Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi
.
603
valyuta kursi rejimi amal qilishi kerak. Bunga misol tariqasida valyuta kursi rejimi
boshqariladigan suzib yuruvchi yoki haqiqatda belgilangan bo‘lgan va joriy
operatsiyalar bo‘yicha cheklovlar yo‘q, lekin kapital harakati bo‘yicha hozirgacha
cheklovlar mavjud bo‘lgan Xitoy valyuta siyosatini ko‘rib chiqdik. Xitoydagi
valyuta siyosatiga asosan mamlakatga investitsiyalarning kirib kelishiga to‘siqlar
yo‘q, lekin mamlakatdan investitsiyalarni olib chiqib ketish qiyin hisoblanadi.
Xitoy valyuta siyosatining rivojlangan mamlakatlarning o‘tish davridagi
siyosatiga o‘xshamasligi unga iqtisodiy o‘sish sohasida katta natijalar berdi. Shuni
alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerakki O’zbekistonda olib borilayotgan valyuta
siyosati ham Xitoy valyuta siyosatiga o‘xshab ketadi va bu mamlakatning
tajribasidan foydalanish biz uchun muhim hisoblanadi.
Oxirgi 20 yilda Xitoy va O’zbekistondagi iqtisodiy rivojlanish siyosatini
o‘xshash tomonlarini taxlil qilish natijasida quyidagilarni ta’kidlashimiz mumkin.
Birinchidan, Xitoy tajribasi shuni ko‘rsatdiki davlat va iqtisodiyotni markazdan
turib boshqarish tizimi bozor munosabatlarini rivojlantirishda jiddiy muammolarni
tug‘dirmaydi. Iqtisodiyotni ma’muriy-rejali usullar va bozor mexanizmi orqali
boshqarish orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Ikkinchidan, O’zbekistonda erishilayotgan yuqori iqtisodiy o‘sish
ko‘rsatkichlari Prezidentimiz tomonidan tanlangan bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilining natijasidir. Xitoy ham bozor iqtisodiyotiga
bosqichma bosqich o‘tish orqali jahon bozorlarini o‘zida ishlab chiqarilgan arzon
mahsulotlar bilan to‘ldirib bordi.
Albatta O’zbekistonning ham Xitoy kabi dunyo bozorlarini tovarlari bilan
egallash imkoniyatlari yetarli. Bunga Xitoy va O’zbekistonda olib borilayotgan
iqtisodiy siyosatning o‘xshashligi va ikki mamlakatda ham ishchi kuchi
resurslarining arzonligini misol qilishimiz mumkin. Hukumatimiz tomonidan olib
borilayotgan oqilona iqtisodiy siyosat, ya’ni mamlakatning ilmiy salohiyatini
ko‘tarish va ishlab chiqarishni moderinizatsiyalashgan texnologiyalar bilan
qurollantirish milliy mahsulotlarimiz raqobatbardoshligini oshirmoqda. Bunda biz
uzoq yillar davomida yuqori iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishib kelayotgan
Xitoy tajribasini o‘rganishimiz muhim hisoblanadi.
Bundan
tashqari, xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifni
muvozanatlashtirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida
ekportyorlarga xorijiy valyutani davlatga sotish majburiyati xom ashyo eksporti
uchun 70 % va tayyor mahsulot eksporti uchun 30 % qilib belgilash maqsadga
muofiq deb hisoblaymiz.
Muhokama uchun savollar:
1.
Jahon valyuta tizimi evolyutsiyasi bosqichlarini ko`rsatib bering.
2.
Valyuta kursiga ta`sir etuvchi omillarni qaysi?
3.
Aktiv va passiv to‘lov balansi nima?
4.
Valyuta siyosatining zaruriyati nima bilan izohlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |