37
vaziyatlar tasviri ko‘p. Shunday holatlarni tasvirlashda yozuvchi ritorik gaplardan
unumli foydalanadi. Quyidagi parcha ham ayni shu fikrimizga dalil bo‘la oladi:
Ushlagan barmoqlarim bo‘shashib ketyapti. Oyog‘imda darmon yo‘q.
O‘pkam og‘zimga tiqilib qolyapti...
Bu qanday ko‘rgilik bo‘ldi, otaginam? Yo... Qaridim-mi-a?..
— Bo‘ri polvon! — dedi. — enangni qozi... Dodingni kimga aytasan, deydi!
Yurt so‘raydigan raisi shul bo‘lgach, fuqaro dodini kimga aytadi?! Brigadiriga
aytadi-da!
— Hech bo‘lmasa ishton kiygizib qo‘yaylik, insonniyam shuncha xo‘rlaydimi? —
dedi odamlar.
— U inson emas! Ol, qo‘lingni! — dedi mirob.
Bo‘ri polvon o‘zi so‘rayin, dedi. Ammo so‘rashga tili bormadi, nima deb so‘raydi?
“bizning onamiz qabriga siz marmar sag‘ana qo‘ydingizmi?”— deydimi? Marmar
toshtaxtalarni qo‘porib-qo‘porib tashlamoqchi bo‘ldi. Marmar sag‘anani ilib-ilib
otmoqchi bo‘ldi.
Yo, alhazar! Qabristonga qo‘l tekkizib bo‘ladimi? Qabrni buzib bo‘ladimi?
Berilgan
bu misolda esa yashirin inkor, taajjub, kuchli hayajon ma’nolari
umumlashgan ritorik gaplar keltirilgan.
Qabristonga qo‘l tekkizib bo‘ladimi?
Ritorik so‘roq gapi orqali
unga qo‘l tekkizib bo‘lmaydi mazmuni, qabrni buzib
bo‘ladimi?
Ritorik so‘roq gapi vositasida esa
qabrni buzib bo‘lmaydi, bu katta
gunoh degan
qo‘shimcha ma’noni ham anglash mumkin bo‘ladi.
Bir ritorik gap
orqali umumlashma ma’nolarni anglatish Tog‘ay Murod ijodining yana bir
qirrasini, uning ona tilimiz imkoniyatlaridan mohirona foydalana olish mahorati
yuksak degan xulosa qilish mumkin. Quyida ham uning
ritorik gaplarning turli
ma’nolarini ifodalab tuzgan dialoglaridan namunalar berilgan. Ularda ham so‘roq
ganing bu turi o‘ziga xos vazifani, asar ta’sir kuchini oshirish, qahramon niyatini
yanada aniqroq ifodalash kabilarni bajarganini ko‘rish mumkin.
Bo‘ri polvon qo‘ynidan ro‘znoma bo‘laklarini olib, stolga qo‘ydi.
—Raykom aytdi deb, birovning qora kunini dunyoga do‘mbira qilib chala berar
ekan-da? — dedi.
38
Bu gapda ritorik so‘roq gap g‘azab, ajablanish ma’nolari qorishib kelganini
bilishimiz mumkin. Chunki undan avval va keyin
kelgan gaplar orqali bu
mazmunlar yanada oydinlashganini ko‘rishimiz mumkin.
— Ichlaring kir ekan! — dedi bo‘ri polvon. — enamiz poshikastani xudo
yaratib edi, Xudoning o‘zi oldi-ketdi. Endi shuni butun dunyoga yoyish
kerakmidi?
Ajratilgan gapda esa –mi yuklamasi orqali
endi buni dunyoga yoyish shart
emas edi
degan yashirin mazmun, ma’no mavjud.
—Ta’ziya bu, rais bova, ta’ziya.
— Ta’ziya bo‘lsa, uyga boradi, gazetaga yozadimi? Yozaman desalaring,
ana, xush-xushvaqt kunlarimdan yozinglar!
—Ta’ziya bu, rais bova, ta’ziya.
—Ta’ziya bo‘lsa, uyga boradi, gazetaga yozadimi? Yozaman desalaring, ana,
xush-xushvaqt kunlarimdan yozinglar!
— Yaxshi niyat qiling...— dedi.
— Yaxshi niyat qilmay nima qilyapman?
— Quruq niyatning o‘zi kifoya qilmaydi...
Yuqoridagi ajratilgan gaplaar, ya’ni ritorik so‘roq gaplkarda ham yashirin
tasdiq, g‘azab, kinoya, taajjub kabi ma’nolar ifodalanib,
dialogik nutqda
qahramonlar nutqining jonli chiqishiga va ta’sirchan bo‘lishiga xizmat qilgan. Bu
gaplar orqali muallif o‘zi yaratayotgan obrazlarning fikrlarini ixcham, ta’sirchan
tarzda berishga harakat qilgan.
Oy qaysi oshiqqa bir o‘pich berdi? Oy qaysi oshiqqa vafo qildi? Dunyoda nima
mo‘l, to‘rt oyoqli jonivor mo‘l! Duch kelmish to‘rt oyoq jonivorni qanday bo‘lsa,
shundayligicha el orasiga olib kirib bo‘ladimi?
— Bizga baribir. O‘ngiringizning uchidan maydagina bir ip bo‘lsa-da mayli.
Ayollar chaqaloqli uyda ipni isiriqqa qo‘shib tutatadilar.
— Endi, shungayam etagimni yirtaymi?
Yozuvchi asar qahramoning ichki kechinmalarini ifodalashning eng zo‘r
vositasini topganligini yuqoridagi ritorik gaplar misolida ko‘rishimiz mumkin.
39
— Xo‘sh, qani? — dedi kal katta.
— Nima qani?
— Ot!
— Ot? Katta, siz menga qaysi bozordan ot olib berib edingiz? Denovning
bozoridanmi, yo, sho‘rchining bozoridanmi?
Bu
misolda esa ritorik gap kinoya, ajablanish ma’nolarini ifodalab
kelmoqda. Ikki kishi o‘zaro gaplashmoqda va birining aytgan gapiga nisbatan
ikkinchisida e’tiroz paydo bo‘lishi natijasida ritorik gap qo‘llangan. Bu o‘rinda
ritorik gaplar o‘rniga oddiy darak mazmunidagi gaplardan foydalanib,
siz menga
hech qaysi bozordan ot olib bermagansiz jumlasidan foydalanilsa ham bo‘lardi,
ammo unda bu badiiy matn emas, oddiy so‘zlashuv uslubiga yaqinlashardi. Uning
estetik vazifasi, ta’sir kuchi yo‘qolardi. Ritorik gaplar esaa ayni shu vazaifalarni
bajarish uchun nasriy va she’riy matnlarda yordamga keladi.
— Iya-iya, sen o‘zi qaysi jamiyatda yashayapsan, miya? Shu paytgacha eshakning
qulog‘iga tanbur chertyapmanmi?
23
Do'stlaringiz bilan baham: