“Vasiyatnoma”dan. M. Behbudiy


I bob: Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot va ijod yo‘li



Download 367,3 Kb.
bet5/21
Sana28.09.2021
Hajmi367,3 Kb.
#187461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Mironova L. MATN

I bob: Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot va ijod yo‘li
Mahmudxoʻja Behbudiy XX asr boʻsagʻasidaga Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi, yangi davr oʻzbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat gʻoyasining yalovbardori, yangi maktab gʻoyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, oʻzbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, journalist. Mahmudxoʻja Behbudiy  (Arab alifbosida: محمود خواجه بهبودی‎; To‘liq oti - Mahmudxoʻja Behbudiy ibn Behbudxoʻja) 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida, ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomonidan bobosi Niyozxoʻja urganchlik boʻlib, amir Shohmurod zamonida (1785–1800) Samarqandga kelib qolgan. 1894 yilda otasi, imom-xatiblik bilan shugʻullanib kelgan Behbudxoʻja vafot etadi. Yosh Mahmudxoʻja togʻasi qozi Muhammad Siddiq tarbiyasi va qaramogʻida oʻsib voyaga yetadi. Arab sarfu nahvini kichik togʻasi Mulla Odildan oʻrganadi. U dastlab Samarqand madrasasida, so‘ngroq Buxoroda yaxshigina tahsil ko‘rgan. An’anaviy tahsil, so‘ng esa o‘z ustida qunt va sabot bilan ishladi. 18 yoshida qozixonada mirzolik qila boshlaydi. Oʻz ustida qunt bilan ishlab, shariatning yuksak maqomlari – qozi, mufti darajasigacha koʻtariladi. Yosh Mahmudxoʻja dunyoqarashining shakllanishida Rusiya jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gasprinskiyning xizmati katta boʻlgan. U 1892-yilda Turkistondagi maktablarni isloh qilish, “usuli savtiya”ni joriy etish taklifi bilan general gubernator N. O. Rozenbaxga murojaat etadi. Javob olmagach, 1893-yilda oʻzi Toshkentga keldi. Samarqand, Buxoroda boʻldi. Mahalliy xalq bilan gaplashib, dastlabki yangi usul maktablarni ochishga muvaffaq boʻldi. Behbudiy oʻz xotiralarida ustozi bilan uchrashuvlarini ixlos va muhabbat bilan tilga oladi.

1899–1900 yillarda Behbudiy haj safariga boradi. Dunyo koʻrish izsiz ketmaydi. Safar yangi maktab haqidagi qarashlarini mustahkamlaydi. Uning tashabbus va gʻayrati bilan 1903 yilda Samarqand atrofidagi Halvoyi (S. Siddiqiy), Rajabamin (A. Shakuriy) qishloqlarida yangi maktablar tashkil topdi. Adib bu maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. Ketma-ket “Risolai asbobi savod” (1904), “Risolai jugʻrofiyai umroniy” (1905), “Risolai jugʻrofiyai Rusiy” (1905), “Kitobatul-atfol” (1908), “Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi islom” (1909) kabi kitoblari paydo boʻladi*.



1903–1904 yillarda Maskov, Peterburgga boradi, 1907 yilda Qozon, Ufa, Nijniy Novogorodda boʻladi. Bular sayohat emas, xizmat safari edi. Masalan: Nijniy Novogorodda 1907-yilning 23-avgustida Rusiya musulmonlarining turmush va madaniyati muammolariga bagʻishlangan qurultoyi chaqiriladi. Behbudiy turkistonliklar guruhini boshqaradi va katta nutq soʻzlaydi.

Maʼrifat uchun birgina maktab kifoya qilmaydi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq kerak. Millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh boʻlmoq lozim. Millat uchun oyna kerak, toki undan oʻz qabohatini ham malohatini ham koʻra olsin.

* Qosimov B. Ismoilbek Gaspirali. T.: 1992-yil, 31-bet.

* Aliyev A. Mahmudxo‘ja Behbudiy. T.: Buxoro, 1994-yil, 12-bet.
Behbudiy tariximizning gʻoyat ogʻir va murakkab bir davrida yashadi. XVI asrdan boshlangan inqiroz va turgʻunlik, oʻzaro janjal, mahalliy urugʻchilik nizolari millatni holdan toydirgan, imkondan foydalanib oʻlkani zabt etgan Rusiya zoʻr berib, uni turgʻun va tutqun saqlashga urinardi. Mana shunday bir sharoitda Vatanni butunlay yoʻq boʻlish xavfidan saqlab qolish, avlodlarni erk va ozodlik, mustaqillik ruhida tarbiyalash, maʼrifat va taraqqiyotta boshlash jadidlar nomi bilan tarixga kirgan Behbudiy boshliq fidoyilar zimmasiga tushdi.

1913 yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shugʻullandi. Apreldan “Samarqand” gazetasini chiqara boshladi*. Gazeta turkiy va forsiy tillarda, haftada ikki marta, dastlab ikki, soʻng toʻrt sahifada chop etilgan. 45-soni chiqib, moddiy tanqislik tufayli toʻxtagan. Soʻng Behbudiy shu yilning 30 avgustidan “Oyna” jurnalini chiqara boshlaydi. “Haftalik, suratlik bu majalla, asosan, oʻzbek tilida boʻlib, unda ixcham forsiy sheʼr, maqolalar, ruscha eʼlonlar ham berib boriladi… Kavkaz, Tatariston, Eron, Afgʻoniston, Hindiston va Turkiyagacha tarqalar edi… Jadidlarning sevikli jurnallari edi…” deb yozgan edi Ziyo Said. Behbudiy shu

yillari nashr ishlari bilan qizgʻin shugʻullandi. A. V. Pyaskovskiy uning oʻz bosmaxonasida Fitratning “Bayonoti sayyohi hindi” asarini 1913 yilda ruschaga tarjima qildirib, nashr etganini xabar beradi…

1914 yilning 29 mayida Behbudiy ikkinchi bor arab mamlakatlariga sayohatga otlanadi. Poyezdga oʻtirib Bayramali orqali Ashxobodga oʻtadi. Krasnovodsqdan paraxod bilan Bokuga boradi. 2 iyunda Mineralniye vodi-Kislovodsk-Pyatigorsk, Jeleznovodsk-Rostov-Odessani kezib, 8 iyunda Istanbulga kirib keladi. Kichik sayohatdan soʻng Istanbulga qaytib, 21 iyunda suv yoʻli bilan Quddusga yoʻl oladi. Bayrut, Yofa, Xalil ar-Rahmon, Port Said, Shom shaharlarini tamoshaqiladi… Sayohatxotiralari har jihatdan gʻoyat muhim boʻlib, Behbudiy ularni oʻz jurnali “Oyna”ning 1914 yil sonlarida mazkur nom ostida peshma-pesh berib boradi. Bu “Xotiralar” ham maʼrifiy, ham adabiy estetik jihatdan nihoyatda muhim. U adabiyotimizdagi anʼanaviy tarixiy meʼmuar janrining XX asr boshidagi oʻziga xos namunasidir*.

“Oyna” jurnali maʼrifat va madaniyat tarqatishda juda katta xizmat qildi. Unda millat va uning haq-huquqi, tarixiga, til-adabiyot masalalariga, dunyo ahvoliga doir qizikarli maqolalar, bahslar berib borilgan. Ayniqsa, til masalasi muharrirning hamisha diqqat markazida turdi. Behbudiy millatning taraqqiysi uchun bir necha til bilishni shart hisoblardi. Jurnalning 1913 yil 13 avgust birinchinishona sonidayoq “Ikki emas, toʻrt til lozim” degan maqola bilan chiqqan edi. Behbudiy adabiy tanqidga katta eʼtibor berdi. Navoiydan keyingi bir necha asrlik sukunatdan soʻng bu sohaning xos xususiyatlarini taʼkidlab adabiyotda teng huquqlilik masalasini oʻrtaga qoʻydi*. Maqola “Tanqid saralamoqdur” (1914 y. 27-son) deb nomlangan edi. Adibning barcha tarixiy-ilmiy mavzudagi maqolalari oʻtmishga kamoli ehtirom va eʼtiqod bilan yozilgan.

Behbudiy millat oʻzini anglagandagina ijtimoiy-siyosiy masalalarni boshqalar bilan teng muhokama eta oladi, degan fikrda boʻldi. Shuning uchun ham tarixga alohida eʼtibor berdi. Vatan taqdiri kun tartibiga qoʻyilgan 1917 yilning

*Qosimov B. Ismoilbek Gaspirali. T.: 1992-yil, 123-bet.

*Munavvar Qori. Xotiralar. Turon tarixi. T.: Sharq, 1994-yil, 65-bet.

16–23 aprelida Behbudiy Toshkentda boʻlib oʻtgan Turkiston musulmonlarining 150 vakili ishtirok etgan qurultoyida hayajonli nutq soʻzladi. Millatni oʻzaro ixtiloflardan voz kechishga, buyuk maqsad yoʻlida birlashishga, ittifoq boʻlishga chaqirdi. Xuddi shu ixtilofimiz sababli “mustamlakot qoidasi ila bizni idora eturlar” deb ochiq aytdi.

Shu yilning 26 noyabrida Qoʻqonda oʻlka musulmonlarining IV favqulodda qurultoyi ish boshladi. 27 noyabrga oʻtar kechasi “Turkiston muxtoriyati” eʼlon qilindi. Bu mustamlakadan mustakillik tomon qoʻyilgan jiddiy va jasoratli qadam edi. Uning maʼnaviy otasi, shuhbasiz, Behbudiy edi. Biroq u Sovetlar tomonidan xoinona bostirildi. 19–20 fevral kunlari shahar toʻpga tutildi. 10 ming turkistonlik oʻldirildi, 180 qishloqqa oʻt qoʻyildi.

Behbudiy iztirob bilan Samarqandga qaytadi. U yerda tura olmay, Toshkentga keladi. Turkiston rus sovet hukumati rahbarlari bilan muzokara olib borishga urinadi. Tabiiyki, muzokaralar natija bermaydi. Millatni, milliy taraqqiyotni inkor etgan shoʻrolar yoʻli aldov va zoʻravonlikka asoslanganini bilardi. Shuning uchun ham uni 1906 yildayoq aql va shariatga zid deb eʼlon qilgan edi. Orzulari chil-chil boʻlgan Behbudiy 1919 yilning bahorida, 25 martda parishon holda yoʻlga chiqadi va Shahrisabzda qoʻlga olinib, taxminan ikki oy oʻtgach, Qarshiga keltirib zindonga tashlandi. Bir necha kundan soʻng Qarshi begi Togʻaybekning buyrugʻi bilan zindon yaqinidagi “podsholik chorbogʻi”da oʻldirilgan. Uning qatli haqidagi xabar oʻsha paytdagi poytaxtimiz Samarqandga rosa bir yildan keyin maʼlum boʻldi. 1920 yilning aprelida butun Turkiston motam tutdi.

1926–27 yillarda, 11 yil Qarshi shahri Behbudiy nomi bilan yuritildi*. Adibning nomini adabiylashtirilishi shunchaki bir niqob edi, uning asl qiyofasi xalqdan sir saqlandi. Qarshi shahriga uning nomi qoʻyilgan oʻsha 1926 yildayoq jadidchilikni aksilinqilobiy, aksilshoʻraviy harakat sifatida qoralash kampaniyasi boshlab yuborilgan edi. Bugun Behbudiy kabilar muqaddas tutgan yurt ozod va mustaqil boʻldi. Ular jon fido etgan istiqlol avlodlariga nasib etdi. Millat va Vatan mustaqilligi yoʻlida fido boʻlganlar esa shu Millat va Vatan umri qadar boqiydirlar.



1.1.Milliy ma’rifat rahnamosi bo‘lgan M.Behbudiyning ta’lim-tarbiya borasidagi ta’limotida o‘qituvchilarga qo‘ygan talabi va u kishining “yangi usul” maktablari uchun yaratgan darsliklari.
Behbudiy ma'rifat, ilm-fan, badiiy ijod sohasidagi butun faoliyatida millatimiz madaniyati, ma'naviyatining ravnaqi uchun kurashib, buyuk siymo sifatida shuhrat qozongan holda ta'lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarni bayon etdi. Ustoz ta'lim-tarbiya haqida fikr bildirar ekan, mustamlakachilik davrida bu ishda muvaffaqiyatga erishishning birdan-bir yo’li o’lkada o’zaro ixtiloflarga barham berib, ahillik bilan ilm-fanni rivojlantirish kerakligini bayon etadi. Kattalar va muallimlarga murojaat qilib, ularni yoshlarni bilimli qilishga, mehnatga jalb etishga da'vat etadi.
M.Behbudiy o’qituvchilarga qarata ta'lim-tarbiya ishlarini ijtimoiy hayot, jahon miqyosida sodir bo’layotgan voqealar bilan bog’liq holda olib borishni talab etadi.
Shunday qilib, O'rta Osiyo mutafakkirlari va o'zbek ma'rifatparvarlari o'qituvchi kuchli xotiraga, iroda va tafakkurga, aql-zakokatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi, ko'zlangan maqsadni amalga oshirish yo'lida jonbozlik, qat'iyatlilik ko'rsatishi, o'quvchilariing ruhiy dunyosiga to'g’ri yo'l topa olishi, ularga ta'sir o'tkazishi, vijdonli, samimiy, odobli, nazokatli, ishchan, mas'ul shaxs sifatida faoliyat ko'rsatishi zarur ekanligini o'z asarlarida ta'kidlab o'tadilar.
Sharq mutafakkirlari o'qituvchi o'zi o'qib tursagina - o'qituvchi bo'la oladi, agar o'qishni to’xtatib qo'yar ekan, unda o'qituvchilik ham o'ladi, deb haqqoniy aytgandir. Bu haqiqatni yoshi qancha bo'lishidan, pedagogi mahoratidan, qanday dars berishidan qat'iy nazar barcha o'qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha bo’lgan pedagogik fikrlarda o’qituvchi-ustoz, shogird va ularning jamiyatdagi o’rni mahorati haqida ko’p fikrlar bayon etilgan. Rim tarixchisi va yozuvchisi Svetoning munosabatni ishontirish, muomalada bo’lish uslublari, rim olimi Mark Fobiy Kvintilian notiqni tarbiyalashda o’z-o’zini boshqara olish notiqlik va so’zamollik mahoratini egallash haqidagi fikrlarini yozib qoldirgan.
Pedagoglarning professional mahorati va ularning notiqlik san'ati Gresiya va Rim filosoflari asarlarida bayon etilgan. Suqrotning ta'lim berish Platon va Deosfenning nutq madaniyati va uni egallash texnikasi, Aristotelning notiqlik san'atiga erishish yo’llari va ritorikasi, Seseron va Kvintilianning nutq madaniyati haqidagi fikrlari. Sharq mutafikkirlari Husayn Vois Kashshofiy, Abu Ali ibn Sino, Burxoniddin Zarnudjiy, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Devoniy, Kaykovus, Yusuf xos Xojib, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, turk olimlari Mustafo Xomiy poshsha munosabat, muomala madaniyati va uni egallash mahorati haqida, notiqlik san'ati, munosabatga kirishish mahorati haqida va uni egallash haqida o’z qo’lyozmalarida fikr bildirganlar. Kundalik kuzatib borish shuni ko’rsatadiki, o’qitishning muvaffaqiyati asosan ta'lim berayotgan fanga o’quvchilarni qiziqtirishdir.
O’qituvchi o’z shogirdlaridan doimo, hech bo’lmaganda, bir necha bosh yuqori turishi kerak, aks holda bolalar oldida uning obro’si bo’lmaydi, chunki kutilmagan savollarga o’qituvchi javob berolmasdan qolishi mumkin. Holbuki, bola sezgir bo’ladi va juda tez fursatda o’qituvchining «Mulla»ligi oshkor bo’lib qoladi. O’quvchilar oldida yo’qotilgan obro’ni tiklash juda qiyin, hatto ba'zi vaqtlarda mumkin ham emas. «Yosh avlodning tarbiyasi faxriy va olijanob vazifa bo’lishi bilan birga, ayni paytda u g’oyat darajada murakkab va ma'suliyatlidir. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan bajarish uchun o’qituvchi eng avval o’z ishining shaydosi, tashabbuskori bo’lishi kerak. Shuning uchun o’qituvchilikning «sababi ovqat» uchun formal «kasb» qilib olish – juda xavfli bo’lib, hatto yosh avlodning tarbiyasi zararlidir. Ikkinchi tomondan, ayniqsa, o’qituvchi qanday ma'lumotga, qanday erudisiyaga ega bo’lmasin, u o’zining saviyasini pedagogik san'atini rivojlantirish uchun tinmay ishlashi kerak»
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma'naviy yuksalishini ta'minlovchi ta'lim-tarbiya, ma'naviyat va ma'rifat kabi tushunchalar mavjud bo’lib, ular tarbiyashunoslik fanlaridagi o’zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda atroflicha o’rganishni taqozo etadi. Bu fanlarni o’zlashtirish – ma'naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning harakatlantiruvchi kuch bo’lmish inson kamoloti haqidagi g’oyalarni nihoyatda puxta bilishni talab qiladi.

Behbudiy haj safarida bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899—1900). Sayohat davomida yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yaqinidagi Halvoyi qishlog‘ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. 
Behbudiy Qozon va Ufaga borib (1903-04), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yo‘lga qo‘yadi.


Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. «Risolai asbobi savod» («Savod chiqarish kitobi», 1904), «Risolai jug‘rofiyai umroniy» («Aholi geografiyasiga kirish», 1905), «Muntahabi jug‘rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy geografiya», 1906), «Kitobat ul-atfol» («Bolalar xati», 1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909) kabi kitoblar chop ettiradi. 
Keyinchalik (1908 yilda) Shakuriyning Rajabamindagi maktabini Samarqanddagi o‘z hovlisiga ko‘chirib keltiradi.



1912-1913 yillarda Behbudiy Samarqandda “Samarqand” gazetasi va “Oina” jurnaliga asos solish asnosida 1914 yilda yana Turkiya, Misrga borib, u yerdan muhim kitoblar, oʻquv qoʻllanmalarini olib keladi, yangi usuldagi maktab dasturi ustida ishlashga kirishadi. Biroq u turli xil toʻsiqlarga uchraydi; “jadidlar rahnamosi”, “dahriy” degan  tahdidlar bilan faoliyatiga chek qoʻymoqchi boʻlishadi*.

Shunga qaramay, u sobit iroda bilan maorif, taʼlim-tarbiya ishlarini amalga oshirishga kirishadi; maʼrifatparvar sifatida xalq hurmatiga sazovor boʻladi. U bir nechta Sharq va Gʻarb tillarini bilgan yuksak madaniyat sohibi boʻlishi barobarida umuminsoniy qadriyatlarning tolmas targʻibotchisi ham edi. Maktab va maorif ravnaqiga, milliy madaniyat taraqqiyotiga oid qarashlari esa ana shu ilgʻor gʻoyalar markazida boʻldi. Ayni chogʻda u yangi usuldagi maktablar asoschisi va



* Sodiqov M. Erksevar, hurriyatparvar el vorislari. T.: “Kamalak”, 1992-yil, 118-bet.

targʻibotchisi, yangi darsliklarning ilk muallifi ham edi. Xullas, Mahmudxoʻja Behbudiy buyuk maʼrifatparvar va yetakchi jadidchi sifatida milliy madaniyatimiz tarixida mustahkam oʻrin egallaydi.


Download 367,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish