Ularni saqlash muddatlari
«Tvorog qiymali chuchvara» taomining yarim tayyor mahsulotlari yarimdumaloq gumma shaklida, chetlari yaxshi bekitilgan, yopishib qolmagan, shakli buzilmagan (deformatsiyalanmagan) boimogi kerak. Xamiming qalinligi 2-3 mm dan oshmasligi lozim. Chuchvaraning o‘rtacha vazni ko‘pi bilan 12-14 g yoki 20-25 g boimogi zarur. Qaynatib pishirilgandan keyin chuchvaralar shaklini saqlab qolishi quyuq-suyuqligi bir xilda yumshoq va mayin bo‘lishi darkor. Ulaming rangi sariq tusli oq, sirti esa yog‘dan yaltirab turadigan bo‘lmog‘i kerak. Begona taomlar va hidlar bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Chuchvaralarning mazasi me’yorida shirin, kislotasiz bo‘lishi lozim.
«Tez pishiriladigan tvorogli chuchvara» taomining yarim tayyor mahsulotlari silindr, rombcha, kvadratcha yoki doiracha shaklida, shakli buzilmagan va bir-biriga yopishib qolmagan bo‘lmog‘i zarur. Mahsulotning vazni 15 g.
Sirniklarning shakli to‘g‘ri dumaloq, rangi oltindek sariq, kuygan joylarsiz, sirti tekis, yorilmagan, quyuq-suyuqligi - yumshoq, qiymasi bir jinsli bo‘lishi, ichida zarralar bo‘lmasligi darkor. Ulardan tvorog hidi kelib turishi, ta’mi nordon-shirin bo‘lmog‘i kerak.
Tvorog zapekankalarning sirti silliq, yorilmagan, bir tekis qizil qobiq bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Kesilgan joyidagi rangi oq yoki sariq, mazasi nordon-shirin bo‘lmog‘i lozim. Tvorog mahsulotlarda taxir qo‘shimcha ta’m, aynigan hid, suyuq konsistensiya, kuchli kislotalilik bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tvorogdan qilingan yarim tayyor mahsulotlar va taomlar 0-6 °C haroratda saqlanadi. Tvorogli chuchvaralar, sirniklar suzib berilgunga qadar iliq joyda ko‘pi bilan 15 min, pudinglar 30 min, zapekankalar esa 1 soat saqlab turiladi. Tvorog va tvorog aralashmasi (qiyma) oksidlanmaydigan idishda, qopqog‘ini yopib, sovitkichda 6-24 soat saqlab turiladi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Tvorog tarkibida qanday oziq moddalar bor? U nima uchun ovqatlanishda zarur bo'ladi?
Tvorog aralashmasi (qiyma) tarkibiga qaysi mahsulotlar kiradi?
«Tvorog qiymali chuchvara» taomini tayyorlashning texnologik chizmasini tuzing. U tez pishiriladigan tvorogli chuchvaradan nimasi bilan farq qiladi?
Quyidagi masalliqlar: tvorog, bug‘doy uni, tuxum, shakar, tuz, sariyog1, smetana to'plamidan foydalanib qanday ovqatlar tayyorlash mumkin? Ana shu taomlarni tayyorlashning texnologik chizmasini tuzing.
Tvorogli puding qay tarzda tayyorlanadi va suzib beriladi? U tvorogli zapekankadan nimasi bilan ajralib turadi?
«Tvorogli sirnik» va «tvorogli zapekanka» taomlari sifatiga qanday talablar qo'yiladi?
Tvorogdan tayyorlangan ovqatlami saqlash muddatlari qancha?
Do'stlaringiz bilan baham: |