3.Oqava suvlarni qattiq zarrachalardan tozalash usullari (oqava suvlar, qattiq zarrachalar, tozalash usullari, filtrlash, tindirish, to‘rlardan o‘tkazish, suzgichlar yordamida tozalash.)
Maishiy oqava suvlar - aholi yashaydigan uylar, aholiga xizmat ko‘rsatish joylari (oshxonalar, sartaroshxonalar, hammomlar) va ishchi xodimlar uchun garderob va yuvinish xonalari bo‘lgan, korxona boshqaruv mamuriy maishiy binolarda hosil bo‘lgan ifloslangan suvlar. Atmosfera oqava suvlari – korxonaning ko‘kalamzorlashtirish maydonlaridagi daraxtlar, gullar, ekinlarni sug‘orishdan, qorning erishi va yomg‘ir suvlarini qo‘shilishidan hosil bo‘lib, kanalizatsiya tarmog‘lariga oqib tushadigan oqava suvlar. Bunday oqava suvlar tarkibi ifloslanish darajasi va xossalariga qarab har xil bo‘ladi. Ishlab chiqarish oqava suvlari – suv ishtirokida amalga oshadigan texnologik jarayonlarda hosil bo‘ladi. Boshqa oqava suvlardan farqi, doimiy tarkibga ega emas, xom-ashyo turlariga ishlov berishga qarab, ifloslanish darajasi har xil bo‘ladi. Sanoat korxona oqava suvlari tarkibni ifloslantiruvchi aralashma moddalar miqdorlariga: 1-500 mg/l; 500- 5000 mg/l; 5000-30000 mg/l; > 30000 mg/l; qarab ajratiladi va maqbul tozalash usullari tanlanadi. Oqava suvining bir-birlik hajmiga to‘g‘ri kеluvchi iflosliklar miqdori ularni vodoprovod suvi bilan aralashtirilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kanalizatsiyadan foydalanuvchi har bir kishi hisobiga suv sarfi qancha ko‘p bo‘lsa oqava suvlari shuncha kam ifloslangan bo‘ladi.
Ishlab-chiqarish oqava suvlari tarkibi bo‘yicha turli bo‘lishi mumkin, chunki turli mahsulot va ham ashyoni qayta ishlashdan hosil bo‘ladi. Ishlab chiqarish oqava suvlari ifloslangan va shartli toza suvlarga bo‘linadi. Ifloslangan oqava suvlari tarkibida organik va minеral iflosliklar mavjud. Shartli toza suvlarda iflosliklar kam bo‘lib ularni tozalamay suv havzasiga tashlash mumkin.
Oqava suvlarning tozalashning zamonaviy usullari z turga bo‘linadi:
1.Mеxanik usul
2.Ximiyaviy usul
3. Biologik usul
Oqava suvlarda mavjud bo‘lgan iflosliklar 3 turga bo‘linadi:
1. Qattiq chiqindilar
2. Fеkal (aholidan) chiqindilar
3. Suyuq chiqindilar (ishlab chiqarishdan)
Ayrim tashkilotlarda suv tozalash inshootlarning talabga javob bermasligi sababli oqova suvlar to'g'ridan-to'g'ri ochiq suv havzalariga va relefga tashlanmoqda. Natijada bu oqova suvlar nafaqat ochiq suv havzalarini, balki er osti suvlarini ham ifloslantirmoqda.
Oqova suvlarni tozalash asosan 4 xil yo'l bilan olib boriladi.
1. Mexanik usulda, suvda erimaydigan jismlar panjarada ushlab qolinadi.
2. Fizik (elektroliz) usulida, suv tarkibidagi og'ir metall ionlari anionlar va kationlardan tozalanadi.
3. Kimyoviy usul, suvni xlorlash va ozonlash yo'li bilan bo'ladi.
4. Biologik usulda, suv o'tlari (xlorella) yordamida tozalanadi. Yoki nishablikda 2ta hovuz quriladi va biridan ikkinchisiga suv oqib tushayotgan paytda, 80 sm gacha bo'lgan qum, tuproq suv tarkibidagi mayda mikrob va bakteriyalarni ushlab qoladi.
Suvsiz hayot yo'q lekin inson o'zining befarq faoliyati tufayli suvni shunchalik ifloslantirganki, endilikda bunday suv tabiatdagi barcha tiriklikni emiruvchi manbaga aylandi. Buning natijasi esa tuproq tarkibining buzilishiga, hayvonlar va insonlarning har xil kasalliklariga chalinishiga olib keldi. Suvga nisbatan bunday noto'g'ri munosabatda bo'lish faqat ekologik falokat emas, balki ma'naviy fojea hamdir.
Suvlarni ifloslovchi manbalar juda ko'p: va xilma-xildir. Bularga sanoat korxonalari va maishiy xo'jalikdan chiqadigan oqova suvlar, qazilma boyliklarni ishlab chiqarishdagi oqovalar: neftni qayta ishlash korxonalaridan chiqadigan suvlar; kasalxonalardan oqib chiqadigan, chorvachilik komplekslardan oqib chiqadigan tozalanmagan suvlar va boshqalar kiradi.
Tindirish usuli bilan tоzalash qiyin bo‘lgan, tarkibida mayda dispers, qattiq yoki suyuq mоddalari bоr oqova suvlarni tоzalashda filtrlash usuli qo‘llaniladi. Bundaоqova suvlar o‘ta aralashgan mayda, suyuq va katta zarrachalardan tоzalanadi. Bu usul uncha mayda bo‘lmagan zarrachalarni, suzib оluvchi material yuzasiga yopishib qоlishiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |