Vatanimiz Hududidagi Eng Qadimgi Falsafiy Qarashlar reja


O’zbekistondagi qadimgi falsafiy qarashlarni o’rganishning ahamiyati



Download 151,5 Kb.
bet9/10
Sana06.05.2023
Hajmi151,5 Kb.
#935909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vatanimiz Hududidagi Eng Qadimgi Falsafiy Qarashlar

O’zbekistondagi qadimgi falsafiy qarashlarni o’rganishning ahamiyati.
Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o’zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtriya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o’rin tutgan. Manbalarda Aleksandr qo’shini mahalliy xalqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko’pgina qismini yondirib yuborgani haqida ma’lumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni o’qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini tushunmagan va uni yoqish to’g’risida ko’rsatma bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. Aslida unday emas. Bu — tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo’lsa-da, xaspo’shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o’z zamonida fanlarning otasi deb nom olgan falsafani fan darajasiga ko’targan, buyuk donishmand sifatida etti iqlimda tan olingan Arastudan 20 yil mobaynida muttasil ta’lim olgan edi. Binobarin, Shoh Filippning o’g’li Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan bir kimsa deb ta’riflash tarix haqiqatiga to’g’ri kelmaydi. To’g’ri, u «Avesto»ni o’tda kuydirgan bo’lishi mumkin. Lekin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, balki erli xalqlarni birlashishga da’vat etib turuvchi, ular e’tiqod qo’ygan milliy g’oyalar timsoli bo’lgan va o’z saltanatiga qarshi muttasil kurash olib boruvchi vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga oshirgan. Qolaversa, o’zini dunyodagi eng rivojlangan hudud madaniyatini jahonga yoyish uchun mas’ul deb bilgan, to’g’rirog’i, o’sha madaniyatdan boshqasini tan olmagan mashhur jahongir uchun zabt etilgan xalqning «Avesto»dek buyuk kitobi bo’lishi kutilmagan hol edi. U, yuqorida ta’kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin farzandlari uchun o’zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbai bo’lib qolaverishini nihoyatda yaxshi tushungan. Aleksandrdan keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va Vizantiyaga qarshi urush qilib, yahudiylarning erini bosib olganida tub aholining madaniy boyliklarini yo’q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning qadimgi nusxalarini kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning tasodifiy emasligidan dalolat beradi. Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birinchi ishi xalq va millatlarni zo’rlik bilan bosib olish, boyliklarini talash bo’lsa, keyingi asosiy faoliyati — millatni o’z tarixi va an’analaridan uzib qo’yish, madaniy merosini talon-taroj qilish, uning ma’naviyatini yo’qotishdan iborat bo’ladi.
Tarixning bu achchiq sabog’i mustamlakadan ozod bo’lgan, o’z mustaqilligini saqlab qolish va mustahkamlashga intiladigan har qanday xalq taraqqiyoti uchun eng muhim xulosa bo’lib xizmat qiladi. Iskandarga qarshi kurashda xalqimizning milliy qahramoni Spetamen beqiyos mardlik va jasorat ko’rsatadi. U Iskandarga qarshi ayovsiz qarshilik ko’rsatgan vatanparvar lashkarboshilardan biridir. Aslida, uning qahramonligi millatimizning o’sha davrdagi o’z davlatchiligii, o’zi yashaydigan hudud dahlsizligini saqlab qolish uchun olib borilgan kurashning yaqqol timsolidir. Albatta, bu lashkarboshi ortidan xalq ergashsa, elning ozodlik va mustaqillikka intilish tuyg’usi kuchli bo’lmasa, Spetamenning nomi bu qadar mashhur bo’lib ketmas edi. Negaki, inson naqadar kuchli, tadbirkor va omadli bo’lmasin, agar xalq bilan birga bo’lib, uning dardlariga darmon izlamasa, hurriyat g’oyalarini bayroq qilib ko’tarmasa, haqiqiy milliy qahramon bo’lolmaydi. Spetamen esa o’sha xalqimizning ruhi, orzu-umidlari, mustamlakachilarga qarshi matonati ramzi sifatida tariximiz qatiga mangu muhrlanib qolgan. Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o’z o’rniga ega. U diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir.
Bu ta’limotga asos solgan donishmand Sidxarta urug’idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bo’lgan. Buddaviylik islomga qadar O’rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o’rin tutadi. Bu ta’limot O’rta Osiyoga eramizdan avvalgi II-I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, uni Toxaristonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi. «Xalqchil bo’lganligi uchun O’rta Osiyoga keng yoyilgan. Buddaviylikning O’rta Osiyoga yoyilishi quyidagi to’rt bosqichdan iborat. Birinchi bosqich. Kushonlardan oldingi davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga to’g’ri keladi.
Bu davrga oid yozma manbalar bizgacha etib kelmagan. Ikkinchi bosqich. Kushonlar davri (eramizning II-IV asrlari) Bu davrda buddaviylik O’rta Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa, uning axloqqa oid masalalar, halq ommasini sabr-qanoat va bardoshga da’vat etuvchi g’oyalarni ilgari surganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Uchinchi bosqich. Bu davrda O’rta Osiyoda buddaviylik ta’limotining manbalari yoyilgan. To’rtinchi bosqich. (IX-XIV asrlar) islom O’rta Osiyoda hukmron dinga aylanishi bilan bu din siqib chiqarilgan va juda zaiflashib ketgan. Buddaviylikning O’zbekiston va Hindiston xalqi o’rtasida o’z davrida ma’naviy ko’prik bo’lib xizmat qilganligi aniq. Xalqlarimiz orasidagi do’stlik va birodarlikning ildizlari ham o’sha davrga borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, yoshlarimizning hind xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqishi tasodifiy emas. Moniy ta’limoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. u zardo’shtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha etib kelmagan. Moniy hatto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. uning ta’limoticha, hayotda dastavval nur dunyosi – yaxshilik va zulmat dunyosi- yovuzlik bo’lgan.
Ular o’rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsuli) iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini himoya qiluvchi ta’limot bo’lgani sababli hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan. Moniylik ta’limoti asosida Mazdak ta’limoti yuzaga kelgan.
U eramizning V-VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi Mazdak (470-529 yillar) bo’lgan. Mazdak va uning aslakdoshlari o’z qarashlarida halq ommasiga suyangan. Xalqning ozodlik, erkinlik, hurlik yo’lida olib borgan harakatlariga rahnamolik qilgani uchun tez fursatda ularning maslakdoshlari, izdoshlari ko’payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish yo’lida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan.


Download 151,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish