Vatanimiz Hududidagi Eng Qadimgi Falsafiy Qarashlar
REJA:
O’zbekiston hududidagi eng qadimgi madaniyat va falsafiy qarashlar.
Yevropa Ug‘onish davrida ijod.
Yangi davr falsafasi va nemis klassik falsafasida ijod
Muammolari
O’zbekistondagi qadimgi falsafiy qarashlarni o’rganishning ahamiyati.
Tarixni bilish, undan to’g’ri va xolis xulosalar chiqara olish inson ma’naviy kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix — buyuk muallim, o’tmishdan saboq beradigan tarbiyachidir. Gap eng qadimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. Ayrimlar «Bizga ming yillar qa’rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, yaxshisi, bugunning gapidan gapiring?", «O’tmish qa’ridan tashbeh izlagandan ko’ra, bugungi muammolar ustida bosh qotirgan ma’qul emasmi?» degan xayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham jon borga o’xshaydi.
Ammo bir narsa aniq: o’tmishni bilmasdan turib, kelajakni to’g’ri tasavvur etish mumkin emas. Zero, o’tmishsiz kelajak yo’q. Shu ma’noda, biz falsafa tarixini azbaroyi o’tmishga qiziqqanimiz uchun o’rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda ro’y bergan xilma-xil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks etgani, ularni qanday g’oyalarning tug’ilishiga sabab bo’lgani, qaysi ta’limotlar insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir ko’rsatgani, qaysi mafkura odamzodni ko’proq rivojlanish yoki tanazzul tomon etaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish uchun o’rganamiz. Tarixni o’rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun zarurdir.
Bu — falsafa bilan shug’ullanayotgan mutaxassis uchun ham, uni o’rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarixni falsafasiz to’g’ri tushunib bo’lmagani kabi, falsafani ham tarix haqiqatisiz to’g’ri anglab bo’lmaydi. Shularni nazarda tutib, quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz qoldirgan ayrim falsafiy qarashlar va ta’limotlar haqida qisqcha to’xtalib o’tamiz.
Zardo’shtiylik ta’limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo’lgan davr mahsuli bo’lgan diniy-falsafiy ta’limotlardan biri zardo’shtiylikdir. Bu ta’limotga Zardo’sht asos solgan bo’lib, Sharq va G’arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko’ra, Zardo’sht eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanli haqida aniq bir to’xtamga kelingani yo’q. U o’zini payg’ambar deb e’lon qilgan. Lekin uning payg’ambarligi ilohiy asosga ega emas. Ya’ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o’z tasdig’ini topmagan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, bu ta’limot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm zaminida paydo bo’lgan. U o’z davrida xalqni ezgulik va adolat g’oyalariga da’vat etish, hayotbaxsh an’analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan, uning g’oyalari bilan bog’liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o’ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda. Zardo’shtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. unda qadimgi xalqlarning dunyo to’g’risidagi tasavvurlari, o’ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan.
Qadimgi Misrda quldorlik davlati barpo etilgan edi. Qullar mehnatidan foydalanib suv chiqarish inshootlari, piramidalar, saroy va koshonalar qurilgan. Bizning eramizgacha IV-ming yillikning oxiri – III-ming yillikning boshlarida quldorchilik bu mamlakatda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Ana shu davrlarda Misrda astronomiya, kosmologiya, matematika fanlarining paydo bo‘lishiga birinchi qadamlar qo‘yilgan edi, bu birinchidan, ikkinchidan shu davrlarda afsonaviy qarashlar shakllana boshlangan edi. Shu sababli bu davrda, ushbu mamlakatda falsafa fani ijtimoiy ongning shakli sifatida ham shakllangan edi.
Qadimgi dunyo xo‘jaligini yuritish uchun bilim va amaliyot talab qilinardi. Nil daryosining suvini pasayib-ko‘tarilib turishi astronomiya fanini rivojlantirishga olib kelgan bo‘lsa, dehqonchilik sohalarini boshqarish esa amaldorlar faoliyatiga borib taqalar edi. Xo‘jalik yuritish ishlari faoliyatini olib borish aniqroq kalendarni talab qilar edi. Bu esa Quyosh va Oy, yulduzlar sistemasi bilan bog‘langandi. Bularning barchasi ilmiylikni, bilishni taqozo etar edi. Ijodni zaruriyatga aylantirgandi. Natijada matematika, algebra va geometriya paydo bo‘ldi. Jumladan, Vaviloniyaliklar 60 daqiqalik yozma vaqtni ijod qildilar. Bu yozma vaqt orqali hisob-kitob qilish hozir ham (bir soat – 60 daqiqa, 1 daqiqa – 60 sekund) ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Fazodagi yorug‘lik tarqatuvchi jismlar faqat yorug‘lik tarqatib qolmasdan balki olamning ijod manbai sifatida ham e’tirof etildi. Bu esa afsonaviy xudolarni ijod qilishga asos bo‘la boshladi. Vavilonliklarning fikricha «Oy xudolarning otasi» hisoblangan.
Qadimgi Misrdagi madaniyat insoniyat tarixida eng qadimgi madaniyat hisoblanadi. Gerodotning yozib qoldirishicha, yilning davomiyligi, ya’ni uning 365 ¼ kunligi ham Misrda ijod qilingan. Ayniqsa, geometriya sohasida ijod qilingan kashfiyotlar insonlarni hozir ham lol qoldirib kelmoqda. Jumladan, piramidalar o‘lchamlarining haqiqiy ilmiyligi, ya’ni kvadratlar, uchburchaklar, to‘g‘riburchaklar, trapetsiyalar, doiralarning o‘lchamlari fikrimizni asoslaydi. Demak, o‘sha paytlardayoq ijod qilishda maxsus uslublar ishlab chiqilishi natijasida ijod uchun sharoit yaratilgan. Ma’lum ma’noda nazariy bilimlar talab qilingan.
Diniy sohalarni va afsonalarni falsafiy tahlil qilish zarurati paydo bo‘lgan va falsafa fani ham taraqqiy qila boshlagan. So‘ngra afsonalarni diniy jihatdan emas, falsafiy tahlil qilish kuchliroq o‘rin ola boshlagan. Bu esa o‘sha paytda yashagan insonlardan bilim va ijodni talab qilardi. Masalan, “Arfist qo‘shig‘i” adabiy manbasida, diniy afsonaviy sohalar tanqid qilinib, vafot etgan inson u dunyodan xabar bera olmasligi, qaytib kelmasligi, shu sababli yer ustidagi hayotning qadriga etish kerakligi haqida mulohazalar yuritilgan. Bu ijodning oddiy ko‘rinishlari edi.
Eramizgacha bo‘lgan, ya’ni Antik dunyo deb ataluvchi davrlarda Gretsiyada ham izlanish, ijod yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan. Falsafa fan sifatida eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Gretsiyada shakllandi. Ayniqsa, Aleksandr Makendonskiy imperatorlik qilgan davrlarda falsafa ravnaq topa boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |