Budda Shak’ya Muni shunday degandi: «Inson hayoti azob
uqubatlardan iboratdir. Biroq doimo to‘g‘ri so‘zlab,
ezgulikka intilish
o‘zgalaming haqiga xiyonat qilmaslik, g‘azab va hasadni yengish orqali
uni yengillatish mumkin. Shuningdek, inson behuda yugur-yugurlardan,
mol-dunyo orttirish havasi va haddan ziyoda huzur-halovat istagidan
ozod bo‘Imog‘i lozim. Ana shunda har bir boy va kambag'al, shoh va
qul, ruhoniy va oddiy kimsalar dunyoga qayta-qayta kelish azobidan
xalos bo‘ladilar».
Budda ta’Iimoti ayni bir vaqtning o‘zida ham qiyin, ham teran.
Biz bu o‘rinda faqat uning «to‘rtta yaxshi haqiqat»
degan nom bilan
tanilgan asosiy qoidalarini sxematik tarzda tavsiflab berishimiz mum
kin.
1) Dunyo azob-uqubatlarga to‘lib ketgan. Tug‘ilish azob, qarilik
azob, kasallik azob va o‘lim azob. 0 ‘zing yomon ko‘radigan odam
bilan uchrasxish azob, sevimli kishidan judo boclish azob, xohlagan
narsani qondirish uchun behuda kurash azob.
Aslida xoxish-istaklar
va ehtiroslardan bo‘lmagan hayot har doim azob keltiradi. Bu azob
haqidagi haqiqat deyiladi.
2) Inson azoblarining sababi shubhasiz jismoniy mavjud bo‘lish
ishtiyoqida va dunyoviy ehtiroslarning xomxayolligidadir. Agar
bunday ehtiroslar va xomxayollarning kelib chiqishi kuzatilsa, shu
narsa ma’lum bo‘ladiki, ular hamma narsani yutib yuboradigan, ins-
tinktli tarzda kelib chiqadigan xohish-istaklarga asoslanadi. Masalan:
yashashga nisbatan kuchli irodaga asoslanadigan xohish,
agar hatto
uning izlaydigan narsasi ba’zan o‘lim bo‘lib chiqsada, o ‘zi xohlagan
narsani izlaydi. Bu azoblaming sababi to‘g ‘risidagi haqiqat deb ataladi.
3) Agar insonning barcha ehtiroslari negizida yotgan xohish bartaraf
etilishi mumkin bo‘lsa, unda ehtiros o‘ladi va odamning azoblari
nihoyasiga yetadi. Bu azoblaming to‘xtatilishi haqidagi haqiqat, deb
ataladi.
4) Xohish-istaklar va azoblar bo‘lmaydigan
holatga erishish
uchun muayyan yo‘lga amal qilish lozim. Bunday saxovatli eski
vo‘lnmg bosqichlari quyidagilardir: to‘g‘ri tushunish, to‘g ‘ri nutq,
to‘g‘ri tafakkur, to‘g‘ri fe’l-atvor, to‘g ‘ri turmush tarzi, to‘g ‘ri kuch-
g‘ayrat, fikming to‘g‘ri yo‘nalishi va diqqat e ’tibomi to‘g‘ri qaratish.
Bu azoblaming sababidan xalos bo‘lishning sahovatli yo‘li
haqidagi
haqiqatdir.
Keyinchalik paydo bo‘lgan San’ya Vedanta, Yoga, Milansa
falsafa maktablari ham mhni o‘rganishga metofizik etik tomondan
yondashdilar. Vedantada Upanishadagi idealistik g‘oyalar avval suril-
di. Ularda Ataman va Braxman haqida fikr yuritildi. Bu fikrga ko‘ra
mh doim tananing intilishlari va xissiy kechinmalari ortida yashiringan
bo'ladi. Qa’tiy intizom orqali ruh bulardan xalos bo‘lib, abadiy
Braxman darajasiga yetadi. Yoga ta’limotida
esa haqiqiy yuksaklikka
erisxish uchun psixik faoliyatga to‘sqinlik qilayotgan tomonlami
bartaraf qilish kerak bo'ladi deyiladi. Buning uchun yogalar maxsus 8
olamni: avval tana harakatlarini (nafas olish, gavda harakatlari (keyin
psixik aktlar) diqqat, tafakkumi boshqarish uslublarini ishlab chiqqan.
Yogalar tomonidan ishlab chiqilgan sezgi chegaralarida narsalami idrok
etish, ko‘rish gallyutsinatsiya, idrok illyuziyasi hindlaming psixologik
ta’limotida katta o‘rin egalladi.
Hind adabiyotida qadimdan idrokning 2 xil:
Do'stlaringiz bilan baham: