Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Umumiy daromad, umumiy xarajat va foyda



Download 4,66 Mb.
bet103/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Umumiy daromad, umumiy xarajat va foyda


Iqtisodchilar odatda yuqori darajada foyda olishni ko`zlab ishga kirishadi va ular ko`p hollarda qobilyatli ishchilar topishga harakat qiladilar.


Firmaning ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishlaridan kelgan tushumlari yig`indisini umumiy daromad deb ataladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun resurslarni sotib olishga to`lanadigan firma to`lovlari yig`indisi umumiy xarajat deyiladi. Firma olgan daromad faqatgina uning xarajatlarini qoplashi kerak degani
13 Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”) kitobining XIII bobi asosida tayyorlangan.
emas, chunki u o`z ish faoliyatini foyda olish maqsadida tashkil etadi. Foyda bu umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirmasiga teng:
Foyda = umumiy daromad - umumiy xarajat
Firmaning maqsadi o`z foydasini iloji boricha ko`proq qilishdir.
Firmaning yuqori darajada foyda olishini ko`rib chiqishimiz uchun, biz uning umumiy daromadlarini va umumiy xarajatlarini hisob - kitob qilishimiz kerak. Umumiy daromad oddiygina hisoblanadi: Bu firma ishlab chiqaradigan mahsulotlari miqdorini mahsulot sotilgan narxga ko`paytirish natijasidir. Agar firma 10000 ta mahsulot ishlab chiqarsa, har bir mahsulotni 2$ dan sotsa, u 20000$ umumiy daromad oladi.
Firma o`z xarajatlarini hisoblaganda, iqtisodiyotning o`nta tamoyillaridan birini hisobga olishiga to`g`ri keladi, ya`ni biror narsaning qiymati unga erishish uchun nimadandir voz kechishdir. Bu mahsulotning muqobil qiymati deb ham nomlanadi, ya’ni bu o`sha birlikni qo`shib olish uchun voz kechilishi shart bo`lgan narsalarning hammasi, deb qaralishi mumkin. Iqtisodchilar firmaning ishlab chiqarish xarajatlari haqida so`z yuritganlarida, ular tovarlar va xizmatlarni muqobil xarajatlarini ham inobatga oladilar.
Ba’zi firmalarning muqobil xarajatlari ochiq oydin ko`zga tashlanib turadi, boshqalarniki esa, aksincha. Masalan, firma o`zi uchun zarur bo`lgan mahsulot uchun 1000$ to`laydi, bu 1000$ muqobil xarajat hisoblanadi, chunki firma yana biror narsa sotib olish uchun ushbu 1000$dan boshqa foydalanmaydi. Shuningdek, firma sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun malakali ishchilarni ishlatadi, firma xarajatlarining ma’lum qismini ishchilar oylik maoshi tashkil qiladi. Firmaning muqobil xarajati firmaning to`lovlarini to`lashi uchun kerak bo`ladi va bu yaqqol xarajatlar deyiladi.
Taqqoslab qaraydigan bo`lsak, firmaning ba’zi muqobil xarajatlari noyaqqol xarajatlar deb nomlanadi va ular qo`shimcha to`lovini talab qilmaydi. Tasavvur qiling, firma xo`jayini kompyuter mutaxassisi va har bir dastur uchun soatlik to`lovi 100$ga teng. Har soat uchun firma xo`jayini o`zining firmasida ishlaydi, u daromaddan 100$dan hisoblaydi, va bu ham xarajatlarning bir qismi bo`lib
hisoblanadi. Firmaning umumiy xarajati yaqqol va noyaqqol xarajatlar yig`indisidan iborat.
Yaqqol va noyaqqol xarajatlar o`rtasidagi farq iqtisodchi va hisobchilar biznesni qanchalik darajada tahlil qilishidek muhim tafovut singari hisobga olinadi. Iqtisodchilar firmaning narxlar belgilashdagi qaror qabul qilishga va mahsulot ishlab chiqarishni o`rganishga qiziqadilar. Chunki, bu qarorlar har ikkala yaqqol va noyaqqol xarajatlarga asoslanadi, iqtisodchilar firma xarajatlarini hisob-kitob qilishda ikkalasini ham hisobga oladilar. Taqqoslaydigan bo`lsak, hisobchilar firmaga kiradigan va chiqadigan yaqqol xarajatlarni hisoblaydilar. Natijada noyaqqol xarajatlar hioblanmasdan qoladi.
Yuqorida keltirilgan firmani oladigan bo`lsak, iqtisodchilar va hisobchilar o`rtasidagi farq osongina ko`rinib turadi. Firma xo`jayini kam pul keltiradigan kompyuter dasturchiligidan voz kechdi, uning hisobchisi buni firma xarajatlarini hisoblashda inobatga olmaydi, chunki, unga to`lanadigan xarajat firmaning tashqarisiga chiqib ketmaydi. Bu hech qachon hisobchining moliyaviy holatini ko`rsatib bermaydi. Iqtisodchi bo`lsa, har qanday kirim-chiqim xarajatlarini hisoblaydi, chunki bu qaror muhokamasi firmaga katta foyda keltiradi. Misol uchun, firma xo`jayini kompyuter dasturchining maoshini 100$ dan 500$ga ko`tarsa, u soatiga maoshining anchagina yuqoriligi uchun unumli ishlashi va to`liq vaqtini kompyuter dasturchiligida davom ettirishi mumkin.
Deyarli har bir biznesning muhim noyaqqol xarajatlari bu investitsiya qilingan biznesdagi moliyaviy kapitalning muqobil qiymatidir. Misol uchun, tahmin qilish mumkinki, firma xo`jayini o`zining firmasini tashkil qilish uchun o`z fondidan 300000$ ishlatdi. Agar firma xo`jayini pulini 5foizda omonat qo`yganida edi, u har yili 15000$ dan mablag`ga ega bo`lardi. Uning maqsadi firmasiga xo`jayinlik qilish, shu sababli u yiliga keladigan 15000$dan voz kechdi. 15000$ firma xo`jayinining noyaqqol muqobil xarajatlari hisoblanadi Iqtisodchi va hisobchilar o`rtasidagi farqni chuqurroq o`rganadigan bo`lsak, uncha katta bo`lmagan narsalardan boshlaymiz. Tasavvur qilaylik, hozir firma xo`jayini bu firmani sotib olish uchun 300000$ sarflamadi, ammo, o`rniga 200000$ni bankka 5
foizli omonatga qo`ydi hamda 100000$ni o`z shaxsiy jamg`armalari uchun ishlatdi. Firma xo`jayinining faqatgina yaqqol xarajatlarini hisobga oladigan hisobchisi, har yili bank krediti bo`lgan 10000$ni hisobladi, ya’ni bu firmaning chiqib ketadigan summasining yigindisi hioblanadi.
Biroq iqtisodchilar fikriga ko`ra, biznes boshlash uchun muqobil xarajat haligacha 15000$, ya’ni kamida 15000$siz biznes boshlab bo`lmaydi. Muqobil qiymat bankdan olingan qarzning foizi 10000$ va jamg`armadagi mablag`dan olinishi mumkin bo`lgan foiz 5000$ yigindisiga teng.
Shundan kelib chiqqan holda, iqtisodchilar va hisobchilar qiymatni har xil o`lchaydilar, shuningdek ular foydani ham har xil hisoblaydilar. Iqtisodchi firmaning umumiy daromadidan sotiladigan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlarni ayirish orqali firmaning iqtisodiy foydasini hisoblaydi. Hisobchi firmaning foydasini aniqlash uchun firmaning umumiy daromadidan faqatgina yaqqol xarajatlarini ayirib tashlaydi.
1-chizma bu farqni ko`rsatadi. Hisobchi noyaqqol xarajatlarni hisobga olmagani uchun u hisoblagan foyda iqtisodchi hisoblagan foydadan ko`proq bo`ladi. Iqtisodchi nuqtai nazaridan qaraganda, biznes daromadli bo`lishi uchun umumiy daromad barcha ishlab chiqarish xarajatlarini, ya’ni yaqqol va noyaqqol xarajatlarni qoplashi kerak.
Iqtisodiy foyda bu muhim tushuncha, chunki, u firmani tovar va xizmatlar yetkazib berishga undaydi, ko`rib turibmizki firma ijobiy iqtisodiy foyda qilsagina, biznes dunyosida mavjud bo`ladi. U barcha ishlab chiqarish xarajatlarini qoplaydi va firma egalarini rag`batlantirish uchun biroz foydaga ham ega bo`ladi. Agar firma iqtisodiy zarar ko`rsagina (ya’ni iqtisodiy foyda salbiy bo`lsa) biznesmenlar barcha ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga yetarlicha daromad jamg`ara olmaydilar. Agar bu holat o`zgarishsiz davom etsa, firma egalari biznesni to`xtatishadi va korxonani tark etishadi. Biznesda qaror chiqarishni tushunish uchun ba’zida iqtisodiy oydani kuzatib borishimiz zarur.

Firma sotishni rejalashtirib, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun resurslarni sotib olganda xarajatga duch keladi. Bu holda biz firmaning ishlab chiqarish jarayoni va uning umumiy qiymati o`rtasidagi bog`liqlikni tekshiramiz.


Tahlil natijasi shuni ko`rsatadiki, firma hajmi o`zgarmas u faqatgina ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorini o`zgartirishi mumkin. Bu tahmin faqat qisqa muddatli davrga xos, biroq uzoq muddatli davrda unday emas. Ya’ni, firma xo`jayini kutilmaganda o`z firmasini birdaniga kengaytira olmaydi, ammo u bir yoki ikki yil ichida shunday qila olishi mumkin. Bu tahlil qisqa muddatli davr mobaynida qabul qilinadigan ishlab chiqish qarorini tasdiqlaydi.
1-jadval firma ishchilar soniga bog`liq holda bir soatda ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdori qanday bog`liqligini ko`rsatadi. Jadvaldan ko`rish mumkinki, birinchi ikkita ustunda, agar firmada ishchilar bo`lmasa, firma mahsulot ishlab chiqarmaydi. Agar bitta ishchi bo`lsa, 50 ta mahsulotni ishlab chiqaradi. Agar 2 ta ishchi bo`lsa, 90 ta mahsulotni ishlab chiqaradi va hakozo. 2-chizmada (a) ikki ustunning raqamlarini ko`rsatadi. Ishchilar soni (ishchilar) gorizontal o`qda, ishlab chiqarilgan mahsulotlar soni vertikal o`qda aks ettirilgan. Resurslar miqdori (ishchilar) va yaratilgan mahsulot miqdorlari o`rtasidagi bu bog`liqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi.

Yanada yaxshiroq tushinish maqsadida jadvalning uchinchi ustunida bitta ishchining chekli mahsuloti ko`rsatilgan. Ishlab chiqarish jarayonidagi har qanday xarajatning chekli mahsuloti - bir qo`shimcha xarajat birligi hisobiga erishilgan ishlab chiqarish hajmining miqdoran ortishidir. Ishchilar sonini bittadan ikkitaga oshirilsa, mahsulot ishlab chirarish 50 tadan 90 taga ortadi va ortgan 40 ta mahsulot chekli mahsulot hisoblanadi. Agarda ishchilarni yana bittaga oshirsak, mahsulot ishlab chiqarish 90 tadan 120 taga ortadi va 30 ta mahsulot chekli mahsulot bo`ladi. Jadvalda chekli mahsulot ikki qator orasida aks ettirilgan, chunki ishchilar soni bir pog`onadan boshqasiga o`zgarsa, ishlab chiqarish hajmi ham o`zgaradi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish