32
Bu misol Abdulla Qahhorning “Mayiz yemagan xotin” hikoyasidan olingan
bo‘lib, uning syujeti ko‘pchilika yaxshi tanish. Konteksdagi
ayb emasmi?!
Gapi
ritorik so‘roq gap bo‘lib, bu ayb degan ma’noni bildirmoqda. Ya’ni sof so‘roq gap
emas. Bu gapda inkor orqali yashirin tasdiqqa ishora mavjud.
Yuqorida tahlil qilishga uringan hikoyalarimizdagi ritorik so‘roq
gaplar
asosan dialogik nutqda keng qo‘llangan bo‘lsa, ba’zi nasriy asarlarda ular
monologik nutq tarkibida faol ishtirok etadi. Bunday
gaplar orqali muallif yoki
asar bosh qahramoning o‘y-kechinmalari, o‘z-o‘ziga bergan savol va javoblari aks
etadi. Bunday gaplar ayniqsa, o‘ziga xos yo‘nalishda
ijod qiladigan Nazar
Eshonqul asarlarida ko‘p uchraydi.
Balki, mana shu sabab bog‘ bilan Samandarni bir-biriga yaqin qilib
qo‘ygandir?! Bog‘ ham Samandarning nazarida unga o‘rganib qolganday edi.
Uch yildan beri u bilan suhbatlashar va Samandar o‘zi engil tortgani sayin bog‘
ham tashlandiqligini unutayapti, menga dardlarini aytib berayapti deb o‘ylardi.
14
“Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasidan olingan parchada aynan monologik
nutqdagi ritorik so‘roq gapga misol mavjud. Bu o‘rinda asar qahramoni o‘ziga o‘zi
javobi ichida bo‘lgan savol berib, fikrlamoqda. Uning mazmunini keying gaplar
bevosita to‘ldirib kelmoqda. Bu ritorik so‘roq gapning ostida ham yashirin tasdiq
mavjud.
Sukunatni yana otaning tovushi buzdi.
- Hech narsa deyolmaysan! Qaysi yuz bilan gapirasan?! Sendaylardan
tug‘ilmaslaringdan oldin voz kechish kerak edi. Lekin, afsus, sizlar tug‘ildilaring,
unib-o‘sdilaring, so‘ng unib-o‘sgan yerlaringga tupurdilaring, unib-o‘stirgan
odamlarni ....dilaring. Yana ko‘kraklaringga mushtlab “xalqparvarmiz, ...
parvarmiz”deb da'vo qildilaring.
13
Abdulla Qahhor., Tanlangan asarlar 3-jild., Mayiz yemagan xotin. – T.: Yangi asr avlodi., 2015, 15-b.
14
Nazar Eshonqul. Yalpiz hidi., Shamolni tutib bo‘lmaydi. – T.: Sharq., 2008, 251-b.
33
Bu misolda esa ritorik so‘roq gap orqali yashirin inkor ma’nosi
anglashilmoqda, ya’ni
“endi gapira olmaysan”
ma’nosi aynan ritorik gap vositaida
berilmoqda.
- men-chi, men charchamadimmi? - cholning tovushi zorlanib chiqdi. - menga
osonmi?!
15
Bu misolda esa
“men ham charchadim, menga ham oson emas”
ham yashirin
tasdiq, ham yashirin inkor ma’nolari berilmoqda. Ritorik so‘roq gapning bunday
mazmunni ifodalashi quyidagi misollarda ham kuzatiladi.
Muhabbat chuqur xo‘rsindi:
Kuyi shunday bo‘lsa g‘amning o‘ziga qanday chiday olgan ekan odamzot?!
16
bu misol “Choli iroq” hikoyasidan olingan bo‘lib,
unda Abdulla Oripovning
“Munojot” she’ridagi ritorik gap shunday qahramon nutqiga olib o‘tilgan. Bu
gapda ham taajjub, kuchli hayajon yashiringanini bilishimiz mumkin.
Nima, men o‘lik ilonni ko‘rmaganmanmi? –dedi Rustam
.
17
bu gap esa
ham g‘azab, ham tasdiq ma’nosidagi
men o‘lik ilonni ko‘rganman
degan
mazmunni ifodalamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: