“Vasiyatnoma”dan. M. Behbudiy



Download 367,3 Kb.
bet10/21
Sana28.09.2021
Hajmi367,3 Kb.
#187461
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
Mironova L. MATN

Ulug‘ ma’rifatchi tillarning bir-biridan o‘rinli lug‘at olishini tabiiy jarayon deb qaraydi. Eng boy tillardan bo‘lgan inglizchaning ham «o‘n minglar ila begona lug‘atlarni majburan olganligini» dalil qilib ko‘rsatadi va masalaning boshqa jihatiga – yagona adabiy til, til birligiga diqqatni qaratadi.

* Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik, taraqqiyot uchun kurash. To‘plam. Toshkent. “Universitet”. 1999-yil, 73-bet.

Hayot va mamot masalalari turganda…” maqolasi

Adibning barcha tarixiy-ilmiy mavzudagi maqolalari singari bu ham o‘tmishga kamoli ehtirom va e’tiqod bilan yozilgan. «Qabilasini(ng) ismini va etti otasining otini bilmaydurgonlarni «qul» — «marquq» derlar (1914 yil 23-son, 340-bet) deb yozadi u. Bu so‘z Ch. Aytmatov tufayli «manqurt» bo‘lib, yangi umrini boshladi. Behbudiy, millat o‘zini anglagandagina ijtimoiy-siyosiy masalalarga boshqalar bilan teng aralasha oladi, degan fikr­da bo‘ldi. Shuning uchun ham tarixga alohida e’tibor berdi. «Hayot va mamot masalalari qadar muhim bo‘lgan necha masalalar ko‘zimiz oldig‘a turgan holda alarni ehmol etub, faqat sart so‘zi ila shug‘ullanib, fursatlarni bo‘shqa o‘tkarmoqlik yaxshi emas», deb yozadi u.

Behbudiy ustozi Ismoilbek Gasprinskiy kabi sotsializmni zo‘ravonlik hisobladi, ijtimoiy tenglikni adolatsizlik deb bildi. Shaxs manfaatdorligida, millat ravnaqida taraqqiyotning buyuk omilini ko‘rdi. Xuddi shu e’tiqod uni Turkistonning mustaqilligi uchun kurashga etakladi.

Umuman, Behbudiyning publitsist sifatida faoliyati adib isteʼdodini juda yorqin bir qirrasini tashkil etadi. U oʻz umri davomida yuzlab maqolalar yozdi. Oʻzining Millat va Vatan, jamiyat va axloq haqidagi fikrlarini koʻproq maqola va chiqishlarida ifoda etdi. Baʼzilar uning maqolalari 200, boshqalar 300 deb belgilaydilar. Uning barcha maqolalari aniqlab chiqilmagan. Muhimi shundaki, u XX asr boshidagi Turkistonning yirik siyosiy arbobi edi.


Xayrul umuri avsotuho” (“Ishlarning yaxshisi oʻrtachasidur”) maqolasi

Uning Millat va Vatan taqdiri haqidagi barcha qarashlari, avval, mana shu maqolalarida aks etgan edi. Bu jihatdan, uning 1906 yil 10 oktyabrda “Xurshid” (6-son) gazetasida bosilgan “Xayrul umuri avsotuho” (“Ishlarning yaxshisi oʻrtachasidur”) maqolasi diqqatga sazovordir. Bu maqola uzoq yillar Sovet tarix fani nuqtai nazaridan baholanib, Behbudiyni qoralash uchun nishon boʻlib keldi. Gap shundaki, Behbudiy oʻsha 1906 yildayoq sotsialistik taʼlimotni va uni Rusiyada amalga oshirishga bel bogʻlaganLenin partiyasini keskin rad etgan edi. U ham ustozi I. Gasprinskiy kabi sotsializmni zoʻrovonlik hisoblaydi, sotsial tengsizlikni adolatsizlik deb bildi. Shaxs manfaatdorligida, millat ravnaqida taraqqiyotning buyuk omilini koʻrdi. Xuddi shu eʼtiqod uni Turkistonning mustaqilligi uchun kurashga yetakladi. Ushbu ulug‘vor g‘oyalarini, muhim amaliy qarorlarini jamiyatga singdirib, barchani xayrli tashabbuslarga, islohotlarga undagan. Maʼrifatparvar o‘z qarashlari va qayg‘ularini “Yoshlarg‘a murojaat” (“Oyna” jurnali, 1914-yil, 21-son, 390-391-betlar), “Muhtaram yoshlarg‘a murojaat” (“Oyna” jurnali, 1914-yil, 41-son, 970-972-betlar), “Ikki emas, to‘rt til lozim” (“Oyna” jurnali, 1913-yil, 1-son, 12-14-betlar), “Ehtiyoji millat”(“Samarqand” gazetasi, 1913-yil 12 iyul), “Millatlar qanday taraqqiy etarlar?” (“Samarqand” gazetasi, 1913-yil 30-iyul) kabi ko‘plab maqolalarida, adabiy manzumalarida aniq tahliliy maʼlumotlar asosida, raqamli ko‘rsatkichlar bilan chuqur va taʼsirchan yoritib bergan.


Muhtaram yoshlarg‘a murojaat” nomli maqolasi

Jumladan, “Muhtaram yoshlarg‘a murojaat” nomli maqolasida muallif shunday xitob qiladi: “Muhtaram birodarlar! Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib – taraqqiyning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning darvozasidur. Har millat eng avval, makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko‘payturmaguncha taraqqiy yo‘lig‘a kirub madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan mahrum qolub, sanoeʼ va maorif salohi ila qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko‘rolmas. “Muborizai hayot” maydonida mutlaqo mag‘lub bo‘lur, oyoqlar ostida ezilur, diniy, iqtisodiy ishlarda o‘zgalarning asiri bo‘lub, bora-bora milliyat va diyonatini ham qo‘ldan berur. Аna ushbu yo‘llar ila oxiri mahv va nobud bo‘lub ketar”.

Zamondosh hammaslaklari singari Behbudiy ham millat maʼrifatini oshirish, shu orqali jamiyatni yuksaltirish, ijtimoiy hayotni yaxshilashni istaydi. Shu yo‘lda o‘zining barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi. Jamiyatni halokatdan qutqaruvchi, rivojlantiruvchi asosiy manba ilm-maʼrifat, deb hisoblagan alloma yuqoridagi maqolasida o‘z davrining faol va ziyoli yoshlariga mukammal savod chiqarishga, zamonaviy bilimlar berishga mo‘ljallangan maktablar ochish, yuqori malakali muallimlarni ko‘paytirish zaruratini yuklaydi. Taraqqiy etgan davlatlarning bu boradagi tajribalarini o‘rganishga chaqiradi. Rivojlanib borayotgan mamlakatlar va millatlarning barchasi, avvalo, zamon bilan hamnafas holda ibtidoiy (boshlang‘ich) taʼlim va tarbiyani mustahkamlashga, milliy va diniy ruhni singdirishga chuqur eʼtibor qaratishini aniq dalillar bilan ko‘rsatib o‘tadi: “Binoan alayh, yer yuzidagi barcha millatlar o‘z bolalarining ibtidoiy tarbiyasig‘a va maktablarning har jihatdan intizom va akmolig‘a ahamiyat berub bolalarini milliy va diniy ruhda mukammal suratda yetushdurarlar. Аning uchundurki, o‘zga millatlar diniy va milliy hissiyotg‘a molik bo‘lub, har ishda diyonat va milliyatni muqaddam tutarlar. Va luzumi kelganda bu yo‘lda molu jonlarini fido etmoqg‘a hozir turarlar. Mana, hozirgi urushlar va iqtisodiy tortishlar diyonat va milliyat hissiyoti natijasidur”.
Ehtiyoji millat” maqolasi*

Shuningdek, “Ehtiyoji millat” maqolasi ham Behbudiyning jamiyat taraqqiyoti, millat maʼrifati, yosh avlod taqdiri borasidagi kuyunchak fikrlarini qamrab olgan. Uning mazmunida bugunning nafasi ham aks etib turadi. Bundan roppa-rosa bir asr avval Behbudiy va u kabi maʼrifat peshvolarining tinchini buzgan, uyqusini o‘chirgan muammolar bugun o‘zining munosib yechimini topib bormoqda. Xorijiy tajriba alma shish asosida fan-texnika jadal taraqqiy etmoqda, zamonaviy bilimlarni egallagan, “ikki emas, ko‘p tilni” biladigan malakali yoshlar, masʼuliyatli mutaxassislar safi kengayib bormoqda. Shunday bo‘lsa ham, Behbudiyning otashin daʼvatlari o‘z dolzarbligini saqlab turibdi: Qisqa qilaylik, boshqa millatlarning boylari faqira va yetimlar uchun maktab va dorilfununlar soladurlar, faqir va yetimlarni o‘qumog‘i uchun vaqf “istipendiya”-lar taʼyin qilur. Boshqa millat miliunerlari maktabi ila istipendiyasi-la, idora qilaturgon gazet va majallasi-la, bino qilgan dorulojizin (ayollar universiteti), barpo qilgan



* Aliyev A. Mahmudxo‘ja Behbudiy. T.: Buxoro, 1994-yil, 96-bet.

jamʼiyati xayriyasi-la faxr qiladur.

Biznikilar juft oti-la, arobasi-la, to‘yi ila va… la faxr etar. Hatto, o‘z o‘g‘illarini o‘qutmaydurgon boylar bordur. Bu ketishni oxiri yamondur, o‘qumoq, o‘qutmoq kerakdur. Bolalarga otalardan ilmi diniy va ilmi zamoniy meros qolsun.

Ushbu fikrlardan ko‘rinadiki, alloma o‘z jamiyatining ilm-maʼrifatga munosabatidan norizo. Uni millat, yurt kelajagi tashvishga soladi. Mol-dunyo, dabdabaga o‘ch bo‘lib, undan faqat maishiy maqsadlarda foydalanishni chinakam qashshoqlik deb qoralaydi. Bu illat egalarini ezgu amallarga chorlash uchun boshqa millat davlatmandlarining ilm-fan, maktab-maorif yo‘lida qilayotgan xayrli tashabbuslarini namuna qilib ko‘rsatadi. To‘yu tomosha, maishatlarga sarflayotgan boyliklarini zamonaviy maktablar ochish, muallimlar tayyorlash kabi maʼrifiy ishlarga yo‘naltirishga chaqiradi. Shunisi eʼtiborliki, Behbudiyning ushbu qarashlari hamon dolzarb. Bugun ham jamiyatda o‘z boyligini ko‘z-ko‘z qilishni, turli ko‘rinishdagi oilaviy tadbirlarini o‘ta dabdababozlik bilan nishonlashni xush ko‘ruvchi toifalar ko‘plab kuzatiladi. Vaholanki, muqaddas kalomlarda ham insonga berilgan boylik o‘zi uchun neʼmatu sinov bo‘lib, bu davlatda ko‘pgina muhtojlarning, faqirlarning ham haqqi borligi, uni xayru ehson yo‘lida sarflabgina chinakam saodatga erishish mukinligi uqtiriladi.




Download 367,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish