Demokrit (eramizdan oldin 460-370 yillarda yashagan) ensiklopedik olim edi. Demokrit atom ko‘zga ko‘rinmaydi, deb harakat bilan materiyaning bir-biriga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Demokrit olam cheksiz dunyo, yer bir sayyora, deydi. Olam uning fikricha, bo‘shliq bo‘lib, fazoda atomlarning to‘qnashishi natijasida turli dunyolar kelib chiqqan. Bu dunyolar paydo bo‘ladi, yo‘qoladi, deydi. Olam haqidagi fikrida ateistik qarashlar bor, u yerda zaruriyat mavjuddir, deydi. Demokrit diniy ta’limotlarga qarshi tan bilan ruhning o‘lishini ko‘rsatadi. Undan tashqari, bilish jarayonining dialektik bosqichini materialistik asosda tushuntirdi. Bilish jarayonida birinchi bosqich sezgi, deb biladi. Sezgi organlarimizga ta’sir etib, ongimizda tasavvur paydo qiladi. Bilim uchun tafakkur kerak, deb o‘rgatadi.
Demokrit ijodi ateizm tarixida ham katta rol o‘ynadi. Uning fikricha, xudoga ishonish kishilarning tabiat kuchlari oldidagi ojizligidir. Demokritning siyosiy, iqtisodiy sohadagi ijodi ham demokratik edi. Falsafada ikki yo‘l “Demokrit yo‘li” bilan “Aflotun yo‘li” orasida kurash ketgan. Demokrit yo‘lini tutganlardan biri Epikurdir (341-270). U, kishi baxtiyor bo‘lishi uchun tabiat va uning qonuniyatlarini bilishi kerak, deydi. Falsafani uch qismga fizika, logika (kanonika) va etikaga bo‘ladi. Epikur fizikasida atomizm himoya qilinadi va rivojlantiriladi. Atomlarning birlashuvini o‘ziga xos erkin irodaning oqibati, deb ko‘rsatadi. Garchi bu fikr idealistik xarakterga ega bo‘lsa-da, stixiyali ravishda materiyaning o‘z ichidagi harakatini e’tirof etadi. Epikur ham o‘z ijodida bilishning birdan-bir manbai sezgilarda, deb biladi. Uning bilish nazariyasi oddiy, lekin materialistik xarakterga egadir. U ham xudoni inkor etmaydi, balki tabiat mahsuli, deb biladi.
Gretsiya falsafasining yana bir vakili Rimlik Piy Lukretsiy Kar (99-55)dir. U Epikur ta’limotini davom ettirdi. Qadimgi materialistlar singari Lukretsiy ham materiyaning ob’yektivligini ilmiy ravishda tushunish darajasiga yetmadi. Lukretsiy narsalarning sifatini ob’yektiv xarakterga egaligini, fazo va vaqt masalasini ham materialistlarcha tushuntirdi. Sezgi masalasini ham to‘g‘ri hal qilgan. Uning ijodi, falsafasi feodalizm jamiyatining tarixiy kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyotning oldinga surilishidan darak berar edi. Feodalizm jamiyatida sinf, ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar mafkura kurashida o‘z ifodasini topdi.
Feodalizm davrining mafkurasi din edi. Shuning uchun bu davrdagi qarashlar ham diniy tusda bo‘lgan. Rimda feodalizm davrida, idealizmning turli oqimlari, materializm va ateizmga qarshi kurashdilar. Ular – skeptitsizm, agnostitsizm, neoplatonizmlardir. Ob’yektiv idealizm, Arastu idealizmi va metafizik ta’limotining davomi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |