Maksimal talab chog`ida narxlarning shakllanishi ularni vaqga qarab diversifikatsiyalashdan farqaanishini aytib utamiz. Narxlarni vaqga qarab diversifikatsiyalaganda har bir nav tovarni sotishdan kelgan chegarali daromad chegarali harajatlarga teng bo`lishi kerak. Buning sababi shuki turli guruh iste’molchilarga xizmat kursatish harajatlari bir-biriga botiq bo`ladi. Masalan, aviachiptalarga tula va siylov berib past narx kuy ilganda, past narxda sotilgan chiptalarning ko`p bo`lishi, tula narxda chiptalarning kam sotilishini bildiradi, binobarin samolyot yulovchilarga tulgani sari chegarali harajatlar tez oshib boradi. Biroq ish avjiga chikkan paytda narx belgilash yuz berganda (Shuningdek narxni vaqtga qarab diversifikatsiyalashga oid ko`pchilik misollarda) bunday xddisa kuzatilmaydi. Shanba va yakshanba kunlari changichilarni yuqoriga olib chikuvchi kutargichga va istirohat boglariga chiptaning ko`p sotilishi boshqa kunlari chiptalarning oz miqdorda sotilishini bildirmaydi. Xuddi shu tarzda elektroenergiyani odatdagi kunlarda sotilishi amalda uni talab avjiga chikkan kunlardagi sotilishini kamaytirmaydi. Xullas, narx va sotish xdjmi har bir davr uchun chegarali harajatlarga qaramay belgilanishi mumkin. Bu harajatlar har bir davrdagi chegarali daromadga teng bo`ladi. Bunga kinoteatrlarda kechki seanslar uchun chipta narxining yuqori, kunduzgi seanslar uchun pastligi misol bo`la oladi. Kupchilik kinoteatrlarda tomoshabinlarga kunduzgi soatlarda xizmat kursatishning
chegarali harajatlari kechki soatlardagi chegarali harajatlarga bogliq bo`lmaydi. Kinoteatr egasi kunduzgi va kechki seanslar chiptalarining optimal narxini bir- biriga boglamagan holda belgilashi mumkin, bunda u kunduzgi va kechki seanslarga bo`lgan talabning va chegarali harajatlar hisob-kitobining natijalaridan foydalanadi.
Qisqacha xulosalar
Bozorda monopol bo`lgan firmalar qulay ahvolda bo`ladi, chunki ular katta foydani ta’minlash salohiyatiga ega bo`ladilar, lekin bu salohiyatni amalga oshirishda firmaning narxni shakllantirish strategiyasi xal kiluvchi ahamiyat kasb etadi. Firma xatto yagona narx o`rnatsa ham, u bari bir ishlab chiqarish hajmini belgilash uchun talab uzgaruvchanligini hisoblab chiqishi zarur bo`ladi. Bir nechta narxni o`rnatish bilan bog`liq strategiyalar murakkab bo`ladi, ular talab xaqida batafsil axborot bo`lishini tapab kiladi.
Firmaning narx belgilash strategiyasi uning tovar sotish faoliyatiga karatilgan haridorlar sonini ko`paytirish va iste’molchi yuturining imkoni boricha eng ko`p kismini qo`lga kiritish maqadiga xizmat kiladi. Bunga erishishning bir necha usullari bor va ular odatda narxlarni diversifikatsiyalash bilan bog`liq. Firmaning orzusi narxni tula diversifikatsiyalash, ya’ni har bir haridor uchun zaxirapangan narxni belgilash bo`ladi. Amalda bunga deyarli erishib bo`lmaydi. Ammo shu bilan birga foydani oshirish uchun narxni sharoitga moslashtirishning turli shakllaridan tez-tez foydapanib turiladi.