2.1. M.Behbudiyning “Padarkush” dramasida ilgari surilgan ma’rifat masalasi.
Ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo‘lmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda u o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuot sari boshladi. «Padarkush» shu tariqa maydonga keldi. Tavallo. Bu bejiz emas. Xullas, 1911 yilda yozilgan «Padarkush» dramasi 1913 yildagina bosilib chiqadi. Kitob jildidagi «Borodino jangi va Rusiyaning frantsuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining yubiley sanasiga bag‘ishlanadi», degan yozuv va uning Tiflis tsenzurasining ruxsati bilan chop etilishi shuni ko‘rsatadiki, ish oson ko‘chmagan. Pesa bosilib chiqqandan keyin ham uni sahnaga qo‘yish uchun yaqin bir yil vaqt ketdi. Muallif bu haqdagi xatlarga javoban kinoyaomuz: «Turkistonda bekor odam yo‘qki, xalq uchun ishlasa. Bekor kishi yo‘qki, teatru sahnasiga chiqib, «masxarabozlik» qilsa», deb yozgan edi.
«Padarkush» – o‘zbek dramachiligining hamma yakdil e’tirof etgan birinchi namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmuniga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydilar. Muallif «Milliy fojia» atagan, 3 parda 4 manzarali bu drama hajman juda ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va jo‘n. U jaholat va nodonlik, o‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani haqida hikoya qiladi. Orqa-oldini o‘ylamagan boyning Toshmurod ismli o‘g‘li bor. O‘g‘li o‘qimagan. Boy atrofdagilarning gapiga kirmaydi, o‘g‘lini o‘qitmaydi, oqibatda u ko‘cha bezorilariga qo‘shiladi. Restoranda maishatga puli etmay, sheriklarini tunda uyiga boshlab keladi. Boy uyg‘onib, ularni sezib qoladi. Lekin boyni o‘ldirib, pulini olib ketadilar.
Xulosa: jaholat va nodonlik otaning ham, bolaning ham boshiga etadi. Agar butun millat shu ahvolga tushsa-chi?!.. «Padarkush» dastlab Samarqandda 1914 yilning 15 yanvarida sahnaga qo‘yildi. «Xalq nihoyat ko‘p kelib, belat etmagani va joyni yo‘qligi uchun uch-to‘rt yuz kishi qaytib ketdi», deb yozadi mahalliy matbuot.
Toshkentda 1914 yilning 27 fevralida Avloniyning «Turon» truppasi Kolizey (hozirgi Savdo birjasi binosi)da o‘z faoliyatini mana shu «Padarkush» bilan boshlagan edi. Spektakl oldidan mashhur Munavvarqori teatrning jamiyat hayotidagi roli va o‘rni haqida nutq so‘zlaydi. Boy rolini Abdulla Avloniyning o‘zi ijro etadi. Mahalliy matbuot bu kunni «tarixiy kun» deb yozadi.
“Padarkush” dramasi shu tariqa maydonga keldi. Biroq uning dunyo koʻrishi oson kechmadi. “Padarkush” dramasi 1913 yildagina bosilib chiqadi. Kitob jildiga “Borodino jangi va Rossiyaning fransuzlar bosqinidan xalos boʻlishining yubiley sanasiga bagʻishlanadi” degan yozuv bilan Tiflis senzurasidan ruxsat olinadi. Bosilib chiqqandan keyin ham sahnaga qoʻyish uchun yaqin bir yil vaqt ketadi.
“Padarkush” – oʻzbek dramachiligining hamma yakdil eʼtirof etgan birinchi namunasidir. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmunga koʻra yangi oʻzbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydilar. Muallif “Milliy fojia” atagan 3 parda 4 manzarali bu drama hajman ixcham, mazmunan nihoyatda sodda va joʻn edi. Oʻqimagan bolaning buzuq yoʻllarga kirib oʻz otasining oʻldirgani, nodonlik va jaholat haqida edi.
“Padarkush” dastlab Samarqandda 1914-yilning 15-yanvarida sahnaga qoʻyidsi. Spektakl oʻz maishatiga oʻralib, dunyoni unutgan millatdoshlarga chakmoqdek taʼsir etdi. U Toshkentda 1914 yilning 27 fevralida qoʻyildi.
Avloniyning “Turon” gruppasi Kolizey (Hozirgi savdo birjasi binosi)da oʻz faoliyatini mana shu “Padarkush” bilan boshlangan edi. Spektakl boshlanish oldidan Munavvarqori teatrning jamiyat hayotidagi oʻrni haqida nutq soʻzlaydi. Bosh rolni A. Avloniyning oʻzi ijro etadi. Mahalliy matbuot bu kunni “tarixiy kun” deb yozadi. “Turon” gruppasi 1914–1916 yillarda bu spektakl bilan butun Fargʻona vodiysini aylanib chikdi. Turkistonni junbushga keltirgan qirgʻinbarot inqilob yillarida ham sahnadan tushmadi. Bu bir tomondan millatni maʼrifat va taraqqiyot sari undashda katta ahamiyatga ega boʻlsa, ikkinchi tomondan professional oʻzbek teatri va dramachiligining maydonga kelishi hamda taraqqiyotida muhim xizmat qildi.
Bu asarning oʻz davrida adabiy harakatchilikka yetkazgan taʼsiri haqida qaydlar koʻp. Buning shohidi sifatida Abdulla Qodiriyning 1913 yillarda chiqqan “Padarkush” pʼyesasi taʼsirida “Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobini yozib yuborganimni oʻzim ham payqamay qoldim, degan eʼtirofini eslash kifoya. 1916 yilda Toshkeshta kelib Kolizeyda “Turon”ning qator spektakllarini koʻrgan A. N. Samaylovich yozadi: “Turkistonda yangi adabiyot maydonga keldi. Bu men uchun kutilgan hol edi… Yangi adabiyotning markazi – Samarqand… Yesh qalamkashlarning bosh ilhomchisi samarqandlik mufti Maxmudxoʻja Behbudiydir”.
Tarixning ziddiyatli va keskin vaziyatlarida erk va ozodlik, ilm va maʼrifat uchun kurash maydoniga chiqib kelgan alloma yuqoridagi kabi qarashlarini “Padarkush” dramasida ham sanʼatkorlik bilan aks ettirganki, mazkur asar o‘z davridanoq teatr sahnalarini zabt etib, jamiyatga, butun insoniyat qalbiga, shuuriga maʼrifat urug‘larini, ilm ziyosini sochib, johiliyatdan qochishga chorlab keladi. Boylikka hirs qo‘yish va ochko‘zlikning, ilmsizlikning salbiy oqibatlarini shaxs fojeasida gavdalantirgan mazkur drama jamiki insoniyat uchun muhim ibrat maktabidir.
Darhaqiqat, taʼlim-tarbiya, ilm-fan, maʼnaviyat va maʼrifat masalasi insoniyatning umri davomidagi ijtimoiy zarurati sanaladi. Bu masalalar hayot bilan, jamiyat bilan, rivojlanish bilan o‘zaro qorishib ketgani, biri ikkinchisini taqozo qilgani bois, hamisha, har qanday davr va zamon, har qanday manzil va makon, har bir millat va mamlakatning muhim ehtiyojidir.
Zotan, yaxshi taʼlim-tarbiya olgan, zamonaviy bilimlarni egallab borayotgan avlod yorqin kelajak uchun ishonchli va mustahkam kafolat bo‘la oladi. Shu jihatdan, bugun ham yoshlar masalasi davlat siyosati darajasidagi maqomini saqlab turibdi. Yosh avlodning yetuk salohiyatli, teran tafakkurli, ilmu maʼrifatli, yuksak maʼnaviyatli barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur bo‘ladigan barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Biz bularni ko‘p bor eʼtirof etamiz, taʼkidlaymiz. Yoshlardan ham ushbu keng imkoniyatlardan oqilona foydalanib, chuqur bilim olib, oilasi va jamiyatga nafi tegadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga amal qiladigan, Vatan ravnaqiga kamarbasta chin inson, buyuk maʼrifatparvar ajdodlariga munosib avlod bo‘lib yetishishini umid qilib qolamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |