Varieties hand out notes uzb


Begona o‘tlarga qarshi kurashish



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/134
Sana13.06.2022
Hajmi7,88 Mb.
#660671
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-Anorchilik

Begona o‘tlarga qarshi kurashish 
Begona o‘tlarni nazoratga olish yangi ekilgan anor ko‘chatlari rivojini 
jadallashtiradi va hosildorlikni oshirishga yordam beradi. Begona o‘tlarni nazoratga 
olish umumiy bog‘ boshqaruvining bir qismi hisoblanadi. Begona o‘tlar 
zararkunanda hasharotlar, kanalar, nematodlar va kasalliklar ko‘payishi uchun qulay 
sharoit yaratadi.
Begona o‘tlar daraxt bilan ozuqa, suv va quyosh nuri uchun raqobatlashib 
uning rivoji va hosilini chegaralaydi. Bu raqobat daraxt rivojlanishining birinchi 5 
yilida yoki ildizlari hali nimjonligida begona o‘tlarning ustunligi juda yuqori 
bo‘ladi. Daraxt tanasi atrofidagi begona o‘tlar nafaqat uning rivojlanishi bilan 
raqobatlashadi, balki daraxt tanasini kemirib oziqlanuvchi kemiruvchilar uchun 
qulay sharoit yaratadi.
Qurigan begona o‘tlar yong‘in xavfini tug‘diradi. Yuqori hosil va daraxt 
salomatligini saqlash uchun daraxt ostining kamida 1m masofasi begona o‘tlardan 
holi bo‘lishi shart. Daraxt 4 yoshga to‘lib yaxshi o‘rnashib olgandan so‘ng uning 
osti soya bilan qoplangach begona o‘tlar raqobati bir muncha sustlashadi. 
Begona o‘tlarni nazorat qilish daraxt ekilishidan oldin va keyin amalga 
oshiriladi. Har ikki holatda kimyoviy yoki biologik yoki har ikki usuldan foydalanib 
begona o‘tlarni nazorat qilish mumkin.
Biologik usul bilan begona o‘tlarni nazorat qilish 
Sug‘oriladigan bog‘larda samarali natija beruvchi usul bu daraxt ekishdan 
oldin bog‘ni bir necha bor sug‘orib yangi rivojlanayotgan begona o‘tlarni 
urug‘lashidan oldin bir necha bor kultivatsiya qilib nobud qilish mumkin.
Qisqa muddat oralig‘ida rivojlanayotgan begona o‘tlarni kultivatsiya qilib 
nazoratga olib turish mumkin. Dastlab kamida ikki marta sug‘orish va kultivatsiya 
qilish so‘ngra yengil kultivatsiya qilish orqali begona o‘tlar rivojlanishi nazoratga 
olinadi.
Afsuski, ushbu usul ko‘p yillik begona o‘tlarni nazorat qilishda samara 
bermaydi. O‘rnashib ulgurgan ko‘p yillik begona o‘tlarni kultivatsiya qilish odatda 
ularni yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi. 


88 
Anorzorlardagi qatorlar ichidagi begona o‘tlarni mexanik nazoratga olish 
uchun maxsus o‘t kesuvchi pichoqlar va rotorli kultivatorlar mavjud. Qo‘lda 
boshqariladigan motorli o‘roqlardan ham foydalanish mumkini, lekin ular daraxt 
tanasiga zarar yetkazishi mumkin.(2.6.1-rasm) Qatorlar orasini esa maxsus o‘t 
o‘ruvchi moslamalar bilan osonlikcha o‘rib turish mumkin. Mexanik nazorat o‘tlar 
to‘liq o‘sib ulgurmasidan oldin qayta-qayta amalga oshirilib turilishi shart.
Bunday qurilmalar pichoqlari tuproq qatlamiga chuqur kirmasligi shart, aks 
holda daraxt ildizlariga ziyon yetishi mumkin. Begona o‘tlar katta bo‘lgan sari ular 
mexanik qurilmalarga tiqilib ular ishlashiga muammo tug‘diradi va urug‘laydi.
Mexanik qurilmalardan foydalanayotganda daraxtning asosiy oziqlantiruvchi 
ildizlariga shikast yetkazmaslikka harakat qiling.

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish