Ekologiya 4 bo’limga bo’lib o’rganiladi.
1.Autekologiya (“autos”– yunoncha so’z bo’lib, “o’zi” degan ma’noni bildiradi) ayrim turlarning yashab turgan muhiti bilan o’zaro munosabatini, turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganini o’rganadi.
2.Populyasiyalar ekologiyasi (“populyasion”– fransuzcha so’z bo’lib, “aholi” degan ma’noni bildiradi) populyasiyalar tuzilmasi va dinamikasi. ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
3.Sinekologiya ("sin"– yunoncha so’z bo’lib, “birgalikda” degan ma’noni bildiradi) biogeosenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simliklar va hayvonot turlarining o’zaro aloqalarini, hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini o’rganadi.
4. Eydekologiya (eidos-tur)-turlar ekologiyasi.
2. Atrof muxit xaqidagi qonunlar va xalqaro shartnomalar (O‘zbekiston Konstitusiyasi, o‘rmon kodeksi, hayvonot dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish , yer to‘g‘risidagi qonunlar, yer kodeksi,davlat sanitar nazorati, tabiatni muxofaza kilish, suv va suvdan foydalanish, alohida muxofaza qilinadigan xududlar, yer osti qazilmalari, atmosferamuxofazasi, jinoyat kodeksi, javobgarlik).
3.O‘zbekiston Respublikasida atrof muxitning hozirgi axvoli.(atrof muxit ifloslanishi, chiqindilar, atmosfera ifloslanishi, suvning ifloslanishi, tuproq ifloslanishi, o‘simliklar dunyosi, xayvonot olami, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati, transport chiqindilari, atrof muxit muxofazasi.)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sifatida O'zbekistonda ayni vaqtda
8 ta davlat qo'riqxonalari,
2 ta milliy bog',
1 ta ekomarkaz,
1 ta biosfera rezervati,
10 ta davlat buyurtmaxonalari,
5 ta tabiat yodgorligi
hududlari faoliyat ko'rsatmoqda.
2011 yilning 26 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 243-sonli Qarori bilan 68717, 8 ga maydonga ega Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati tashkil etildi.
Mazkur rezervat "Baday-to'qay" davlat qo'riqxonasi bazasida tashkil etildi. Qo'riqlash hududi 11568, 3 gabo'lib, qat’iy muhofaza rejimi ostidagi hudud hisoblanadi.
Biosfera rezervati qo'riqxona va buyurtmaxona vazifalarini bajaruvchi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga kiradi.
Er unumdordigini pasayishiga tuproqning shamol va suv ta’sirida eroziyaga uchrashishi ham katta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. SHamol va suv ta’sirida tuproqning eroziyaga uchrashishi natijasida er unumdorliga yildan-yilga pasayib bormoqda. Respublikamizda 21 mln gektar sug’oriladigan erlardan 0,7 mln gektar erlar o’ta va o’rtacha darajada deflyasiya (eroziya)ga uchragan.
O’ta va o’rtacha darajada deflyasiyaga uchragan erlar Farg’ona vodiysida 165 ming gektar, Surxondaryoda 106 ming gektar, Qashqadaryoda 80 ming gektar va Buxoro viloyatida 52 ming gektarni tashkil yetadi.
CHorva mollarini surunkasiga bir joyda boqish va yaylovlarni o’z vaqtida almashlab turilmasligi sababli 22 mln gektar yaylov erlaridan b mln gektar erlar deflyasiyaga uchragan, 13 mln gektar erlar esa, suv ta’sirida eroziyaga uchragan.
Do'stlaringiz bilan baham: |