Tayanch so`z va iboralar: narx diversifikatsiyalash firmaning narx belgilash strategiyasi
Nazorat savollari
Haridorlar tayyorligi, iste'molchilar ortiqchaligi va talab egri chizig'i qanday bog'liqligini tushintirib bering.
Narxlarnikg haridorlar daromadiga qarab diversifikatsiyasi qanday bo`ladi?
Narxlarni vaqtga qaarab diversifikatsiyalash va maksimal talab sharoitida narxlarning shakllanishini tushintirib bering.
BOB. ISHLAB CHIQARISH OMILLARI BOZORI
Maktabni tugatganingizda, daromadingiz kattaligi qanday turdagi ish olganingizda aniqlanadi. Agar kompyuter dasturlovchisi bo'lsangiz, siz yoqilg`i quyish shahobchasi xodimidan ko'ra ko'proq pul topasiz. Bu holat uncha hayron qolarli emas, lekin nima uchun buning to'g'riligi aniq emas. Hech qanday qonun kompyuter dasturlovchisining yoqilg`i quyish shahobchasi xodimidan ko'ra pul topishini talab qilmaydi. Hech qanday irqiy tamoyil dasturlovchilarni qadrliroq deb ko'rsatmaydi. Sizga yuqoriroq to'lanishi qanday belgilanadi?
Odamlar o`z daromadni turli yo'llar bilan ishlab topishgan. Ishchilar buning 3 dan 4 qismini maosh hamda ijtimoiy to`lovlar ko`rinishida ishlab topishgan. Qolganlari esa yer egalari va kapital egalariga—iqtisodiyotning asbob va uskuna zahirasi—ijara, foyda va dividentlar ko`rinishida borgan. Ishchilarga qancha to`lanishi kerak? Yer egalarigachi? Kapital egalarigachi? Nima uchun ba'zi ishchilar boshqalarga nisbatan yuqoriroq ish haqi olishadi, va ayrim yer egalari boshqalardan yuqoriroq ijara haqi, va ayrim capital egalari boshqalardan ko`proq foyda oladilar? Nima uchun, umuman kompyuter dasturlovchlari yoqilg`i quyish shahobchasi xodimidan ko'ra yuqoriroq pul ishlab topadi?
Bu savollarga javob asosan iqtisodiyotdagiga o'xshab, talab va taklif bilan bog'liq deb aytiladi. Ishchi kuchiga taklifi va talab, yer va kapital ishchilarga to`lanadigan narxlar ishchilar yer egalari va kapital xo'jayinlari uchun to'lanadi. Nima sababdan ba'zi odamlar daromadi boshqalarga nisbatan yuqori ekanligini, biz do'konlaridagi xizmat ko'rsatishlar uchun ular ta'minlay oladigan holatini chuqurroq ko'rib chiqishimiz kerak. Bu va keyingi bo'limlardagi vazifa shulardan iboratdir.
Bu bo'lim ishlab chiqarish omillari bozorini tahlilining umumiy nazariyasini ochib beradi. Ishlab chiqarish omillari hom ashyo sifatida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishida foydalaniladi. Kompyuter firmasi yangi programma ishlab chiqsa, bu narsa dasturlovchining vaqtidan, uning offisi joylashgan yerdan, ofis binosi va kompyuter uskuna-sidan foydalaniladi. Huddi shunday, yoqilg`i quyish shahobchasi yoqilg`i sotganda u ishchining vaqtini (mehnat), tabiiy joy (yer), va
yoqilg`i nasosi va tsisternasini (kapital) ishlatadi.
Ko'p jihatdan omillar bozori xuddi o'tgan bo'limda muhokama qilinganidek tovarlar va xizmatlar bozoriga o'xshaydi, lekin bir muhim jihati ular har xil. Ishlab chiqarish omili uchun bo'lgan talab bu hosil bo'lgan talabdir. Bu degani firmaning ishlab chiqarish omili uchun bo'lgan talabi uning boshqa bozorga taklifidan kelib chiqadi. Kompyuter dasturlovchilar uchun bo'lgan talab bevosita kompyuter dasturlarining taklifi bilan bog'langan va yoqilg`i quyish shahobchasi xodimi uchun bo'lgan talab esa bevosita yoqilg`iga taklif bilan bog'liqdir.
Bu bo'limda, biz foydani maksimallashtiruvchi raqobatlasha-yotgan firmalarning qancha omillarga tayangan holda talab omilini fikr mulohaza qilish orqali tahlil qilamiz. Dastlab tahlilni ishchilar uchun bo'lgan talabni tekshirib olish orqali boshlaymiz. Ishchilar mahsulot ishlab chiqarilishi uchun muhim omil sanaladi.
Bozorlar omili uchun bo'lgan umumiy qarash ishchilar, yer egalari va kapital xo'jayin-lari orasida taqsimlanishini tushuntirish ishlari orqali rivojlanadi.
Ishchilar bozorlari, iqtisoddagi boshqa bozorlar kabi, taklif va talab orqali boshqariladi. Bu birinchi diagrammada ko'rsatilgan.
1-rasmning qismda, olma taklifi va unga talab olmalarning narxini belgilab beradi. (b) qismda esa, ularni terib oluvchilarning oylik maoshini belgilaydi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ishchilar bozori boshqa bozorlardan farq qiladi chunki ishchilarga talab bu so'ralgan talabdir. Ko'pchilik ishchilar xizmatlari boshqa tovarlarning ishlab chiqarlishiga daromaddir. Ishchilarning talabini tushunish uchun, biz o'zimizning fikrimizni ishchilarni yollaydigan va tovarni sotishga ishlab chiqaruvchi firmalarga qaratishmiz kearak. Tovarni ishlab chiqarish va shu ishlarni qilishga mehnat uchun talab orasidagi bog`liqlikni o`rganish uchun bi muvozanatlashgan maoshning ichiga nazar tashlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |