Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 588
Shunday qilib, Buyuk Britaniya valyuta boshqaruvi tizimida qonuniy baza
mavjud bo‘lib, unda valyuta qimmatliklari aylanishi va ko‘chmas mulk
operatsiyalari sohasida cheklovlar amal qiladi; to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar
ustidan nazorat amalga oshiriladi; noqonuniy daromadlarni qonuniylashtirishga
qarshi kurash olib boriladi; tirik xayvonlar, antikvariat, transport vositalari va
yadro materiallar eksporti alohida nazorat qilinadi; ayrim mamlakatlarga nisbatan
o‘ziga xos eksport rejimi qo‘llaniladi.
Endi Germaniyadagi valyuta va eksport nazorati tizimini ko‘rib chiqamiz.
GFRda valyuta boshqaruvi yevroga o‘tishdan oldin 1949 yilda qabul qilingan
Valyuta qonunchiligi va 1957 yilda qabul qilingan Federal bank to‘g‘risidagi
qonun asosida amalga oshirilgan. Federal bankka milliy valyuta barqarorligini
ta’minlash va mamlakat ichida pul tizimini ishlab turishi uchun sharoit yaratish
vakolati berilgan.
GFRda xorijiy valyutalar chakana savdo tizimida to‘lov vositasi sifatida
qabul qilinmaydi, lekin ularni banklar, omonat kassalari va almashtirish
shahobchalari orqali markaga almashtirish mumkin bo‘lgan.
Hozirda Germaniyada bozor xo‘jaligining asosiy prinsiplaridan biri
kapitalning erkin harakatlanishi hisoblanadi. Lekin ayrim mamlakatlar uchun
o‘ziga xos rejim o‘rnatilgan. Kapitalning erkin harakatlanishi uning xajmi va
harakat yo‘nalishini sinchiklab tekshirishdan voz kechishni anglatmaydi.
GFRda eksport tovarlari “Eksport ro‘yxati”ga kiritilmagan bo‘lsa erkin
amalga oshiriladi. Eksport tovarlari nazorati eksporterga litsenziya berish orqali
o‘rnatiladi.
Hozirgi paytda valyuta boshqaruvi va valyuta nazorati oldida turgan yagona
vazifa kredit muassasalari valyuta operatsiyalari riskini oldini olish orqali
mamlakatda bank tizimi barqarorligini saqlab qolish hisoblanadi.
GFR tashqi savdo va valyuta qonunchiligining liberallashishi bilan
noqonuniy
topilgan
kapitalni
tozalash
maqsadida
moliyaviy
tizimdan
foydalanishga qarshi kurashishni samarali tashkil etish dolzarb hisoblanadi.
Germaniya bu borada xalqaro xamkorlikni kengaytirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Italiyadagi valyuta nazoratini ko‘rib chiqamiz. Valyuta munosabatlari
sohasidagi ko‘pgina mutaxasislar Italiyadagi valyuta boshqaruvi va valyuta
nazorati yevropa mamlakatlari orasida eng qattiq siyosatlardan biri deb
hisoblashadi. Buning asosiy sababi o‘tgan asrning o‘rtalarida italiyalik ishlab
chiqaruvchilarning o‘zlarining asosiy raqobatchilariga nisbatan jahon bozoridagi
holatining yomonligi sababli ichki bozorlarni himoyalash va eksportni
rag‘batlantirish hisoblanadi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Italiyada valyuta siyosati valyuta
munosabatlariga davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvi asosida qurilgan va u 80
yillargacha ma’muriy usullar orqali amalga oshirilgan. Italiyadagi valyuta
qonunchiligi oltin va boshqa valyuta qimmatliklariga bog‘liq operatsiyalarni,
tashqi qarz majburiyatlari va xalqaro kapital xarakati bilan bog‘liq operatsiyalarni
amalda cheklangan edi. Qattiq valyuta cheklovlari mamlakat moliyaviy holatining