Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 591
quyidagilarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar
valyuta boshqaruvi tizimining birinchi bosqichida boshqa mamlakatlar singari
ichki bozorlarini himoya qilish maqsadida qattiq choralarni qo‘llashgan. Yuqorida
ko‘rib chiqilgan ko‘pgina mamlakatlarda valyuta siyosati asosan ma’muriy usullar
yordamida amalga oshirilgan, kapital harakati kuchli nazorat ostida bo‘lgan va
100%li valyuta tushumini sotish amal qilgan. Ushbu mamlakatlar milliy
valyutasini to‘liq konvertatsiyalashga harakat qilishi natijasida valyuta siyosati
liberallashdi.
Dastlab qattiq valyuta boshqaruvi va nazorati ichki ishlab chiqarishning
rivojlanishi hisobiga iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keldi va bu o‘z navbatida
mehnat resurslariga bo‘lgan talabni ko‘paytirdi. Bandlikning oshishi esa yalpi talab
oshishini rag‘batlantirdi va milliy ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy holatining
yaxshilanishiga olib keldi. Bozorda raqobat kurashi kuchaydi va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sifati oshdi. Lekin ichki talab qondirilgandan so‘ng
ko‘pgina ishlab chiqaruvchlarning xalqaro bozorga chiqish zaruriyati paydo bo‘ldi.
O’z mamlakatida va hamkor mamlakatda davlat tomonidan valyuta boshqaruvini
yumshatish choralarini ko‘rib chiqmasdan turib jahon bozoriga kirib borish
darajasi yuqori bo‘lmas edi. Mamlakatlarning jahon bozoriga kirib borishi
kuchayishi ulardan valyuta siyosatini liberallashtirish va valyuta nazoratii
o‘zgrtirishni talab qildi.
Hozirgi kunda ushbu kategoriyadagi mamlakatlar uchun iqtisodiy
rivojlanishini davom ettirish uchun savdo hamkorlari bilan mahsulotlar
raqobatbardoshligini oshirish evaziga eksport xajmini oshirish uchun maksimal
darajada ochiqlik talab qilinadi. Raqobatbardoshlik darajasi ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar kapital sig‘imi yuqoriligi, ushbu mamlakat korxonalarning jahon
bozoidagi mavqei va b.lar bilan aniqlanadi.Bundan tashqari, ushbu mamlakatlar
milliy valyutalarining to‘liq konvertatsiyalanganligi valyuta siyosatini qattiq
choralar asosida olib borish imkonini bermaydi (noqonuniy kapital harakatidan
tashqari). Oxirgi yillarda rivojlangan mamlakatlarda terroristik tashkilotlarni
moliyaviy qo‘llab quvvatlovchi korxona va tashkilotlar mavjudligi sababli ularni
qattiq nazorat qilish kerak.
Endi iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar valyuta
siyosatini ko‘rib chiqamiz.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar o‘z tarixida barcha valyuta kursi rejimini
qo‘llashgan. Hozirgi kunda ko‘pgina rivojlangan va o‘tish davridagi mamlakatlar
belgilangan valyuta kursi rejimidan voz kechib, cheklashlarni asta sekin bekor
qilish tendensiyasiga ega bo‘lgan boshqariladigan valyuta kursi rejimini
tanlashmoqda. Quyida rivojlangan mamlakatlar joriy valyuta kursi siyosati
tendensiyasi va muammolarini tahlil qilamiz. Shubhasiz yagona yevropa valyutasi
sifatida jahon bozorida Yevroning paydo bo‘lishi muhim voqea bo‘ldi. Hozir
yevroning asosiy jahon valyutalariga va birinchi o‘rinda AQSh dollariga nisbatan
o‘zgarishi butun jahonni qiziqtirib kelmoqda.