Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


-rasm. Texnik o`rnini bosishning chegarali (marginal) me’yori



Download 4,66 Mb.
bet100/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

9.5-rasm. Texnik o`rnini bosishning chegarali (marginal) me’yori.


Barcha izokvantlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi doimiy qoldirilgani uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi nulga teng bo`ladi.
Shunday qilib:
(MPL) (AL) + (MRK) (DK) = 0
Endi, shartlarni o`zgartirgan holda, ko`ramizki:
(MPL) (MRK) = -(AK/AL) =MRTS (6.2.)
Tenglama (9.2.)dan ko`rinib turibdiki, alohida izokvant uchun ishlab chiqarish jarayonida kapitalning o`rnini mehnat bosishi chegarali kapital chegarali mahsulotini ko`paytiradi va mehnatning chegarali mahsulotini kamaytiradi. Ikkala o`zgarishning umumiy natijasi, bu texnik o`rnini bosishning chegarali me’yori pasayishi va izokvantlarning tenglashish holatidir.
Ishlab chitsarish funktsiyalari — ikki alohida holat
Ishlab chiqarish jarayonida bir omilning o`rnini boshqasi bosish imkoni chegaralarini hisobga olish uchun ishlab chiqarish funktsiyasining ikkita alohida holatidan foydalanish mumkin. 6.6-rasmda ko`rsatilgan birinchi holatda omillar eng maqbul ravishda bir-birining o`rnini bosadi.
Bu holatda MRTS izokvantning barcha nuqgalarida doimiy (o`zgarmas). Bu holatda bir miqtsordagi mahsulot faqat mehnat bilan, faqat kapital bilan yoki har
ikkalasi o`zaro bog’liq holda ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, Q hajmda mahsulot ishlab chiqarish faqat kapital hisobiga (A nuqgada), faqat

9.6-rasm. Ishlab chiqarish omillari eng maqbul o`rin almashganda ishlab chiqarish funktsiyasining o`zgarish tavsifi.

mehnat hisobiga (S nuqtada) yoki ikkala omillar hisobiga (V nuqtada) yuz beradi. Odatda bunday holat uchramaydi, biroq bir qator holatlarda firmaning ishlab chiqarish jarayoniga oqilona yondashishini ta’minlaydi. Masalan, yo`l yoki ko`prik ustidagi telefon-avtomatga avtomatik ravishda yoki texnik-xodimlar yordamida xizmat ko`rsatilishi mumkin. Boshqa misol, musiqa asboblarini ishlab


chiqarish to`la avtomatlashgan mashinalarda yoki yuqori malakalari mutaxassislar mehnati bilan amalga oshadi. 9.7-rasm mutlaqo teskari holatni — omillar tarkibi o`zgarmagan holdagi ishlab chiqarish funktsiyasini ko`rsatadi. Bu holatda bir omilni boshqa omil bilan almashtirish mumkin emas (iloji yo`q). Mahsulot ishlab chiqarishning har bir ma’lum hajmi mehnat va kapitalning ma’lum nisbatda o`zaro bog’liqligini talab qiladi. Ishlab chiqarishni o`stirish uchun mehnat va kapital sarflarini ma’lum nisbatda ko`paytirish zarur. Natijada, 9.7-rasmda izokvantlar to`g’ri burchak shakliga ega bo`ladilar. Bunday funktsiya uchun betondan qilingan sayrgoh yo`lakchalarini pnevmatik bolg’alar yordamida ta’mirlash misol bo`la oladi. Ikkita ishchi va bitta bolg’ani yoki ikkita bolg’a va bitga ishchining ishlashi bilan mehnat unumdorligi o`smaydi. Boshqa misol — taksi xizmatiga, kundalik sharoitda bir haydovchi va bir mashina kerak.
9.7-rasmda A,V va S nuqtalari kiritilgan omillarning texnik jihatdan o`zaro samarali bog’lanishini ko`rsatadi. Masalan, Q hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun A nuqgada L miqdorda mehnat va K miqdorda kapital foydalaniladi. Agar K,da kapital o`zgarmas bo`lsa mehnat sarflarining ko`payishi hsulot ishlab chiqarish hajmini o`zgartirmaydi.

9.7.-rasm. Omillar tarkibi o`zgarmas bo`lgan holdagi ishlab chiqarish funktsiyasi.
Shuningdek, L, da mehnat sarflari o`zgarmas bo`lsa, kapitalning ko`payishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini, o`zgartirmaydi. Shunday qilib, to`g’ri burchakli izokvantlarning tik va yotiq qismlarida mehnatning chegarali mahsuloti ham,
kapitalning chegarali mahsuloti ham nulga teng. Ham kapitaldan ham mehnatdan foydalanish ko`paysa, ya’ni ishlab chiqarish omillarining ma’lum nisbatda o`zaro bog’lanishi A dan V ga o`zgarsa, mahsulot chiqarish ko`payishi mumkin.
Ishlab chiqarish omillari tarkibi o`zgarmay (doimiy) qolgandagi ishlab chiqarish funktsiyasi shunday vaziyatni ifodalaydiki, bunda firma ishlab chiqarish usulini tanlashi cheklangan bo`ladi.
Masalan, televizion spektaklni sahnalashtirish kapital (kamer ovoz asboblari va hokazo) bilan mehnat (rejisyor, ijrochi va b.)ning ma’lum nisbatda o`zaro bog’lanishini talab etadi. Televizion spektakllar sonini ko`paytirish uchun barcha ishlab chiqarish omillarini ko`paytirish kerak bo`ladi. Xususan, mehnat sarflarini qisqartirish hisobiga kapital sarflarini ko`paytirish murakkab, chunki ijrochi (aktyor)lar zaruriy ishlab chiqarish omili hisoblanadi (ehgimol hayvonlar to`g’risidagi filmlar bundan mustasnodir. Xuddi shuningdek, kapitalni mehnat bilan almashtirish qiyin, chunki filmlar va spektakllarni qo`yish juda murakkab asbob-uskunalarni talab etadi.

    1. Download 4,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish