Bog'liq 30. Valyuta kursi, to\'lov balansi va uning taqchilligi
Valyuta kursi, to’lov balansi va uning taqchilligi . 592
1999 yil naqd pulsiz shakldagi yevro muomalaga kiritildi. Tashkil etilgan
Yevropa markaziy banki hozirda yagona pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi,
yevropa pul belgilarini muomalaga chiqaruvchi organga aylandi: u yevroni
dollarga va boshqa valyutalarga nisbatan kursini, yevrokreditlar bo‘yicha foiz
stavkasini, Yevropa qimmatli qog‘ozlarini sotish va sotib olish shartlarini
belgilaydi.
2002
yildan
boshlab
hamma
schetlar rasmiy kurs bo‘yicha yevroga
konvertatsiyalandi. Shu vaqtdan boshlab
oldingi milliy pul birliklari o‘rnini
egallovchi yangi yevro banknotalari va
tangalari muomalaga kiritildi. Yana yarim
yildan so‘ng yevro banknota va tangalari
yevroga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda
qonuniy to‘lov vositasiga aylandi.
Muomalaga
yevroning
kiritilishi
bilan
a’zo
mamlakatlarga
ma’lum
vazifalar yuklatildi. Ushbu valyuta yevro
zonasi ichidagi tashqi iqtisodiy faoliyat
bo‘yicha operatsiyalarni osonlashtirishi kerak edi. Yevroga a’zo bo‘lmagan boshqa
mamlakatlarda ham kelajakda o‘zlarining tashqi savdo operatsiyalarini yagona
yevropa valyutasida hisob kitob qilishi mumkinligi taxmin qilingan. Bu tadbirlar
yangi yevropa valyutasi barqarorligiga hissa qo‘shishi va tashqi savdo
operatsiyalarining katta qismi amalga oshiriladigan AQSh dollari bilan raqobatni
yuzaga keltirishi kerak edi.
Yevroni xalqaro hisob-kitoblarda, kredit munosabatlarida, moliya bozoridagi
operatsiyalarda ishlatilishi uning mamlakat valyuta zahiralari tarkibida o‘z o‘rnini
egallashiga olib keladi. Shu bilan birga dollarning xukmronligi kamayishi va
boshqa valyuta tizimlariga o‘tish kutilgan. Hozirgi paytda mamlakatlar valyuta
zahiralarida yevroning hissasi ko‘payib dollarniki kamaymoqda.
Ushbu valyuta dastlab faqat naqd pulsiz hisob kitoblarda ishlatilishi yevro
kursini asosiy jahon valyutalariga va birinchi navbatda AQSh dollariga nisbatan
tushish tendensiyasi kuzatildi. Buning sababi yevro zonasiga kiruvchi
mamlakatlarning rivojlanish darajasi turlicha hisoblanadi. Masalan Germaniya,
Fransiya va Italiya yuqori rivojlangan va Portugaliya, Ispaniya kamroq rivojlangan
mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu mamlakatlar YaIM xajmi va aholi jon boshiga
to‘g‘ri keluvchi YaIM miqdori darajasiga ko‘ra farqlanadi. Ushbu mamlakatlarda
ish haqi darajasi, narx darajasi va inflyatsiya sur’atlari bo‘yicha ham katta farq
mavjud. Bundan tashqari, yevro kursining tushish tendensiyasiga Yevroittifoq
ichidagi va tashqarisidagi aholining ushbu valyutaga bo‘lgan ishonchsizligi ta’sir
qildi.
Ushbu omillar ta’sirida yevropa valyutasi qiymatining uzoq vaqt davomida
tushishi muomalaga naqd yevro pullarning kiritilishi bilan to‘xtatildi. Naqd pulsiz