Vatanimiz Hududidagi Eng Qadimgi Falsafiy Qarashlar reja



Download 151,5 Kb.
bet3/10
Sana06.05.2023
Hajmi151,5 Kb.
#935909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vatanimiz Hududidagi Eng Qadimgi Falsafiy Qarashlar

Sofistlar (donishmandlar) qadimgi grek falsafasida muhim o‘rinni egallaganlar. Avvalgi grek faylasuflari barcha o‘zgaruvchan rang-baranglikdagi birlik haqidagi masala bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Ular urf-odatlarning turlichaligini, axloqiy, siyosiy, huquqiy jarayonlarning falsafiy jihatlarini asoslashga urindilar. Ammo, muhim bir fikrga kela olmaganlar. Grek faylasuflarining ba’zilari bitta universal umumiy axloq va bitta siyosiy ideallik mavjud, deb tushuntirsalar, ba’zilari bu holatlarni jamiyat yoki yagona bir odam dunyoga keltirgan, deb fikr bildirganlar. Qisqasi, har bir faylasuf o‘zicha olamdagi narsa va hodisalarni tahlil qilganlar va ijod qilganlar. Keyinchalik, jamiyatdagi axloqiy - huquqiy sohalar bilan bog‘liq jihatlarning hal etilishi alohida kishi faoliyati bilan bog‘liq, degan to‘xtamga kelganlar. Aslida axloq, huquq, did, huzur-halovat, siyosat, boshqaruv kabi jarayonlar haqidagi fikrlar xilma-xil. Tahlili ham turlicha. Shunday bo‘lishidan qat’i nazar, faylasuflar bu savollarga javob topish uchun ijod qilgan. Bunday faylasuflarni sofistlar deb yuritganlar.
Sofistlar o‘z ijodlarida ko‘proq axloqiy, siyosiy, huquqiy sohalar bilan shug‘ullanishgan. Sofistlarga zamonaviy jihatdan yondashadigan bo‘lsak, ular bir vaqtning o‘zida muallif, jurnalist, yozuvchi, shoir umuman ziyoli kishilar bo‘lganlar. Ular ko‘proq bahslashishni olg‘a surib, haqiqatga erishmoqchi bo‘lganlar. Sofistlar narsa va hodisalarni aqliy (ratsional) dalillash san’atidan foydalanib asoslashga harakat qilganlar. Sofistlar munozara va muzokarada foydalanish mumkin bo‘lgan ayyorlik va mug‘ombirlik, makkorlik usullaridan foydalanib borliqni tushuntirganlar. Shu holatga boshqalarni ham yetaklaganlar. Ularning yirik vakillari Gorgiy, Frasimax va Protogorlardir.
Qadimgi grek falsafasini rivojlantirishda Suqrot ijodi alohida o‘rin tutadi. U miloddan avvalgi 469 yilda tug‘ilib, 399 yilda vafot etgan. Uning ta’limotida ham epistemologik (epistemologiya-bilim, uning tuzilishi, tuzilmasi va rivojlanishini o‘rganadigan falsafiy-metodologik ta’limot) va etnik - siyosiy muammolar markaziy o‘rinni olgan. U sofistlarning ko‘p qarashlarini rad qilgan. Uning ijodida umumiy ne’mat (oliy ezgulik) va adolat hisoblanadigan qadriyatlar va me’yorlar mavjud. Suqrot falsafaning bilish muammosini hal etishga intildi. Uning talqinida bilim - bu bizning o‘zimiz va o‘zimiz o‘zimizning mavjudligimizni ko‘radigan vaziyatlar haqidagi bilimdir. Suqrot ijodida shu narsa xarakterliki, u bilimni tajribaga murojaat etish yo‘li bilan izlamagan. U bilimni tushunchalarni tahlil etish yo‘li bilan o‘zlashtirishga harakat qilgan va boshqalarni ham shunga chaqirgan. Suqrot ijodida adolatlilik, mardlik, saxovatlilik, yaxshi hayot kabi tushunchalar markaziy o‘rin egallagan.
Falsafa tarixidagi yana bir yirik grek faylasufi Aflotundir. Qarama-qarshi falsafiy fikrlar asosida Aflotun falsafasi paydo bo‘ldi (Aflotun eramizdan avvalgi 427-349 yillarda yashagan). Afina aristokratiyasining vakillari platonchilar idealistik qarashini oldinga surdilar. Aflotun ijodi asosida g‘oyalar yotadi. Uning fikricha, narsalar asosida g‘oya yotadi, sezgi qabul qiladigan narsa, ideya dunyosining ko‘lankasidir.
Aflotunning fikricha, hayotda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan g‘oyalar mavjud bo‘lib, bu g‘oyalar o‘zgarmaydi. Sezgi organlarimizda ifodalangan narsalar paydo bo‘lishi va yo‘qolishi doimiy o‘zgaruvchan emaslikdandir. Eng oliy g‘oya bu xudo to‘g‘risidagi g‘oyadir. Bu narsa idealizm bilan dinning birligini ko‘rsatadi.
Aflotun bilish nazariyasini ham idealistlarcha tushuntirdi. Uning fikricha, bilim g‘oyalar orqali paydo bo‘ladi, tasavvur narsalar orqali hosil bo‘ladi. Abstrakt tafakkurni sezgilarga bog‘liq bo‘lmagan g‘oyalar dunyosida yashovchi, ruhni “eslash” jarayoni natijasi, deb tushuntirdi. Aflotun bilish bu – eslashdir, degan g‘oyasini o‘rtaga tashladi. U dialektikani ilohiy bilimning mantiqiy nazariyasi, deb hisoblaydi. Umumiy tushunchaning ahamiyatini ta’kidlashi, kishi tafakkurining faol rolini (idealistik bo‘lsa ham) ishlab chiqishi Aflotun ijodining ratsional mag‘zini tashkil etadi.
Aflotun “ideal davlat” ta’limotini ma’qullab, bu davlat fuqarolarini uch tabaqaga:
1) davlatni idora qiluvchi faylasuflar - dono; 2) davlatni ichki va tashqi dushmanlardan asrovchi qo‘riqchi askarlar - jasoratli; 3) jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi dehqonlar, hunarmandlar, itoatkorlarga bo‘ladi.
Qadimiy Grek faylasuflaridan yana biri bu Arastudir. Arastu (eramizgacha 384-322 yillar) fanlar klassifikatsiyasini birinchi bo‘lib tuzib berdi (falsafa, matematika, fizika). Uning fikricha, falsafa borliq to‘g‘risidagi fan, matematika va fizika borliqning ba’zi xususiyatlari to‘g‘risidagi fandir.
Arastu Aflotunning davlat nazariyasini tanqid qildi va quldorlik tuzumini tan oldi. U o‘z ijodida falsafa fanini amaliy faoliyatdan ajratib oldi, ya’ni bilim moddiy manfaatdan yiroq bo‘lsa, ilmiyroq bo‘ladi, deydi. Arastu ob’yektiv tabiatni bilishni, bilimning asosiy sharti deydi, lekin u izchil materializm pozitsiyasiga o‘ta olmadi. Materiya Arastuning fikricha, passiv imkoniyat, shakl faol o‘zgarish manbaidir. Materiya bilan harakat o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatib, harakat, o‘zgarishning manbai ekanligini aytsa-da, lekin harakat, buyumlarning ichki ziddiyatlarida ekanligini ko‘ra olmadi.
U bilish jarayonini materialistik asosda tushuntiradi. Bilish manbai tabiatning o‘zidir, deb ob’yektiv borliqni qo‘yadi. Sezgilar orqali olingan hissiyot narsa va hodisalar siymosidir, deydi. Lekin sezgini chegaralab qo‘yadi. Sezgilar umumiy shaklni, ya’ni shakllar shaklini - xudoni bilishga imkon bera olmaydi.
Arastu o‘z ijodida sezgilar asosida topilgan bilimni tafakkur orqali hosil qilingan bilimdan ajratib qo‘yadi. Arastu kategoriyalar klassifikatsiyasini ishlab chiqdi. U imkoniyat va voqelik, materiya va shakl, mohiyat va hodisa kategoriyalarini dialektika asosida tushuntirishga urindi, lekin to‘la dialektik asosda hal qila olmadi. Din arboblari uning sodda dialektikasini uloqtirib, metafizikasini olib qoldilar.
Qadimgi Gretsiyada eramizdan oldingi II asr oxiri I asrning boshida Demokrit tarafdorlari ko‘proq materialistik fikrlarni olg‘a surdilar.

Download 151,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish