90
xasharotlar va kasalliklar kam uchrashi sababli anor organik usulda yetishtirilishi
mumkin.
Organik anor yetishtirishga xulosa qilishga shoshilmaslikni tavsiya qilamiz,
chunki organik anor yetishtirish daraxtni ekish va hech
qanday ishlov bermasdan
mevasini terib sotish emas. Bunday usulda hosildorlik va meva sifati past bo‘ladi.
Shuni bilish kerakki, organik meva
yetishtirish juda mashaqqatli mehnat va oddiy
usulga nisbatan ko‘proq qo‘l mehnati talab qiladi.
2.7. Anor daraxtlariga shakl berish va ularni kesish
Anor daraxtlariga shakl berish.
Tabiiy holda anor daraxtlari buta shaklda
o‘sadi. Ularga ikki usulda shakl berish mumkin: yakka yoki bir nechta asosli. Anor
daraxtlari odatda bir nechta asosda o‘stiriladi. Faqatgina qish iliq keluvchi
hududlardagina ularni bitta asosda o‘stirish mumkin.
Ikkinchi usulda, anor daraxtlari yerdan o‘sib chiqqan 3-5
tagacha asosda
shakllantiriladi. Tijorat maqsadida anor yetishtiruvchi davlatlarda anor daraxti
yagona yoki bir nechta asosda shakllantirilishi xususida hamon munozaralar davom
etmoqda. Kaliforniyaning
San Jokin vodiysi, Isroil va Kiprdagi yangi tashkil
qilingan bog‘larda anor daraxtlari yagona asosda o‘stiriladi.
Dunyoning boshqa
anor yetishtiruvchi davlatlarida anor daraxtlari bir nechta asosda o‘stiriladi. Ba’zi
mutaxassislar asos 3 tagacha bo‘lishi kerak desa, boshqalari asos 6 tagacha bo‘lishi
mumkinligini ta’kidlashadi (
2.7.1-rasm).
Barcha mutaxassislar asos shoxlar soni chegaralanishi tarafdori, chunki anor
daraxtlarida asos shoxlar ko‘p bo‘lsa ular buta shaklida rivojlanadi va hosildorligi
past bo‘ladi (
2.7.2-rasm).
Qattiq sovuq urib butunlay qurib qolish xavfi bo‘lmagan hududlarda istalgan
odam anor daraxtlarini yakka asosda o‘stirishi mumkin. Hatto, tijorat maqsadida
tashkil qilingan bog‘larda ham yakka asosda o‘stitiriladi.
Qish sovuq keladigan
hududlarda anor o‘stirishning yagona yo‘li bu ularni bir nechta asosda o‘stirishdir.
Har ikki usulga javob tariqasida ba’zi bog‘bonlar anor daraxtlarini 3 ta asosda
o‘stirishni afzal ko‘rishadi.
91
Anor daraxtlari simbag‘azga ham tortilishi mumkin ya’ni
qator ichida ular
zichroq ekiladi va simga tortib shakl beriladi. Bu tizimda 3 ta asosdan foydalaniladi.
Bir asos chapga, ikkinchisi o‘ngga va uchinchisi o‘rtada shakllantiriladi. Bu tizim
hali o‘zini oqlashi kerak, chunki asos shoxlar ko‘p bo‘lmagani
uchun hosildorlik
yuqori bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: