt dam olganda ham qandaydir naf oladi (ma’naviy o`sish, zavqlanish). Demak, ishchini qancha vaqt ishlab, qancha vaqt dam olishi kerakligi to`g`risidagi masalani quyidagicha qo`yish mumkin:
Ishchining ishlash vaqti va dam olish vaqtidan bog`liq naflik funktsiyasini quyidagicha yozamiz:
U U (t,T ) , (5)
bu erda U - naflik funktsiyasi; t - dam olish vaqti; T - ish vaqti.
Demak, ishchi sutkadagi 24 soatni ish vaqtiga va dam olish vaqtiga shunday taqsimlashi kerakki, natijada u maksimal naf olsin:
U U (t,T ) max . (6) Quyidagi shart bajarilganda:
t T 24 . (7)
Ushbu masalaning optimal echimini grafik orqali aniqlaymiz (7-rasm).
R
so`m M
RE
0 t
7-rasm. Naflik funktsiyasini maksimallashtirish.
Rasmdan ko`rish mumkinki, masalaning echimi muvozanat nuqta E orqali
aniqlanishi mumkin. Naflik funktsiyasining befarqlik chizig`i U 2 byudjet
chizig`ini E nuqtada kesib o`tadi. Optimal echimga ko`ra, dam olish vaqti tE
soatga teng, ish vaqti TE 24 tE . Ishchining bir soatlik ish haqi W so`mga teng
bo`lsa, uning umumiy daromadi quyidagicha topiladi:
R W (24 tE ) . (8)
U holda byudjet chizig`i yotiqligi
tg W
ish haqiga teng bo`ladi.
tg
R
24 tE
W . (9)
Ishchi naflik funktsiyasini maksimallashtiradi, agar bo`sh vaqt bilan
daromadni chekli almashtirish normasi
MRStR W .
Faraz qilaylik, ish haqi stavkasi W0
MRStR
dan W1
ish haqi W ga teng bo`lsa,
ga oshdi. Byudjet chizig`i NM
holatidan
NM 1
holatga siljiydi (8-rasm).
W M
R M R
R
8-rasm. O`rnini bosish samarasi va daromad samarasi, 0t0, 0t1, 0t2 lar bo`sh vaqt, t0N, t1N va t1N lar ish vaqti.
Agar biz
M1 N
byudjet chizig`iga parallel bo`lgan va U1
befarqlik chizig`i
bilan kesishadigan AB byudjet chizig`ini o`tkazsak, daromad va o`rnini bosish samarasini aniqlashimiz mumkin.
O`rnini bosish samarasi bo`sh vaqtni qisqarishi va ish vaqtining ortishi natijasida daromadning o`sishi bilan ifodalanadi, ya’ni, ma’lum miqdordagi bo`sh
vaqt ish vaqti bilan almashtiriladi. 7-rasmda bu t2
dan t0
ga siljishini ifodalaydi,
ya’ni, ish vaqti
T1 24 t2
dan T2 24 t0
gacha oshadi. Lekin, daromadning ortishi
bilan birga dam olishning - shaxsning ma’naviy o`sishi uchun kerak bo`ladigan bo`sh vaqtning ham qimmati oshadi. Daromad samarasi (bo`sh vaqtning ortishi)
teskari yo`nalishda bo`lib, u
t0t1
oraliq bilan ifodalanadi t0 t1 . Natijaviy
28
o`zgarish t1t2 oraliqqa teng.
Ish haqining bunday o`sishida o`rnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori bo`ladi. Bundan shu kelib chiqadiki, birinchidan, ish haqining o`sishi, ish vaqtini ortishiga olib keladi; ikkinchidan, individual shaxsning mehnat taklifi musbat yotiqlikka ega (9-rasm).
28 B. Salimov va boshqalar. Mikroiqtisodiyot. O`quv-uslubiy majmua. TDIU
W, so`m/soat
W2
W1
24- t2
t1
Bir kundagi soatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |