Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 601
tashrifida quyidagi fikrni bildirdi “ AQSh monetar siyosati xalqaro likvidlik va
kapital oqimiga katta ta’sir qilmoqda, shuning uchun amerika dollari likvidligini
barqaror darajada ushlab turish kerak”. Hozirda Xitoy va boshqa bir qator
mamlakatlar AQShning “dollarni bosib chiqarish” siyosatiga qarshi chiqishmoqda.
Chunki oxirgi yillarda Xitoyning amerika dollaridagi zahiralari sezilarli darajada
ko‘paydi. Shuning uchun ham Xitoy milliy valyutasi yuanni jahon zahira
valyutasiga aylantirishga harakat qilmoqda. Uzoq kelajakda bu yuz berishi
mumkin. Lekin Xitoy uchun buning hozirgi kunda yuz berishi ikki qiyinchilikka
olib kelishi mumkin. Birinchidan, bu merkantilistik siyosatning barbod bo‘lishiga
olib keladi. Ikkinchidan, valyuta jahonda tan olinishi uchun u erkin
konvertatsiyalanishi va moliyaviy bozorlarda sotilishi kerak.
Shunday qilib, xitoy milliy valyutasi barqarorligiga ta’sir qiluvchi tashqi
omillar natijasida Xitoy Xalq Banki katta miqdorda xorijiy valyutalarni sotib
olishga majbur bo‘lmoqda.
XXR valyuta siyosatini o‘rganish jarayonida quyidagi xulosalarga kelindi.
Xitoyda joriy operatsiyalar bo‘yicha cheklashlar yo‘q va boshqariladigan suzib
yuruvchi valyuta kursi rejimi amal qiladi, lekin amalda u belgilangan rejim
hisoblanadi. Mamlakatda valyuta mablag‘larini chet elga chiqib ketishini oldini
olish va eksport-import operatsiyalarini o‘tkazish jarayonida valyuta mablag‘lari
harakatini nazorat qiluvchi instrument sifatida eksport va import bo‘yicha valyuta
nazorati tizimi amal qiladi. Xorijiy investitsiyalar ustidan qattiq nazorat olib
boriladi va buning natijasida mamlakatdan investitsiyalangan kapitalning chiqib
ketish imkoniyati deyarli yo‘q. Buni quyidagicha izohlashimiz mumkin, mamlakat
ichida xorijiy investitsiyalar ishtirokida ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan
chetga sotiladi va ishlab chiqarish omillari qiymati Xitoyda qoladi. Mamlakatda
fond bozorlariga xorijiy investitsiyalarni kiritish cheklangan. Xitoyning milliy
valyutasini to‘liq konvertatsiyalashga harakati natijasida yuan tashqi savdoda keng
foydalanilmoqda. Xitoy valyutasining chetga chiqishi oxirgi yillarda katta
sur’atlarda o‘sgan pul massasining qisqarishiga va inflyatsiya sur’atlarining
maqbul darajada bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Xitoy misolida o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari valyuta siyosatini va
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosati evolyutsiyasini o‘rganish
asosida quyidagi xulosalarga kelindi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, mamlakat valyuta siyosati bozor
munosabatlariga o‘tishda bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi: valyuta boshqaruvi
sohasidagi
katta
cheklovlardan
ushbu
sohadagi
maksimal
darajadagi
liberallashuvgacha. Turli mamlakatlardagi iqtisodiy holatning, ularning
mahsulotlari raqobatbardoshlik darajasi va davlat tashqi savdo strukturasi
turlichaligini hisobga olgan holda, hamma mamlakatlardagi valyuta siyosati bir
biridan farqlanishini aytishimiz mumkin.
Iqtisodiy o‘sish nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlar uchun kapital harakati borasidagi cheklovlarni minimum darajaga
keltirish foydali hisoblanadi. Chunki bu mamlakatlarda kapital ko‘pligi sababli