Abdulla Oripovning 75 yilligiga bag’ishlangan ” Shoir sizga gapim bor” nomli musiqiy, sheriy dastur



Download 83,5 Kb.
bet1/2
Sana23.07.2022
Hajmi83,5 Kb.
#841425
  1   2
Bog'liq
ABDULLA ORIPOV


Abdulla Oripovning 75 yilligiga bag’ishlangan ” Biz sheriyat shaydosi” nomli musiqiy, she’riy dastur
Senariysi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangraydi, hamma o’rnidan turib, qo’li ko’ksida madhiyani kuylaydi.
Boshlovchi yigit:
Yana bahor keld,i yana olamda,
Ajib bir go’zallik, ajib bir bayot.
Men seni qutlayman, shu ulug’ damda
Ulug’ yelkadoshim muzaffar hayot.
Boshlovchi qiz;
Tashbeh ahtarmangiz ushbu g’azaldan,
Naqd joyda nasiya ne kerak asli.
Ayon bir hislating bordur azaldan,
Seni atamishlar uyg’onish fasli.
Boshlovchi yigit:
Bahor nafasi ufurib turgan shunday go’zal bir pallada bizning yosh va navqiron qalbimizdan favvora kabi otilib chiqayotgan mehr –muhabbatga boy otashin salomimizni qabul etgaysiz azizlar.
Boshlovchi qiz:
Assalomu aleykum adabiyot gulshanining ixlosmandlari, she’riyatning shaydolar,i adabiyot olamida kezib ijod na’munalari bilan qalblarni larzaga solayotgan ijodkorlar behisobdir.
Boshlovchi yigit:
Bugungi tadbirimiz ham ko’p qirrali iste’dod sohibi, turli janrlarda rang barang badiiy asarlar yaratib o’zbek adabiyoti xazinasini o’z durdonalari bilan boyitayotgan davlat arbobi O’zbekiston xalq shoiri O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripovning tavalludining 75 yilligiga bag’ishlanadi.
Boshlovchi qiz;
Dasturimizni ochib berish uchun so’z kollejimiz derektori ____________________________________________________ga.
Boshlovchi yigit:
Kel azizim yonimga yulduzmisan oymisan,
O’zbegimsan hamisha yupunmisan boymisan.
Vatandoshim shu tengsiz vatanni kuylashaylik,
Zamon keldi bizlar ham dunyoga bo’ylashaylik. Vatanni madh etuvchi qo’shiq “Men nechun sevaman O’zbekistonni”. Abdulla Oripov so’zi, ____________________________ musiqasi.
Ijro etadi____________________________________________
____________________________________________________
Men nechun sevaman o’zbekistonni,
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo.
Nechun vatan deya yeru osmonin
Muqaddas atayman,atayman tanho.
Aslida,dunyoda tanxo nima bor,
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo,
Yoki quyoshimi sevgimga sabab,
Axir quyoshli-ku bugun osiyo.
Men nechun sevaman o’zbekistoni!
Bog’larni jannat deb ko’z-ko’z etaman,
Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men
O’laman: “Tuprog’ing bebaxo Vatan”
Aslida tuproqni odil tabiat
Taqsim aylagan-ku yer yuziga teng
Nechun bu tuproq deb yig’ladi Furqat
O, Qashqir tuprog’i qashshoqmiding
Sen?!
Xo’sh, nechun sevasan O’zbekistonni,
Sababin aytgin desalar menga,
Shoirona go’zal so’zlardan oldin
Men ta’zim qilaman ona xalqimga.
Xalqim, tarix xukmi seni agarda
Mangu muzliklarda eltgan bo’lsaydi,
Qorliklarni makon yetgan Bo’lsayding,
Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga?
Vatanlar, Vatanlar,
Mayli, gullasin,
Bog’ unsin mangulik muzda xam,
Ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaringchun
Sevgan farzand bo’lsa kechirma
Aslo!

Boshlovchi qiz:


Shoir kunlarini uladi tunga,
Borliqni vasf etib ayladi honish.
Parvo qilmadilar baribir unga,
Dedilar bu gaplar barchasi tanish.
Abdulla Oripovning sherlaridan namunalar tinglaymiz.
SEN BAHORNI SOG’INMADINGMI?
Uyg’onguvchi bog’larni kezdim,
Topay dedim qirdan izingni.
Yonog’ingdan rang olgan dedim-
Lolazorga burdim yuzimni,
Uchratmadim ammo o’zingni,
-Sen bahorni sog’inmadingmi?
Uzoqlarda zalvorli tog’lar
Xayolimni keldilar bosib.
Kechdi qancha intizor chog’lar,
Vasling menga bo’lmadi nasib,
Sensiz men ham, bahor ham g’arib,
-Sen bahorni sog’inmadingmi?
O’ngirlarda sakraydi ohu,
Na’matakda sa’va mittijon.
Qorliklardan sipqarilgan suv,
Daralarda uradi javlon.
Nigohingdan faqat sen pinhon,
-Sen bahorni sog’inmadingmi?
Mana, bugun Navro’zi olam,
Do’stlarimga gullar tutarman.
Qaylardasan, sevgili erkam…
Qo’limda gul, seni kutarman,
Umrim bo’yi chorlab o’tarman,
-Sen bahorni sog’inmadingmi?
HASAD
Ijod bilan bandsan kechayu kunduz
Umr shamol kabi yelaveradi
Balki payqamassan ortingdan shu kez
Hasad ham izma-iz kelaveradi

U hayot sahnida izg’iydi abad


Och qolgan shoqoldek ta’qib etadi
Seni bir amallab yiqitgach hasad
Yangi o’ljasini izlab keladi.
OTA
Bir kuni ranjitdi otani farzand
Ota o’z uyidan bosh olib ketdi
Lekin olloh mehri bo’lib sarbaland
Ota makkatulloh vasfiga yetdi
Kabaga sig’inar ekan keksa chol
Armonin oshkora etdi olamga
Dedi ibodatim bo’lsa ham uvol
Faqat saodat ber o’sha bolamga
ONA
Kaba qopqasida turgan ey posbon
Avval onalarning ochgin yo’llarin
Onalar poyiga tiz cho’k oshal on
Tavof qil ko’zga surt o’pgin qo’llarin
Hojar onamizning duosi sabab
Kabada ko’z ochgan obi zamzam ham
Ne ne payg’abarlar ko’zlarida nam
Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham
Boshlovchi yigit:
San’atga bahsh umrning ajib mo’jizasi bor,
U dunyoni tark etsa undan dunyo qoladi.
Inson umri sarhadli qo’shiq umri poyidor,
Navosoz yuraklarda o’lmas navo qoladi.
Qo’shiq Abdullaning nolasi Ijro etadi______________________________________________
Boshlovchi qiz;
Kimdir maqtanadi san’ati bilan,
Birov ilmu fanga rag’bati bilan.
Kimdir sheri bilan maqtansa kimdir,
Maqtanar mol dunyo davlati bilan.
Raqs Ijro etadi_____________________________________
Boshlovchi yigit:
Har qancha faxr etsang arziydi o’zbek,
Balqibsan bir zotning yuksak shonida.
Temurbek yulduzi oltin qoziqdek,
Charaqlar buyuklar kahkoshonida.
Boshlovchi qiz;:
Hukmi oily bilan etmish namoyon,
Kuch bu adolatda degan so’zlarin.
Qon to’kmish jahongir goho beomon
Yovlari cho’qmasdan qonli ko’zlarin.
Sohibqiron dramasiga sahna ;
Temur;
Sartaroshga bosh egar hatto jahongirlar ham
Boshqalarga egilishdan asrasin xudo
Sartaroshsan mana senga boshimni egdim
Biroq meni avf etgaysan tiz bukolmadim
Sartarosh
Oyog’ingiz shikast topgan mahorabada
Shu boisdan avf etyadi sizni qulingiz
Eshikbon;
Shohim Kuhtalondan hokim Kayhusrav bandini keltirmishlar
Temur
Bandi kim ekan u?
Eshikbon
Amir Husyn
Amir Husayn? Olib kirilsin oyoq qo’lini yeching buni. Marhabo amir kishan sendan halos bo’lsin.
Amir Husayn
Taqdirga lanat Tiriklayin yana senga ro’baro qildi.
Temur
Sirdaryoning bo’ylarida Jotega qarshi ikkalamiz chiqqn edik o’sha mash’um kun.
Osmon go’yo teshildiyu jarni bulutlar,
Suvlarini to’kkan edi jang maydonida.
Loy jangida sen sababli nochor qolganman,
O’n ming askar nobud bo’ldi afsus o’shanda.
Amir Husayn
U mag’lubiyatingni menga to’ngama, Temur Firibingni ko’rsat edi sarkarda bo’lsang.
Kayxusrav
A’lo hazrat izn bering bir so’z demoqqa,
Sadog’idan mana bu paykonni topib oldim.
Yozuvi ham bor ekan o’qib ko’ring,
Temur
Bu Temur uchun xudoy shunday paykonlar bilan Sigistonda yog’iy meni yaralagandi. Bir oyog’im ham, bir qo’lim ham, hamon nogiron. Ajib holki sen o’shanda malham qo’yganding eslaysanmi o’sha kunni Amir husyn?
Amir Husayn
Temur
Zaharlidir?
Amir Husayn
Tegsa bilarding.
Temur
Qay bir fozil aytgan ekan tuz aynisa gar uni nima tuzatar. Sen mal’unga qanday jazo bersam ekan.
Kayhusrav
Alo hazrat izn bering bu yaramasni paykonini o’zining ko’ksiga joylab qo’yaylik.
Uljoy
Shohim necha yilki orangizda qora husumat aka sizning joningizni necha bora ulug’ amirdan so’rab oldim.
Husayn
Agar mening singlim bo’lsang yolborma Uljoy
Axir men ham amirmanku men ham bahodir
Yaxshisi sen ko’shkingga bor.
Kechir meni aziz singlim
Uljoy
A’lo hazrat hadya qiling menga shu kamon o’qini bu mash’um tarixdan bir xotira bo’lsin.
Temur
Madomiki xosxonada bizni tinglabsan,
Habardorsan bu suhbatning tafsilotidan
Ma olaqol yozuvini o’qima faqat
Uljoy
Bu Temur uchun yo’q, yo’q bu men uchun,
Temur
Inshoolloh yaratganning o’zi bilgaydir
Ey siz mening oshnolarim bahodirlarim
Qadamidan o’t chaqnagan lashkarboshi
Olloh sizning dilingizga ne tuyg’u solmish
Kayxusrav
Sizga qarata otilgan har bir o’q
A vvalambor kelib tekkay bizning ko’krakkka
Siz nomard yolg’onchini kechirsangiz ham
Biz also kechirmaymiz
Kanizak
A’lo hazrat, alo hazrat mudhish bir habar
Bu xabarni yetgazgandan ko’ra kesilsa tilim
Temur
Qanday xabar gapir kanizak?
Kanizak
Xonasida xushsiz yotar malika uljoy
U o’zini qurbon qilmish manabu yoydan
Amir Husayn
Hayhot!
Temur
Yo rabbiy!
Amir Husayn orangizni bog’lagan zanjir,
Metin toshlar silsilasi qadar bo’lsa ham.
Shu tariqa parokanda bo’ldi, uzildi.
Husaynni topshirdim, men Kayxusrav senga .
Temur
Mana bugun barham topdi ikkita umr,
Ikkisi ham bir onadan tug’ilgan edi.
Biri singil biri aka izma iz ketdi
Husayn-ku manmanlikning qurboni bo’lib ,
O’’z qilmishidan topdi
Ammo Uljoy Turkonchi uning aybi nimada edi
Ajal mudom berkinmachoq o’ynar men bilan
Men ajaldan qo’rqamanmi
Ko’p chigal savol lekin aniq fahm etaman
Hayot bor joyda o’lim ortiq surbet uchun also o’lim yo’q
Boshlovchi yigit
Sevgi bamisoli lolaqizg’aldoq,
Teginmay bo’lmaydi tegsang to’kilar
Alvon bir gumbazning o’rtasi oppoq
Buni bir menu kapalak bilar
Sevgini madh etuvchi qo’shiq Birinchi muhabbatim. Ijro etadi_________________________________________________
Boshlovchi qiz:
Chin aktyor san’at deb bag’rini tig’lab
Amallab kunini ko’rib yuradi
Shunday insonlar bor bir ko’zi yig’lab
Bitta ko’zi esa kulib turadi
Avvalari haj qilish uchun hojilarimiz ko’p mashaqqatlar kechishgan hozir fan va tehnikaning rivoji bois ularga yengillik yaratilgan. Shunday imkoniyatlar bilan bugungi kundagi hojilarimiz qanday maqsadlar bilan haj qilmoqdalar.
Abdulla Oripovning Haj savobi she’rida bu savolga javob topa olamiz .
Muhbir;
Haj qildingiz borib makka tomonlarga
Ko’mildingiz nogohoniy sharaflarga
Bundayin baxt tushingizga kirganmidi
Hoji bobo nima deysiz bu gaplarga
Hoji bobo
Inshoolloh hurlik keldi guldir- guldir
Qolaversa barcha ishning boshi puldir
Hovli joyni sakson minggga sotib ketdim
Muxbir bolam savolinngga javob shuldir
Muhbir
Xalq aytadi chuchvaradan go’shtdir mani
Siz ko’rdingiz makka bilan madinani
Payg’ambarning madinada dahmasi bor
Hoji bobo o’shalardan so’ylang qani
Hoji bobo
Kabatulloh jamliga yo’qdir ta’rif
Ammo lekin bozori ham maqtovtalab
Xaridorlar durbin bormi deb so’rashar
Xayron qoldim muxbir bolam shunga qarab
Muhbir
U yoqlarda hayolga botdingizmi
Arofatning mashaqqatin tortingizmi
Mino degan toqqa chiqib g’ayrat qilib
Hoji bobo shaytonga tosh otdingizmi
Hoji bobo
Endi bildim shayton asli qaydan ekan
Bir tomon tog’ bir tomoni maydon ekan
Bozorchisi soddagina arab desam
Muhbir bolam bizlardanm ham shayton ekan
Muhbir
So’rayversam savollarim hali talay
Mayday chuyda ikir chikir alay balay
Madinada payg’ambarning dahmasi bor
Hoji bobo ko’rdingizmi uni qalay
Hoji bobo
Madina ham shahar ekan oliyhimmat
Ayollari yurishibdi yuzda chimmat
Atlas olib borgan edim arzon ketdi
Muhbir bolam u joylarda asal qimmat
Muhbir
So’zlarimni quloqqa hech ildingizmi
Qayga borib kelganingiz bildingizmi
Men savobdan gapiraman siz savdodan
Hoji bobo aslida haj qildingizmi
Hoji bobo
Tayyoraning pattalari qo’limdadir
Guvohlarim mana o’ngu so’limdadir
Bunday makruh savollarni kim o’rgatdi
Muhbir bolam haj savobi dilimdadir
Boshlovchi yigit:
Hayotda uchraydi turli hodisot
Balki biri yaxshi boshqasi yomon
Lekin har biriga bordur hisobot
Qayda u yuz berdi kim bilan qachon
Raqs
Boshlovchi qiz:
Kaba qopqasida turgan ey posbon
Avval onalarning ochgin yo’llarin
Onalar poyiga tiz cho’k o’shal on
Tavof qil ko’zga surt o’pgin qo’llarin
Muloqot she’riga sahna
O’g’il va marhum ona suhbati
- Baxtimsan toleim kulmaydi
Onajon qoshingga ketayin
Ketganlar hech qaytib kelmaydi
Bardosh qil deyman oh netayin
-Ne uchun dunyoda tug’ildim
Bu qadar omadsiz bechora
O’zim ham bir umr bo’g’ildim
Bolajon nailoj nachora
Ne uchun yovuzdir odamlar
Birovi toptaydi birini
Meni ham yediku shu g’amlar
Bilmadim bu holning sirini
Insonga ishondim hor bo’ldim
Sen deding bir ishonch sabrdir
O’’zim ham ishonchga zor bo’ldim
Oqibat topganim qabrdir
Bosh urib borarga yo’qdir joy
Onajon qoshingga ketayin
Bolajon horibsan hoynahoy
Bardosh qil deyman oh netayin
Chorlasang madadkor bo’losang
Visoling ruhimni shod etar
Sen ham gar yo’qlikka yo’l olsang
Borliqda kim meni yod etar
Boshlovchi yigit:
Ota-yu onaning qazosi meros
Oldin kelgan inson oldinroq ketsin
Farzand farzand bo’lsin farzandlarga hos
Avvalo tiriklik qadriga yetsin
Qo’shiq Besh kunlik dunyo
Boshlovchi qiz:
Sahovat ahliga garchi yuz burdim
Gohi dam hayratda lol qotib turdim
Norning it oldida cho’kkanin ko’rdim
Hargiz iltimosga kuning qolmasin
Turg’unboy sheriga sahna
Ish axtarib Turg’unboy
Necha kunki sarsondir
Omadining teskari
Yurishidan hayrondir
Yo’qsa bajo qilingan
Barcha tartib qoida
Hujjatlari bir talay
Propiska joyioda
Qayga borsa keling deb
Hushnud qarshi olishar
Lekin suhbat so’ngida
O’ylanishib qolishar
Affsus afsus deyishar
Tag’in bir oz kutgaysiz
Vada bergan bo’lsak gar
Bizni manzur tutgaysiz
Ish axtarib Turg’unboy
Necha kunki sarsondir
Omadining teskari
Yurishidan hayrondir
Turg’unboyga shum taqdir
Sira shavqat qilmaydi
Pora beray der ammo
Usulini bilmaydi\
Oxir dadil bostirib
Kirdi bir idoraga
Zora endi baxt kulsa
Turg’unboy bechoraga
Ttik turgancha boshliqqa \
Shikoyatin so’zlaydi\
Ko’rgan kechirgan barcha
Hikoyatin so’zlaydi\
Dedi aybim nimadir \
Bilolmayin hayronman
Shu mushkulning chorasin\
Qilolmayin hayronman\
Boshliq uzoq o’yladi
Hujjatlarni varaqlab
Faqat bir gap bizlarga
To’g’ri kelmas ismingiz
Afsus qayta qurishning\
O’tabsiz yo’’llarini \
Turg’un ismi eslsatar\
Turg’unlik yillarini
Turg’unbekning nogahon\
Yorishdi o’ksik dili \
Bor aybim shumi deb \
Kalomga keldi tili\
Dedi nainki ismim
Olamdan ham tonurman\
Irim bilan nom qo’ygan\
Onamdan ham tonurman\
Menga faqat ish kerak \
Kechgin daryo soy bo’lsin
Ismim turg’unboy emas
Mayli urg’unboy bo’lsin
Urg’unboyga munosib \
Vazifani topdila
Turg’unlikning yana bir \
Sahiffasin yoptilar\
Majlislarda endi u
Fursat poylab turadi\
Ur desa bas urg’unboy\
Duch kelganni uradi\
Boshlovchi yigit
Men ham yashayapman o’z zamonimda
Davrimdan qayga ham tushardim yiroq
Va lekin bilmadim mening qonimda
Qaysi bir bobomning hislati ko’proq\
Boshlovchi qiz\
Barchaga barobar meros bu basher
Otadan qosh ko’zni olgan o’g’ildek\
Bilmadim qonimda qay ajdod yashar\
Balki bobo kayfiy balki ulug’bek\
Boshlovchi yigit
Xurmatli she’riyatga oshno o’quvchilar hozir biz sizlarning o’rtangizda bahru bayt musobaqasini o’tkazmoqchimiz o’zini sheriyatda tengsiz ekanini namoyish qila biluvchi o’quvchilarni sahnaga taklif etamiz G’olib o’quvchilarimizga tadbir tashkilotchilarining ajoyib sovg’alari bor Marhamat sahna sizlarga muntazir

Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish