Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet115/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Rasm


Qisqa muddatda firma agar P AVCdan katta bo’lsa, MC egri chizi’gida ishlab chiqaradi




Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli taklif egri chizig’i.


… Ammo agar P

Miqdor



Qisqa muddatli davrda, raqobatlashgan firmaning taklif egri chizig’i, ya`ni uning chekli xarajatlar ergi chizig’i agar P AVC dan katta bo’lsa, o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlardan yuqorida bo’ladi. Agar narx o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlardan kichik bo`lsa, pastga tushib ketadi.
Firmalarning faoliyatini to`xtatish haqidagi qarorini tahlil qilar ekanmiz, yo`qotilgan mablag`lar bunga misol bo`la oladi. Firmalar vaqtinchalik faoliyatini to`xtatishi bilan doimiy xarajatlarni to`lashlari shart. Natijada doimiy xarajatlar qisqa muddatda yo`qolib boradi, firma ishlab chiqarishda ularni rad qilishi mumkin. Firmaning qisqa muddatli taklif egri chizig`i chekli xarajatlarning bir qismi bo`lib, o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarga tegishlidir va doimiy mablag`xarajatlarning miqdori taklif qaroriga ta'sir qilmaydi.
    1. Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarori


Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarorida bozordan chiqish faoliyatni to`xtatish bilan barobar. Agar firma bozordan chiqsa mahsulot savdosidan keladigan daromadni yo`qotadi. Ammo u nafaqat o`zgaruvchan xarajatlarni, balki doimiy mablag`xarajatlarni ham tejab qoladi. Shu sababdan firma uning umumiy xarajatlari ishlab chiqarish daromadidan kam bo`lsa, u bozordan chiqishga to`g`ri keladi.
Biz bu tushunchani matematik tushuntirish orqali yanada aniqroq qilamiz.
Agar TR umumiy daromadni bildirsa, TC esa umumiy xarajatlarni bildiradi.

Agar
bo`lsa, firma bozordan chiqadi

TR < TC


Agar o`rtacha daromad o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lsa, firma bozordan chiqadi. Buni miqdorga Q ga bo`lish orqali amalga oshiramiz.
TR/Q < VC/Q
bo`lsa firma bozordan chiqadi
Tengsizlikning chap tarafi umumiy daromad narxni miqdorga ko`paytirilishidan kelib chiqadi P x Q, VC/Q esa o`zgaruvchan xarajatlarni miqdorga bo`linishidan o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC) chiqadi. Va firmani bozordan chiqishi quyidagicha ifodalanadi:
P < AVC
bo`lsa firma bozordan chiqadi
Bunday tahlil yangi ish boshlashni istagan tadbirkorlar uchun ham to`g`ri keladi. Firma bozorga kirib kelishi mumkin, qachonki u foyda ko`rishni boshlasa, ya`ni
P > AVC
bo`lsa firma bozorga kiradi.
Endi raqobatli firmaning uzoq muddatli davrda foydani maksimallashtirish strategiyasini ko`rib chiqamiz.
Bozorga kirish va chiqishni tahlil qilar ekanmiz, uning foydasini tahlil qilishimiz foydali. Foyda umumiy xarajatni (TC) umumiy daromaddan (TR) ayirish natijasiga teng:
TR - TC = Foyda
Bu ta'rifni miqdorga (Q) ko`paytirish va bo`lish orqali amalga oshirishimiz mumkin:
(TR/Q – TC/Q) x Q = Foyda
E'tibor berish kerakki, TR/Q bu o`rtacha daromaddir, ya`ni narx P, TC/Q esa o`rtacha umumiy xarajatdir:

Foyda = (P - ATC) x Q
Bu yo`l bilan ifodalash firmaning foydasini o`lchashda yordam beradi.

5-chizmaning a bo`limi shuni ko`rsatadiki, firma foydaga ishlamoqda. Biz ilgari muhokama qilganimizdek, firma narx chekli xarajatga teng bo`lgandagi miqdorda mahsulot ishlab chiqarish orqaligina foydani maksimallashtirish mumkin. Endi ajratilgan to`rtburchakka qarang, to`rtburchakning balandligi P- ATC, narx bilan o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi farq. To`rtburchakning kengligi (eni) Q, ishlab chiqaarilgan mahsulot miqdori. Shu sababli to`rtburchak yuzasi (P-ATC)*Q, firma foydasidir.


Shunga o`xshash, shu chizmaning b bo`limi (manfiy foyda) firma yo`qotishini ko`rsatadi. Bu holatda, foydani maksimallashtirish yo`qotishni minimallashtirish demakdir, bu yana bir marotaba narx chekli xarajatga teng bo`lgandagi miqdorda mahsulot ishlab chiqarish orqalidir. Endi, bo`yalgan to`rtburchakka etibor bering, to`rtburchakning bo`yi (ATC-P), va eni Q, yuzasi esa (ATC-P)*Q, firmaning yo`qotishidir. Chunki firma bu holatda o`zining umumiy harajatini qoplashga yetadigan daromad olmayapti. Firma bozordan chiqish uchun uzoq muddatli qarorni tanlashi mumkin.

Endi bozordagi taklif egri chizig`ini muhokama qilamiz. Bu borada 2 ta vazifa oldimizda turibdi. Birinchisi, bozorni firmalarning doimiy sonlari bilan ko`rib chiqish, ikkinchisi esa eski firmalar chiqib ketib, yangi firmalar kirgan holatni ko`rsatuvchi bozorni o`rganish. Bunda ikkalasi ham muhim, ularning ikkisi ham maxsus vaqt oralig`da hizmat qiladi. Qisqa vaqt ichida firmalarning kirib chiqishi qiyin, shu sababdan firmalarning doimiy soni taxmini muqobildir. Ammo, uzoq muddat davomida, ko`p firmalar bozor holatini o`zgartirishda qatnashishi mumkin. Bozorni 1,000 ta bir biriga o`xshash firmalarni bilan ko`rib chiqaylik. Har qanday berilan narx uchun har bir firma tovar bilan taminlaydi, shu sababli, chekli xarajat narxga teng. 6- chizmaning a bo`limida ko`rsatilganidek, bu, narx o`rtacha o`zgaruvchan harajatdan yuqorida, har bir firmaning chekli harajat egri chizig`i uning taklif egri chizig`idir. Bozorni ta`minlagan tovar miqdori 1000 ta alohida firmalarning har biri orqali ta`minlangan tovar miqdorining yig`indisiga teng. Shu sababli, bozor taklifi egri chizig`ini hosil qilish uchun, biz bozorda har bir firma orqali ta`minlangan miqdorni qo`shamiz. 6-chizma b bo`limida ko`rsatilganidek, firmalar o`xshash bo`lgani sababli, bozorni ta`minlagan miqdor har bir firma


ta`minlagan miqdordan 1000 martta ko`p.

Bozorga kirish va chiqish haqidagi qarorlar chiqayotgan firma egalari va yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarning rag`batiga bog`liqdir. Agar firmalar bozorda allaqachon foyda keltiruvchiga aylangan bo`lsa, bu yangi ochilayotgan firmalarga bozorga kirishiga rag`bat bo`ladi. Bu kirish firmalar sonini kengaytiradi va mahsulot ta'minoti miqdorini o`stiradi, foyda va narxlarni tushiradi. Agar firmalar bozorda yo`qotishlarga ega bo`lishni boshlasa, chiqish istagidagi firmalarni bozordan chiqib ketishiga sabab bo`ladi. Bu chiqish firmalar sonini kamaytirib, mahsulot sonini oshiradi, narx va foyda ham oshadi. Kirish chiqish jarayoning so`ngida bozorda qolgan firmalar nullik iqtisodiy foyda qiladilar. Firmaning foydasi quyidagicha yoziladi:
Foyda = (P-ATC) x Q

Bu tenglama shuni ko`rsatadiki, mahsulot ishlab chiqarishning o`rtacha umumiy xarajati mahsulot narxiga teng bo`lsa, firma nullik foydaga ega bo`ladi. Agar narx o`rtacha umumiy xarajatdan baland bo`lsa, foyda ijobiy bo`lib, bu yangi firmalarni bozorga kirib kelishlariga sabab bo`ladi. Agar narx o`rtacha umumiy xarajatdan past bo`lsa, foyda salbiy bo`lib, bu ishlayotgan firmalarni bozordan chiqib ketishlariga sabab bo`ladi. Bozorga kirish chiqish jarayoni o`rtacha umumiy xarajat va narx tenglashtirilgandagina tugaydi.


Bu tahlilni ikkilantiruvchi tomoni ham bor ekan. Biz avvalgi boblarda aytganimizdek, raqobatli bozor chekli xarajatlarni narxga tenglashishi bilan
foydani maksimallashtirishi mumkin edi. Hozirgina esa bozorga erkin kirib chiqish o`rtacha umumiy xarajatni narxga tenglashishiga olib kelishini ta'kidladik. Ammo agar narx ham chekli xarajatga ham o`rtacha umumiy xarajatga teng bo`lsa, bu xarajatlarning ikki o`lchovi bir biriga mosdir. Faqatgina firmalar ATC ning minimumida boshqarilgandagina MC va ATC teng bo`ladi.
7-rasmning (a) qismida firmaning shunday uzoq muddatli muvozanati ko`rsatilgan. Bu rasmda P narx MC ga teng va firma foydani maksimallashtirmoqda. Narx ATC ga ham teng, va foyda nolga teng. Yangi firmaning bozorga kirishiga ehtiyoj yo`q, va mavjud firmalar bozordan chiqib ketishiga ham hojat yo`q.
Firmalar holatining tahlilidan bozor uchun uzoq muddatli taklif egri chizig`ini aniqlashimiz mumkin. Erkin kirish chiqishli bozorda nol foydali bitta narx bo`lishi mumkin, bu ham bo`lsa o`rtacha yalpi xarajatning eng kam qiymati. Natijada 7- rasmning (b) qismida mutlaq elastik taklif egri chizig`ida tasvirlangani kabi uzoq muddatli taklif egri chizig`i bu narxda gorizontal bo`ladi. Bu darajadan yuqoridagi har qanday narx foydani ko`paytiradi va umumiy taklif miqdorini oshirishga boshlaydi. Bu darajadan past bo`lgan har qanday narx foydani kamaytiradi va umumiy taklif miqdorini kamaytiradi va chiqishga undaydi. Natijada bozordagi firmalar soni narxni minimum ATC ga tenglashtiradi va bu yerda va shu narxda barcha talabni qondirishga yetarlicha firma mavjud.

Uzoq muddatli muddatli taklif egri chizig`ining yuqorililashiga ikkita sabab bo`lishi mumkin. Birinchisi, foydalanilayotgan mahsulotlarni zahirasi cheklangan miqdorda bo`lishi va ikkinchi sabab firmalarning xarajatlarini turlichaligidadir.

Masalan, bo`yoqchilarni olaylik, har qanday bo`yoqchi bozorga kirishi mumkin, ammo ularning xarajatlari bir xil bo`lmaydi. Xarajatlar qisman farq qiladi, sababi kimdir tez ishlaydi kimdir esa sekin, yana kimdir vaqtdan to`g`ri foydalanishni biladi. Har qanday berilgan narxga past xarajatlar yuqori xarajatlarga qaraganda kirib keladi. Bo`yoqchilik xizmatining miqdorini oshirish uchun boshqalarni ham bozorga kirishida qiziqtirish kerak. Chunki, yangi kiruvchilarda yuqori xarajatlar bo`ladi, narxni esa ularga ham foyda bo`lishi uchun oshirish kerak bo`ladi. Shu sababdan bo`yoqchilik xizmati uchun uzoq muddatli bozor taklif egri chizig`i oshadi, xattoki bozorga kirish erkin bo`lsa ham.
E'tibor berish kerakki, firmalarning xarajatlari turlicha, ba'zi firmalar uzoq muddatda ham foyda ko`rishadi. Bu holatda, bozordagi narx chegarali firmaning o`rtacha umumiy xarjatlarida aks etadi. Narx pasaysa firma bozordan chiqib ketishi mumkin. Bu firma nol foyda topishi mumkin, ammo kam xarajatli firmalar ijobiy foyda ko`rishi mumkin. Bozorga kirishda kiruvchilarning xarajatlari mavjud firmalarning xarajatlaridan katta bo`lishi mumkin. Xarajati yuqori firmalar narxlar yuqori va foydali bo`lsagina bozorga kirishadi.
Shuning uchun bu ikki sababga ko`ra, yuqori narxlar katta miqdordagi taklif kerak bo`ladi, va bunda uzoq muddatli taklif egri chizig`i gorizontaldan ko`ra yuqoriga yo`naladi. Shularga qaramasdan, bozorga kirish va chiqish haqidagi bilim o`sha o`rganilganidek qoladi. Sababi bozorga kirish va chiqish qisqa muddatliga qaraganda, uzoq muddatlida oson kechadi, uzoq muddatli taklif egri chizig`i qisqa muddatli taklif egri chizig`iga ko`ra egiluvchandir.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish