“Vasiyatnoma”dan. M. Behbudiy


* Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik, taraqqiyot uchun kurash. To‘plam. Toshkent. “Universitet”. 1999-yil, 71-bet. “Til masalasi” maqolasi



Download 367,3 Kb.
bet9/21
Sana28.09.2021
Hajmi367,3 Kb.
#187461
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Mironova L. MATN

* Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik, taraqqiyot uchun kurash. To‘plam. Toshkent. “Universitet”. 1999-yil, 71-bet.
Til masalasi” maqolasi

Behbudiyning tilga oid maqolalaridan yana biri “Til masalasi” deb nomlanadi. Maqola 1915-yilda yozilgan boʻlib, “Oyna” jurnalining 11-12-sonlarida chop etilgan. Maqolada oʻzbek tilining imlosi va adabiy normasi bilan bogʻliq bir qator dolzarb masalalar xususida fikr yuritilgan. Oʻsha davr lingvistik adabiyotlarida taʼkidlanishicha, fors va arab tillarini eng koʻp qabul kilgan til usmonli turk tili boʻlgan. Bu til oddiy xalq tilidan uzilib qolgan boʻlib, unda bitilgan narcalarni faqat ziyoli kishigina tushuna olgan. Usmonli turk tili turk xalqining adabiy tili sanalgan. Mahmudxoʻja Behbudiy maqolada quyidagilarni yozadi: “Turklarning baʼzi toifasi forsiy va arabiyni u qadar koʻp oldilarki, tillari turkiy, forsiy va arabiydan qoʻshulub, “usmonli tili” ataladi. Ushbu uch tilni adabiyot va koidalaridan boxabar boʻlmaguncha usmonli shevasinda yozmoq mumkin emasdur...” Muallifning fikrlaridan shuni anglash mumkinki, adabiy til jonli xalq tilidan oziqlanishi, shu asosda boyib borishi mumkin. Olim xalq jonli tili va adabiy tilni farqlagan. U turkiy tillarning bir nechtasini oʻrganib chiqqan va shu asosda ozarbayjon, qrim-tatar tillari usmonli turk tiliga yaqin boʻlsa-da, arab va fors tillarining taʼsiri kam boʻlganini taʼkidlaydi. “Til masalasi” maqolasida koʻtarilgan jiddiy masalalardan biri oʻzbek (chigʻatoy) tilining koʻp shevali til ekanligidir. Behbudiy oʻzbek tiligina emas, balki boshqa turkiy tillar ham koʻp shevali tillardan ekanligini yozadi: “Turkchaning shuʼba shox(a)lari boʻlgan oʻzbek-chigʻatoy, totor, ozarbayjon, qozoq va turkman lahjalaridagi yangi matbuotning eng ahamiyatlik masalalaridan biri, albatta, sheva, lahja, imlo masalasidur”. Xuddi shuningdek, Turkiston oʻlkasining shevalari turlichaligi va bu hol adabiy tilni meʼyorlashtirishda oʻziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi xususida ham fikrlar bayon etilgan.

Mahmudxoʻja Behbudiy oʻzbek xalqining jonli tilida fors va arab soʻzlarining taʼsiri qay darajada ekani haqida ham soʻz yuritadi. Olimning tahlili asosida shuni aytish mumkinki, Fargʻonaning Qoʻqon va boshqa shaharlarida forsiy tilda soʻzlashuvchi aholi nisbatan koʻpdir. Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida forsiy tilning taʼsiri kamligi qayd etib oʻtiladi. Behbudiy qaysi joyda forsiy tilning taʼsiri kuchli boʻlsa, oʻsha yerda arab tilining ham taʼsiri katta ekanligini taʼkidlaydi. Turkistonning Movarounnahr va Hazor qismida turkman tilining taʼsiri yuqori ekanligi koʻrsatiladi. Shunga qaramay, hamma joyda Alisher Navoiy, Fuzuliy asarlari bir xilda oʻqiladi va tushuniladi. Olim bu holatni tahlil etar ekan, barcha joyda badiiy asarlarning tushunilishini taʼminlovchi asosiy vosita adabiy til ekanligini uqtirishga harakat qiladi.

“Til masalasi” maqolasida kun tartibiga qoʻyilgan masalalardan yana biri adabiy tilni shakllantirish va taraqqiy ettirishdir. Maqolaning ikkinchi qismi aynan shu masalaga bagʻishlangan. Behbudiy kundalik matbuot nashrlari chop etilib, xalq orasida keng ommalashgan joyda adabiy til normalari maʼlum meʼyorga kirayotganini taʼkidlaydi. Bundan tashqari, matbuot tilining rivoji xalq jonli tilidan ustun darajada ekanini uqtirib oʻtadi. Darhaqiqat, olim taʼkidlaganidek, Rossiya va Kavkazda matbuot tili ancha rivojlangan va koʻcha tilidan farqli bir holatga kirgan edi. Bunday hol, Mahmudxoʻja Behbudiyning taʼkidiga koʻra, tatar matbuoti tili va jonli tilida ham kuzatiladi. Olim oʻsha davr matbuoti tilini adabiy til va ilmiy til sifatida ikkiga ajratadi. Bu oʻsha davr maʼrifatparvarlarining koʻpchiligiga xos boʻlgan holatdir.

Xullas, Mahmudxoʻja Behbudiy matbuot tiliga adabiy tilni shakllantirish va uning imlo meʼyorlarini ishlab chiqish vositasi sifatida qaraydi. “Til masalasi” maqolasida bahs yuritilgan masalalardan yana biri tilimizga boshqa tillardan oʻzlashgan soʻz va terminlarga munosabat masalasidir. Tilimiz leksikasida katta qatlamni tashkil etuvchi fors-arab oʻzlashmalarini yangilash, ularni oʻzbekchalashtirish masalasi XX asr boshlarida maʼrifatparvarlar tomonidan keskin bir tarzda kun tartibiga qoʻyilgan. Oʻsha davr matbuotida chop etilgan maqolalar shunday deyishimizga asos bera oladi.

Bu masala atrofidagi bahs-munozaralarda Mahmudxoʻja Behbudiy ham shubhasiz ishtirok etgan, davrining ilgʻor maʼrifatparvari sifatida masalaga oʻz munosabatini bildirgan. Olimning ushbu masalaga munosabati ancha ilgʻordir. Koʻpchilik maʼrifatparvarlar oʻzlashmalardan voz kechish va ularni turkiycha soʻzlar bilan almashtirish masalasini kun tartibiga qoʻygan bir paytda Behbudiy bu sohada shoshma-shosharlik bilan hukm chiqarish yaramasligi, bunday oʻta muhim, qiyin bir ishning amalga oshishi uchun yuz yillab vaqt kerakligini uqtiradi.

Xuddi shu maqolada asrlar davomida arab va fors soʻzlaridan foydalanib kelingan millat tili lugʻatidan ularning quvib chiqarilishi yomon oqibatlarga olib kelishi taʼkidlanadi. Olim voz kechilgan soʻzlar oʻrnini boshqa bir hukmron til soʻzlari egallashi mumkinligidan ogohlantiradi. Mahmudxoʻja Behbudiyning bu bashorati oradan yigirma yillar oʻtib oʻz isbotini topdi. Shoʻro davlatining millatlar tiliga qilgan tahdidli siyosati natijasida tilimizdagi fors va arab oʻzlashmalar oʻrnini ruscha soʻzlar egallay boshladi. Mahmudxoʻja Behbudiy bunday boʻlishini oldindan koʻra bilgan va xalqimizni bundan oʻz vaqtida ogohlantirgan edi: “Bir necha ming sanadan beri forsiy va arab tili va madaniyati va saltanati taʼsiri ostida qolgan turkiyni yana bir necha ming sanada bularni taʼsiridan chiqarmoq nari tursun, balki maʼnan va moddatan va fannan mahkum millatlarni tili boʻlgan tilimizga taraqqiy etgan millatlarning lugʻatlari hujum qilur”. Shuning uchun ham bir til elementlaridan voz kechib, ikkinchi bir til elementlariga yoʻl ochib berish maqbul emasligini koʻrsatib beriladi.

Yuqoridagi dalillar Mahmudxoʻja Behbudiy oʻz davrining yetuk tilshunoslaridan biri boʻlganini toʻla isbotlaydi*. Uning tilshunos sifatida xalq jonli tili va adabiy til munosabatlari, imlo, orfoepiya va orfografiya, punktuatsiya va etimologiya masalalari yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari hamon oʻz ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan. Olimning bu boradagi qarashlari hozir ham katta ilmiy ahamiyatga ega boʻlib, lingvistika masalalari yoritilgan barcha maqolalarini diqqat bilan oʻrganish tilshunos olimlarimiz oldida turgan eng muhim vazifalar sirasiga kiradi.




Download 367,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish