Biz firmalarning qancha mahsulot ishlab chiqarishini tahlil qildik. Ba'zi
hollarda firma mahsulot ishlab chiqarishni to`xtatib, firmani yopishi mumkin. Bunda firmani vaqtincha yopilishi yoki bozordan butunlay chiqib ketishi o`rtasidagi farqni tushunish lozim. Firma faoliyatni to`xtatish bu qisqa muddatli qaror bo`lib, bozordagi shart- sharoitdan kelib chiqqan holda u biroz muddatga mahsulot ishlab chiqarishni to`xtatib turadi. Firmaning bozordan chiqishi esa uzoq muddatli qaror bo`lib, bunda u bozorni tark etadi. Qisqa muddatli va uzoq muddatli qarorlar bir- biridan farq qiladi, sababi qisqa muddatli davrda ko`p firmalar doimiy xarajatlarni oldini ololmaydi, ammo bu uzoq muddatli davrda qaror qabul qilishda amalga oshadi. Yana, vaqtinchalik faoliyatni to`xtatib turishda firma doimiy xarajatlarni to`lashiga to`g`ri keladi, bozorni tark etayotgan firma esa doimiy xarajatlarni ham, o`zgaruvchan xarajatlarni ham to`lashi shart emas.
Misol qilib, fermerlar qabul qiladigan ishlab chiqarish qarorini olaylik, yer uchun xarajatlar fermerning doimiy xarajatlaridir. Agar fermer bir mavsumda dehqonchilik qilishni istamasa, uning yeri bo`sh yotadi va u xarajatini qoplay olmaydi. Bunday holatda bir mavsum uchun vaqtinchalik faoliyatni to`xtatishga to`g`ri keladi. Agar fermer dehqonchilikni butunlay tashlashni xohlasa, yerni sotishiga to`g`ri keladi.
Narxlarning P1 dan P2 ga ko’tarilishi firma foydasini Q1 dan Q2 ga oshiradi. Chekli xarajatlar egri chizig`i bozorning har qanday narxlarida firmaning taklifi miqdorini ko’rsatganligi sababli, bu firmaning taklif egri chizig’idir.
Endi keling fermerni qaysi holatda o`z faoliyatini to`xtatishi mumkinligini
ko`rib chiqamiz. Agar fermer o`z faoliyatini to`xtatsa, u mahsulotdan oladigan daromadini yo`qotadi. Shu bilan birgalikda mahsuloti uchun o`zgaruvchan xarajatlarni tejab qoladi, ammo doimiy xarajatlarni to`lashda davom etadi. Shunday qilib, firma o`z faoliyatini uning daromadi ishlab chiqarishning o`zgaruvchan xarajatlaridan past bo`lsagina to`xtatishi mumkin,.
Quyidagi matematik tushuntirish faoliyatni to`xtatish tushunchasiga oydinlik kiritadi. Agar TR umumiy daromadni izohlasa, VC esa o`zgaruvchan xarajatlar deb olsak, unda firma qarori quyidagicha yoziladi:
TR < VC
Agar o`rtacha umumiy daromad o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lsa, firma o`z faoliyatini to`xtatadi. Buni miqdorga Q ga bo`lish orqali amalga oshiramiz.
TR/Q < VC/Q
Tengsizlikning chap tarafi umumiy daromad (TR) narxni (P) miqdorga (Q) ko`paytirilishidan kelib chiqadi P x Q, VC/Q esa o`zgaruvchan xarajatlarni miqdorga bo`linishidan o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC) chiqadi. Va firma o`z faoliyatini to`xtatilishi quyidagicha ifodalanadi:
P < AVC
Agar mahsulot narxi o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lsa, firma o`z faoliyatini to`xtatadi. Agar narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarni qoplamasa, firma o`z faoliyatini to`xtatgani ma'qul. Firma o`z faoliyatini to`xtatishi bilan o`z mablag`larini yo`qotishi mumkin, agar ishlab tursa, undan ham ko`proq mablag` yo`qotishlariga to`g`ri keladi. Kelajakda shart-sharoitlar o`zgarib narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan ortiq bo`lishiga olib kelsa, firma qayta ochilishi mumkin.
Agar firma hech narsa ishlab chiqarmasa mahsulotning narxi uning chekli xarajatiga teng bo`ladi. Agar narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarni qoplamasa, firma o`z faoliyatini to`xtatgani ma'qul.
Iqtisodchilar qayta tiklanmaydigan va allaqachon yo`qotilgan mablag`larga yo`qotilgan mablag`lar deyishadi. Sababi yo`qotilgan mablag` ustida hech narsa
qilib bo`lmaydi, qaror chiqarishda ham ularni inobatga olib bo`lmaydi.