“Vasiyatnoma”dan. M. Behbudiy


Behbudiyning fikricha, ma’rifat uchun faqat maktab kifoya qilmaydi



Download 367,3 Kb.
bet15/21
Sana28.09.2021
Hajmi367,3 Kb.
#187461
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Mironova L. MATN

Behbudiyning fikricha, ma’rifat uchun faqat maktab kifoya qilmaydi. Millat uchun oyna ke­rak, toki unda o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu haqiqat u kishini teatr tashkil etish, ular uchun asarlar yaratishga undagan. O‘zbek dramaturgiyasining ilk namunalaridan biri sanalgan “Padarkush” asari shu tufayli yuzaga kelgan.Yoki bugungi hayotimizning og‘riqli nuqtalaridan biriga aylangan to‘y va marosimlar masala­sini Behbudiy hazratlari ham kuyunchaklik bilan tilga olgan. Jumladan, “To‘y va aza kabi ikki qattol dushman oyo­g‘imizga tushov bo‘lib turibdi. To‘y va ta’ziyaga sarflab turgan aqchalarimizni ta’limga sarflasak, Ovro‘po kabi taraqqiy topgan bo‘lardik”. Biroq oradan bir asrdan ziyod vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ayni masala hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmay kelmoqda. Negaki, yillar mobaynida misqollab yiqqan mablag‘ini bir kunlik dabdaba va isrofgarchilik uchun sarfla­yotgan, lekin 15–20 ming so‘mga farzandiga kitob olib bermaydigan hamyurtlarimiz hozir ham istagancha topiladi. 2019-yil 14-sen­tabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashi va Senati kengashi­ning “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Mazkur qaror shu yilning 1-yanvaridan e’tiboran kuchga kirdi.
Behbudiyning 100 yil oldin o‘z maqolasida ko‘targan muammolar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.

Mahmudxo‘ja Behbudiyning 1915 yili "Oyna" jurnalida nashr qilingan maqolasi "Bizni kemirguvchi illatlar" maqolasida Behbudiy shunday yozgan:



"Bizni kemirguvchi illatlar deganda, zaxmu maraznimi gumon etarsiz? Yoinki, sil, sil-ar-iya va maxavliknimi dersiz? Yo‘q, andan ham yamonroq va andan ham jonxarosh, bevoya, xonavayron va g‘arib etguvchi bir dard, biz — turkistoniylarni shahri va qishloqi yoyinki yarim madaniy, yarim vahshiy sinflarimizg‘acha istilo etib, butun tirikligimizg‘a sorilgon va bizni inqirozg‘a va tahlikag‘a va jahannamg‘a yumalataturgon to‘y, azo ismindagi ikki qattol dushmanni derman". "...biz bo‘lsa, badbaxtona va Xudoning amrig‘a bo‘yun qo‘ymasdan kofirona bir suratda to‘y va azo degan, yo‘q bo‘lushimizg‘a sabab bo‘lgan odatlarga boru yo‘qimizni sarf va isrof etarmiz. Yilda ikki oy navruzi kofiri uchun sayr etarmiz.

Bir oy muqaddam Samarqandni Panjakent qasabasidagi navro‘z sayrig‘a mushak-fishang otishdan uchgina kishi o‘lub, o‘ndan ziyoda kishi majruh bo‘ldi. Ko‘pkari va uloq chopmoqlik odati mal‘unonasig‘a har viloyatdan har sana yuzlar ila kishi oxiratg‘a ko‘char, na qadar kishi majruh va ma‘yub bo‘lar. Ko‘p kishilar sayr va ko‘pkari shumligi ila ishdan va ziroat vaqtidan qolur. Uyig‘a ozuqasi yo‘q, ho‘kuzi va sog‘ar siyiri yo‘q ekan, bir necha yuz so‘mg‘a ot olib va har kuni anga hindidek parastish etibu har kun bir so‘m sarf etar, na uchun? To‘y va sayrg‘a ko‘pkari chopmoq uchun. O‘n-yigirma chaqirimg‘a to‘y bo‘ldimi, har kim ishini, dehqonchiligini qo‘yub, otlanib ko‘pkariga ketar. Dehqon uchun oltundan aziz vaqt favt bo‘ldi-ketdi. Ekin birgina kun keyin sepilgan uchun pishmay qolar. Birgina kun so‘ngra yig‘ilgan uchun yog‘inga qolib, ba‘zi xirmanlar chirib ketar".

"Besh-olti ma‘raka va xudoyi, 8—10 jum‘a oqshomi deb butun mahalla va qishloq xalqig‘a palov berarmiz. Ba‘zi bir bechora sag‘ir va mushtipar ayollar merosdan va haqlaridan noqis olurlar. Ba‘zi qarzxohlarni haqqi xudoyi va xayrot, noxudoyi va sharrot sababi ila kuyub ketar. Bechora o‘lukni zimmasi qarzdan qutulolmay qolur. Xudo uchun aytingiz, bu xayrotmi, bu xudoyimi?"

Prezidentimiz b 2020-yilning 19-20-fevral kunlari Turkiya Respublikasiga rasmiy tashrifi chog‘ida Prezident devoni Xalq kutubxonasi­ning tantanali ochilish marosimidagi ma’ruzasida “Biz ajdodlarimizning ibratli hayoti va faoliyatini qancha ko‘p o‘rgansak, bizni o‘ylantirayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz”, degan fikrlarni bildirgan edi. Shunday ekan, biz o‘qituv­chilar ham Yurtboshimiz fikrlariga javoban Behbudiy o‘gitlarini hayotiy misollar orqali o‘quvchila­rimizga tu­shuntirishimiz lozim.

Download 367,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish