Ishlab chiqarish omillari bir-birining o`rnini bosishi
Har bir izokvantning burchak koeffitsenti, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o`zgarmagan holda bir ishlab chiqarish omilining o`rnini ikkinchisi qanday qilib bosishini ko`rsatadi. Burchak koeffitsientining mutlaq ko`rsatkichi texnologik o`rnini bosishning chegarali me’yori deyiladi(MRTS).
Kapitalni — mehnat bilan MRTS belgilangan mahsulotni ishlab chiqarishda bitga qo`shimcha mehnat birligidan foydalanish hisobiga kapital qisqartirilishi mumkinligini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkich, iste’mol nazariyasida esga olingan chegarali o`rnini bosish me’yori (MRS)ra o`xshashdir. MRS kabi MRTS ham hamisha musbat ko`rsatkich hisoblanadi. Matematik shaklda (MRTS) = - foydalanilgan kapital miqdorining o`zgarishi / mehnat sarflarining o`zgarishi, yoki
MRTS = - LK /AL,
bunda AK va AL alohida izokvant (yoki doimiy Q) dagi kapital va mehnatning katta bo`lmagan o`zgarishini ifodalaydi.
Ta’kidlash joizki, 6.5-rasmda meqnat sarflari 1 dan 2 birlikka ko`paygan va mahsulot ishlab chiqarish 75 birlik darajasida bo`lganda texnologik o`rnini bosish me’yori (-AK/AL) 2 ga teng. Biroq, mehnat sarflari 2 dan 3 birlikka ko`payib va keyinchalik, 2/3 dan 1/3 gacha kamayganda MRTS 1 gacha pasayadi. Kapital qancha ko`p mehnat o`rnini qoplasa mehnat unumdorligi shuncha past bo`ladi, kapitaldan foydalanish esa samaraliroq bo`ladi. Shuning uchun, mahsulot ishlab chiqarish hajmini doimiy miqdorda ushlab turish uchun kapitalni minimal miqdorda kamaytirish zarur. Bunday holatda izokvant bir tekis tus oladi.
Izokvantlar egri chiziqlari botiq shaklda bo`ladi, ya’ni MRTS izokvant bo`ylab pastga siljigan sari qisqaradi. Texnik o`rnini bosishning chegarali me’yori har qanday ishlab chiqarish omilining ishlatish samaradorligi cheklanganligini ko`rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonida kapitalning o`rnini ko`proq mehnat bosishi uning unumdorligini pasaytiradi. Xuddi shunday tarzda mehnatning o`rnini
ko`proq kapital bosishi uning qaytimini kamaytiradi. Ishlab chiqarish uchun ikkala omilning mutanosibligi zarur.
Taxmin qilganimizdek, MRTS mehnatning chegarali mahsuli MPL va kapitalning chegarali mahsuloti MRK bilan jips bog’liq.
Buni ko`rish uchun faraz qilaylik, mehnat sarflari bir oz ko`paytirilgan va kapitaldan foydalanish mikdori bir oz kamaytirilganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi o`zgarmay qoladi. Mehnat xarajatlarining ko`payishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishning o`sishi qo`shimcha mehnat birligiga (mehnat chegarali mahsuliga) to`g’ri keladigan qo`shimcha mahsulot ishlab chiqarishni qo`shimcha mehnat birligiga ko`paytmasiga teng.
Xuddi shunday tarzda foidalanilgan kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarish hajmining kamayishi — bu kapital birligiga hisoblagan ishlab chiqarish hajmi kamayishining (kapital chegarali mahsulini), qisqartirilgan kapital miqdoriga ko`paytmasiga teng: kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarishning pasayishi
= (MRK) (DK) bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |