Firmaning maqsadi umumiy daromaddan barcha qilingan umumiy xarajatlarni ayirishdan hosil bo`ladigan foydani maksimallashtirishdir.
Firmaning holatini tahlil qilishdan mahsulotga ketishi mumkin bo`lgan barcha muqobil xarajatlarni o`rganish muhim hisoblanadi. Shunday muqobil xarajatlardan biri bu pul xarajatlari ya’ni firma ishchilariga to`laydigan oylik maoshlaridir. Boshqa muqobil xarajatlardan biri bu kutilgan xarajatlardir ya’ni firma egasi sohasi bo`yicha topishi mumklin bo`lgan oylik maoshi firma uchun xarajat hisoblanadi.
Firmaning xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida aks etadi. Kiritilgan xarajatning qiymati ko`payganiligi uchun kamayib boradigan chekli mahsulotning sifatini o`zida namayon qilib, firma o`ziga xos ishlab chiqarish funksiyasini bir tekisda olib boradi. Natijada firmaning umumiy xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulotning qiymati oshganligi uchun ko`payadi.
Firmaning umumiy xarajatlarini ikkiga bo`lsak bo`ladi: bular doimiy xarajatlar va o`zgaruvchan xarajatlar. Doimiy xarajatlar shunday xarajatlarki, firma
ishlab chiqargan mahsulot hajmi o`zgarsa ham, ular o`zgarmaydi. O`zgaruvchan xarajatlar shunday xarajatlarki firma ishlab chiqargan mahsulotning miqdoriga qarab o`zgaradigan xarajatlardir.
Firmaning umumiy xarajatlaridan shunga bo`g`liq bo`lgan ikkita xarajat turi kelib chiqadi. Birinchisi o`rtacha umumiy xarajat – bu umumiy xarajatni mahsulot hajmining nisbati orqali aniqlanadi. Ikkinchisi qo`shimcha xarajat - bu qo`shimcha bir birlik mahsulotning ko`payishidan umumiy xarjatlarni ko`paytiradigan xarajatlar yig`indisiga teng.
Firmaning holatini tahlil qilayotganda o`rtacha umumiy xarajat va chekli xarajatni grafigini chizish odatda foydali. Firma misoli tariqasida chekli xarajat ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan birgalikda ko`payadi. Mahsulot ko`payganligi uchun boshida o`rtacha umumiy xarajat pasayadi va mahsulot qo`shimcha ko`payganidan keyin o`rtacha umumiy xarajat o`sadi. Chekli xarajat egri chizig`i doimo o`rtacha umumiy xarajat egri chizig`i bilan o`rtacha umumiy xarajatning minimum miqdorida kesishadi.
Firmaning xarajatlari odatda vaqtga bo`g`liq. Xususan, ko`pgina xarajatlar doimo qisqa muddatlidir, lekin o`zgaruvchan xarajatlar uzoq muddatlidir. Natijada, firma o`zining ishlab chiqarish hajmini o`zgartirsa, uning o`rtacha umumiy xarajatlari uzoq muddatga qaraganda qisqa muddatda ko`payadi.