Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 587
qonunda valyuta qimmatliklari (oltin, valyuta, qimmatbaho qog‘ozlar, qarz
majburiyatlari)muomalasi sohasiga cheklovlar o‘rnatildi. Buyuk Britaniyada
G’aznachilik, Angliya Banki va litsenziyaga ega bo‘lgan vakolatli banklar, bojxona
organlari valyuta va eksport nazorati organlari bo‘lib hisoblanadi. Valyuta
boshqaruv rejimini aniqlovchi asosiy organ Britaniya g‘aznachiligi hisoblanadi,
Angliya Banki esa bilvosita valyuta nazoratini amalga oshiradi. Angliya banki
o‘zlarining filiallarini va tijorat banklari(milliy va xorijiy banklarni) faoliyatlarini
nazorat qiladi. Bojxona organlari tovar va kapital harakatini nazorat qiladi. Valyuta
nazorati to‘g‘risidagi qonunga asosan quyida sanab o‘tilgan alohida xududlarda
(AX) boshqalardan farqli rejim amal qiladi: Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi
va Shimoliy Irlandiya, Normandiya va Men orollari, Irlandiya Respublikasi va
Gibraltar. AX kirgan mamlakatlardagi o‘ziga xos rejim ushbu mamlakatlar
o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishini rag‘batlantiradi. AX kirmagan
davlatlarga angliya tovarlarini eksport qilishdan olingan tushumni qaytarilishini
ta’minlash Buyuk Britaniyada valyuta nazoratining muhim funksiyalaridan biri
hisoblanadi. Bu kapital oqimi funt sterling zonasidagi mamlakat norezidentlari
schetlaridan rezidentlar schetlari tomon harakatlanadi. Bu chora tadbirlar
mamlakatdan kapitalning oqib ketishini oldini oladi, bu o‘z navbatida iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
Buyuk Britaniyada jismoniy shaxslarga
valyuta qimmatliklarini olib chiqib ketishda
ma’lum cheklovlar mavjud. Xorijiy valyuta-
larga nisbatan bunday cheklovlar yo‘q.
Rezidentlar AX tarkibiga kirmaydigan
mamlakatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri kapital
kiritish uchun valyuta nazorati organlaridan
ruxsat
olishi
kerak.
Buyuk
Britaniya
xukumatining eksport nazorati sohasidagi
siyosati maksimal darajada eksportni rag‘batlantirish hisoblanadi, bunda nazorat
usullarini to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash va uning umumiy savdo xolatiga salbiy
ta’sirini kamaytirish muhim hisoblanadi. Oxirgi yillarda rivojlanayotgan va o‘tish
davri iqtisodiyoti mamlakatlarida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
sohasida raqobatbardoshlik oshayotgan sharoitda ushbu siyosat Buyuk Britaniya
savdo balansini muvozanatga keltirishga xizmat qilmoqda.
Buyuk Britaniya savdo nazorati organlari quyidagilar: Sanoat va savdo
Vazirligi, eksport borasidagi buyruqlarni tartibga solib turuvchi bojxona
Boshqarmasi.
80 yillar oxirlarida valyuta va eksport nazoratining liberallashuviga
qaramasdan, Buyuk Britaniya xukumati mamlakat ichida va tashqarisida
noqonuniy daromadlarni qonuniylashtirishga qarshi kurashishga alohida e’tibor
berib kelmoqda. Bu borada maxsus Birlashgan ishchi guruh tashkil etilgan. Hozir
bu ishni Buyuk Britaniya moliyaviy ishlari bo‘yicha milliy xizmat amalga oshiradi.