„Vatan tuyg‘usi kitobidan



Download 97,5 Kb.
bet5/10
Sana11.08.2022
Hajmi97,5 Kb.
#846853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bu yurt 9-sinf2022

Sharafli burch (Rivoyat)
Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog‘ sayriga ketayotgan ekan. Yo‘l qabriston oralab o‘tar edi. Qabristonga yuz qadam chamasi qolganda mavlono otdan tushibdi, qolganlar uning orqasidan ergashibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgach, yana otlarga minib ketishibdi. Biroz yurishgandan keyin mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushish sababini so‘rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi: – Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, changitib o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki shuni ham bilmasangiz? Buni bilmaslik tiriklikdagi o‘liklikdir. Ota-onalar haqini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir.


Muqaddas ayol
Ayol! Bu so‘z zamirida olam-olam ma’no jamlangan. Ayol gul kabi chiroyli, mehnatkash, fidokor va mehribon zot. O‘tmish faylasuflaridan biri: „Jamiyatning qay darajadaligi ayolga bo‘lgan e’tibor bilan o‘lchanadi“, – deya haq gapni aytgan. Zero, ma’lum ma’noda, ayollarning jamiyatimiz hayotidagi tutgan o‘rinlari, izzat-hurmatlari, umuman ayolga bo‘lgan e’tibor mazkur jamiyatning ma’naviy darajasini belgilab beradi. Ayollarimiz o‘z mehnatlari, iqtidorlari bilan jamiyatimizning yuksalishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Hozirgi kunda faol xotin-qizlarimizni jamoat tashkilotlarida, siyosiy partiyalarda, tadbirkorlar orasida, olim va yozuvchilar orasida uchratish mumkin. Ular o‘z kasbining mohir ustalari, uyda esa ajoyib bekadirlar. 84 Lug‘at Ayol haqida gapirar ekanmiz yana bir oddiy haqiqatni eslatib o‘tish joizki, u ham bo‘lsa, har bir ayol – ona. Dunyoga daho farzand yetkazib berayotgan onani buyuk demay bo‘ladimi!


Akademik Flora Inoyatova
Tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi Flora Inoyatova mamlakatimizda yangi avlod pediatr-gepatologlar ilmiy maktabini yaratgan atoqli olimadir. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiy markazi gepatologiya bo‘limining rahbari sifatida Flora Inoyatova zamonaviy o‘zbek tibbiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shmoqda. Atoqli olimaning jigar sirrozini davolash bo‘yicha yaratgan ilmiy tadqiqotlari dolzarbligi, keng qamrovliligi, sog‘liqni saqlash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligi jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Uning kashfiyotlari Rossiya, Hindiston kabi davlatlarning nufuzli xalqaro mukofotlari bilan taqdirlangan. Akademik Flora Inoyatova O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika sohasi bo‘yicha 1- darajali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Hulkar Hamroyeva.
Odob ziynati
Odob – inson ziynati. Bu ziynat insonning axloqiy xislatlarida namoyon bo‘ladi. Kamtarlik – insonning o‘z atrofidagilarga va o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatda ortiqcha izzat-ikrom, alohida ehtirom talab qilmaydigan axloqiy xislat. Kamtar inson boshqalarni hurmat qiladi, izzattalab bo‘lmaydi, muvaffaqiyatlaridan kibr-u havoga berilmaydi, maqtanchoqlik qilmaydi. Xalqimiz hamisha kamtarlikni ulug‘lab kelishgan, „Kamtarga kamol – manmanga zavol“ maqoli bekorga aytilmagan. Kibr-u havo – 90 Bilib oling! Lug‘at kamtarlikning aksi bo‘lib, insonning o‘ziga, o‘z qobiliyatiga ortiqcha baho berishi natijasida namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘rinda Kaykovusning „Qobusnoma“ asarida o‘g‘li Gilonshohga aytgan pand-nasihatlari beqiyos ahamiyatga egadir: „Men dunyoda nima hosil qilgan bo‘lsam, sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat-ikrom ko‘rgizgaysan va insonga nomunosib hayvoniy-hirsiy ishlarni qilmagaysan, padaringga la’nat keltirmagaysan“.

Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish