Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar



Download 4,66 Mb.
bet105/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar


Firmaning umumiy xarajatini ikki turga bo`lish mumkin.



Ulardan biri doimiy xarajatlar va uni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga aloqasi yo`q. Ular firma hech narsa ishlab chiqarmasa ham mavjud bo`ladi. Firmaning doimiy xarajati, masalan, u to`laydigan ijaralardan iborat. Agarda firma hisobchi yo`llasa, uning maoshi doimiy xarajat hisoblanadi, chunki hisobchi ishlab chiqarish miqdoriga ta’sir etmaydi. 2-jadvalning 3-ustunida firmaning doimiy xarajati misolda 3.00$ miqdorida ko`rsatilgan.



Firma xarajatlarining yana bir turi o`zgaruvchi xarajat deyiladi. Bu firma ishlab chiqaradigan mahsulot miqdorining o`zgarishi bilan o`zgaradigan xarajatdir. Firmaning o`zgaruvchi xarajatlari mahsulotni ishlab chiqarishda qo`llaniladigan
xomashyo va uni ishlab chiqarish uchun bevosita sarflanadigan xarajatlardir. Firma qancha ko`p mahsulot ishlab chiqarsa, shunchalik resurslarga ehtiyoj sezadi va bundan uning xarajatlari ortadi. Mahsulot hajmini ko`tarish maqsadida qo`shimcha ishchilar yollash ham mumkin va bu ishchilarning ish haqisi ham o`zgaruvchan xarajat hisoblanadi. Jadvalning 4-ustuni firmaning o`zgaruvchan xarajatlarini ko`rsatadi. Agarda, firma hech narsa ishlab chiqarmasa, o`zgaruvchan xarajat ham bo`lmaydi. Agar firma hech nima ishlab chiqarmasa o`zgaruvchi xarajat 0, 1 dona mahsulot ishlab chiqarsa 0,30$, 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa 0,80$ va h.k. Firmaning umumiy xarajati doimiy va o`zgaruvchi xarajatlari yig`indisiga tengdir. 2-jadvaldagi umumiy xarajat 3-ustundagi doimiy xarajat va 4-ustundagi o`zgaruvchan xarajatlar yig`indisiga teng. Firma xo`jayini qancha mahsulot ishlab chiqarish to`g`risida qaror qabul qiladi. Mazkur qarorning ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarish darajasini o`zgartirganida uning xarajatlari qanday o`zgaradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning birligi uchun xarajatni topish uchun, firmaning xarajatini yaratiladigan mahsulot hajmiga bo`lamiz. Masalan, agar firma soatiga 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa, uning umumiy xarajati 3.80$ bo`ladi va odatiy bir dona mahsulotning xarajati 3.80/2 yoki 1.90 bo`ladi. Umumiy xarajatning ishlab chiqarish hajmiga nisbati o`rtacha umumiy xarajat deyiladi. Umumiy xarajat doimiy va o`zgaruvchi xarajatlar yig`indisi bo`lganligi uchun, o`rtacha umumiy xarajat o`rtacha doimiy va o`rtacha o`zgaruvchi xarajatlar yig`indisiga teng. Doimiy xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati o`rtacha doimiy xarajat deyiladi. O`zgaruvchi xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati esa o`rtacha o`zgaruvchi xarajatni ifodalaydi.
Garchi o`rtacha umumiy xarajat odatiy birlik narxini ko`rsatsada, u ishlab chiqarish darajasi ortganida umumiy xarajatning qanday o`zgarishini ko`rsatmaydi. 2-jadvalning oxirgi ustuni firma ishlab chiqarish hajmini bir birlikka oshirgandagi umumiy xarajatning ortgan miqdorini ko`rsatadi. Bu miqdor chekli xarajat deyiladi. Masalan, firma ishlab chiqarishni 2 donadan 3 donaga oshirsa, umumiy xarajat 3.80$dan 4.50$ga ko`tariladi. Shunday qilib uchinchi mahsulotning chekli xarajati 4.50$-3.80$ yoki 0.70$ hisoblanadi. Jadvalda chekli xarajat ikki chiziq
orasida tasvirlangan, chunki u ishlab chiqarish hajmining miqdori bir darajadan boshqasiga almashganida umumiy xarajatdagi o`zgarishni ifodalaydi.
Bu quyidagi ta’riflarni matematik izohlashda yordam berishi mumkin.
O`rtacha umumiy xarajat=Umumiy xarajat/Miqdor
ATC=TC/Q
va
Chekli xarajat= Umumiy xarajatdagi o`zgarish/Miqdordagi o`zgarish
MC=∆TC/∆Q
Bu yerda belgisi, Grek harfi delta, o`zgaruvchidagi o`zgarishni ifodalaydi.
Bu tengliklar qanday qilib umumiy xarajatdan o`rtacha umumiy xarajat va chekli xarajatning olinishini ko`rsatadi. Tadbirkor menejerlar bozorga qancha mahsulot chiqarish borasida o`ylayotganlarida o`rtacha umumiy xarajat va chekli xarajat tushunchalarini yodda saqlashi lozim.

    1. Download 4,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish