rasm. Ish haqining o`sishi natijasida ish vaqtining o`sishi.
Daromadning yanada oshib borishi barcha shaxslarni ham dam olish vaqtini qisqartirib, ish vaqtini oshirishga undayvermaydi. Dam olish vaqtining qisqarib borishi, uni shaxs uchun bo`lgan qimmatini oshiradi. Yuqorida eslatib o`tganimizdek, sutkasiga 24 soat ishlash ma’noga ega emas. Bo`sh vaqtni qimmatini oshib borishi shunga olib keladiki, daromad samarasi, o`rnini bosish
samarasidan oshib ketadi (9-rasm). Natijada ish vaqti gacha qisqaradi.
Daromad so`m
T2 24 t2
dan
T1 24 t1
M1
M
R1 R0
R
2
0 t0
t2 t1
Umumiy vaqt
N soat kun
rasm. Daromad samarasi o`rnini bosish samarasidan ortiq bo`lgan hol, 0t0, 0t1, 0t2 lar bo`sh vaqt, t0N, t2N va t1N lar ish vaqti.
ish haqi oshganda individual shaxsning mehnat taklifi chizig`i manfiy yotiqlikka ega bo`ladi (10-rasm).
W, so`m
/soat
W2
W1
SL
T1 T2
Bir kundagi ishhaqi
rasm. Ish haqi oshganda ish kunini qisqarish
Ish haqi o`sishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti o`rtasidagi
nisbatga ta’siri.
Odatda ish haqi oshganda, ko`pchilik ko`proq ishlab, ko`proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo`sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma’naviy o`sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o`sishi o`z chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko`proq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar.
Ish vaqti ma’lum vaqtgacha o`sgandan keyingi ish haqining o`sishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o`rnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud bo`ladi. O`rnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real daromadini oshiradi. Ishchi ko`p daromad olganda, u ko`proq ne’matlarni sotib oladi, ushbu ne’matlardan biri, yaxshi dam olishdir.
Agar ishchi dam olishga ko`proq mablag` sarflasa, daromad samarasi (daromadning oshishi), uni kamroq ishlashga undaydi. Daromad samarasi juda ham katta bo`lganda, ishchi ish vaqtini qisqartiradi va mehnat taklifi chizig`i pastga yotiq bo`ladi.
soatga oshiradi. Bu erda o`rnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori
qilmaydi, ishchi t2 soat ishlaydi, o`rnini bosish samarasi daromad samarasiga teng.
Uchinchi bosqichdagi ish haqining W3
dan W4
ga o`sishi, ish vaqtini t2
dan t4 ga
qisqartiradi, o`rnini bosish samarasi daromad samarasidan kam bo`ladi.
Ko`rinib turibdiki, daromadning o`sishi dam olishga bo`lgan talabni oshiradi. Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o`z ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi.
Odatda, rivojlangan mamlakatlarda aholining o`rtacha daromadi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining o`rtacha daromadidan ancha yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq dam olishga harakat qiladi (Daromad samarasi, o`rnini bosish samarasidan yuqori). Rivojlanayotgan davlatlarda ish haqi past bo`lgani uchun, ish haqining o`sishi, ishchilarni ko`proq vaqt ishlab, ko`proq daromad qilishga undaydi (o`rnini bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori bo`ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |