Gorizontal kesim firmaning mahsulotlari miqdorini va vertikal kesim chekli va o`rtacha xarajatlarni aks ettiradi. Grafik 4 egri chiziqdan iborat: o`rtacha umumiy xarajat (ATC), o`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC), o`rtacha o`zgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC).
Xarajat egri chiziqlari firma misolida aks ettirilgan va iqtisodiyotda ko`pchilik firmalar uchun zarur bo`lgan asosiy xususiyatlarga ega. Keling ushbu uchta jihatlarni tahlil qilamiz: chekli xarajat egri chizig`i shakli, o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`i shakli va chekli va o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi bog`liqlik.
O`sib boruvchi chekli xarajat. Firmaning chekli xarajatlar u ishlab chiqargan mahsulot soniga qarab ortadi. Bu kamayib borayotgan chekli mahsulotlar narxida aks etadi. Firma oz miqdorda mahsulot ishlab chiqarsa, uning ishchilari oz bo`ladi va uning ko`p uskunalari ishlatilmaydi. Chunki u mazkur ishlatilmayotgan resusrlarni osongina muomalaga kirita oladi, qo`shimcha ishchining ehtiyojsiz mahsuloti ko`p va qo`shimcha mahsulotning narxi past. Aksincha, firma ko`p mahsulot ishlab chiqarganda, u ishchilar bilan to`ladi va uning barcha uskunalari to`laligicha ishlatiladi. Firma ishchilar qo`shish orqali ko`p mahsulot ishlab chiqara oladi, lekin bu ishchilar shovqinli olomon ichida ishlashiga va uskunalarni ishlatish uchun kutib qolishiga to`g`ri kelishi mumkin. Shuning uchun, qachonki, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yuqori bo`lganda, qo`shimcha ishchining ahamiyatga ega bo`lmagan mahsuloti oz bo`ladi va qo`shimcha mahsulot narxi yuqori bo`ladi.
U-shaklidagi o`rtacha umumiy xarajat.4-chizmada ko`rsatilganidek firmaning o`rtacha umumiy xarajat ko`rsatkichi “U” shaklda. Nega bunday ekanini tushuninsh uchun o`rtacha umumiy xarajat o`rtacha o`zgarmas va o`rtacha o`zgaruvchan xarajat yig`indisiga tengligini yodda tutish kerak. O`rtacha o`zgarmas xarajat doim ishlab chiqarish ortishi bilan pasayadi, chunki bu xarajat
ko`plab sohalarga yoyiladi. O`rtacha o`zgaruvchan xarajat esa ishlab chiqarish ortishi bilan ortadi.
O`rtacha umumiy xarajat o`rtacha o`zgarmas va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatninng holatini aks ettiradi. Ishlab chiqarishning juda past darajalarida, misol uchun har soatda 1 yoki 2 dona mahsulot bo`lsa, o`rtacha umumiy xarajat juda yuqori bo`ladi. O`rtacha o`zgaruvchan xarajat past bo`lishiga qaramay, o`rtacha o`zgarmas xarajat yuqori, chunki o`zgarmas xarajat faqat bir qancha birlikka orttiriladi. Ishlab chiqarish o`sishi bilan o`zgarmas xarajat oshadi. O`rtacha o`zgarmas xarajat dastavval keskin darajada, keyinroq esa sekinlik bilan pasayadi. Buning natijasi o`laroq, o`rtacha umumiy xarajat ham firma ishlab chiqarishi bir soatda besh dona mahsulot va bir birlik mahsulotga 1.30$ gacha pasayadi. Qachonki firma bir soatda olti donadan ko`proq mahsulot ishlab chiqarsa, o`rtacha o`zgaruvchan xarajatning o`sishi yetakchi kuchga aylanadi va o`rtacha umumiy xarajat o`sa boshlaydi. O`rtacha o`zgarmas va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar o`rtasidagi kurashning kuchi o`rtacha umumiy xarajatda U shaklini yaratadi.
U-shaklining quyi qismi o`rtacha umumiy xarajatni qisqartiradigan miqdorda sodir bo`ladi. Bu miqdor firmaning ba’zan samarali hajmi deb ataladi. Firma uchun samarali hajm soatiga 5 yoki 6 dona mahsulot hisoblanadi. Agarda u bu miqdordan kamroq yoki ko`proq mahsulot ishlab chiqarsa, uning o`rtacha umumiy xarajati 1.30$ dan oshadi. Mahsulot ishlab chiqarishni pastroq bosqichlarida o`rtacha umumiy xarajat 1.30$ dan yuqoriroq bo`ladi, chunki aralash xarajat juda ham kam mahsulotga tarqaladi. Mahsulot ishlab chiqarish yuqori bosqichlarida o`rtacha umumiy xarajat 1.30$ dan yuqoriroq bo`ladi, chunki qo`shilgan mahsulotning foydasi sezilarli ravishda qisqargan. Samaradorlik darajasida bu ikki kuchlar eng past umumiy xarajat yaratish uchun muvozanatlashtiriladi.