Sovuq taomlarni tayyorlash texnologiyasi
Yaxna taom va tamaddilar oqatlanishda eng birinchi iste’mol qilinadigan g‘oyat ishtahabaxsh taomlardir. Yaxna taomlar, asosan, yangi sabzavotlardan tayyorlanishi sababli darmon- dorilarga, mineral moddalarga, organik kislotalarga boy bo‘ladi. Yaxna taomlar ishtaha ochishda, oshqozondan shirani ajratib, ovqatni hazm qilishda, ichak faoliyatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Yaxna taom va tamaddilar tashqi ko'rinishi, turli ranglarda bo‘lishi, chiroyli shakllarda bezatilishi, xushbo‘y hid va ta’m bilan boshqa taomlardan ajralib turadi, dasturxon ko'rki hisoblanadi.
Yaxna taomlar bilan yaxna tamaddilar o‘rtasida katta farq yo‘q. Tamaddining miqdori yaxna taomga qaraganda ozroq bo'lib, faqat asosiy masalliqdan iborat bo‘ladi. Yaxna taom va tamaddilar tayyorlash usuli, masalliqlarning ishlatilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: sabzavotlardan tayyorlanadigan salat va vinegretlar; go‘shtdan tayyorlanadigan salatlar; baliqdan tayyorlanadigan salatlar; buterbrodlar.
Yaxna taomlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular tayyor- langandan so‘ng issiqlik ishlovi berilmaydi. Shuning uchun ularni tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi. Yaxna taomlarni dasturxonga tortishda harorati + 12 —14°C daraja bo‘lishi kerak.
Yaxna taom tayyorlash uchun mo'ljallangan barcha masal- liqlarga birlamchi ishlov beriladi: saralanadi, archiladi, yuvila- di, to‘g‘raladi, ba’zilari pishiriladi va sovitiladi.
Karam, sabzi, bodring, pomidor, turp, rediska, ko‘k piyoz, ko‘katlar, sarimsoq piyoz xomligicha ishlatiladi. Kartoshka, lavlagi, sabzi kabi sabzavotlar po‘chog‘i archilmay qaynatib pishiriladi va taom tayyorlash oldidan archib to‘g‘raladi. Go‘sht qaynatib pishirib, sovitiladi. Kolbasa bilan pishloqning sirti pishirilgandan keyin chuchvaralar shaklini saqlab qolishi quyuq-suyuqligi bir xilda yumshoq va mayin bo‘lishi darkor. Ulaming rangi sariq tusli oq, sirti esa yog‘dan yaltirab turadigan bo‘lmog‘i kerak. Begona taomlar va hidlar bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Chuchvaralarning mazasi me’yorida shirin, kislotasiz bo‘lishi lozim.
«Tez pishiriladigan tvorogli chuchvara» taomining yarim tayyor mahsulotlari silindr, rombcha, kvadratcha yoki doiracha shaklida, shakli buzilmagan va bir-biriga yopishib qolmagan bo‘lmog‘i zarur. Mahsulot- ning vazni 15 g.
Sirniklarning shakli to‘g‘ri dumaloq, rangi oltindek sariq, kuygan joylarsiz, sirti tekis, yorilmagan, quyuq-suyuqligi - yumshoq, qiymasi bir jinsli bo‘lishi, ichida zarralar bo‘lmasligi darkor. Ulardan tvorog hidi kelib turishi, ta’mi nordon-shirin bo‘lmog‘i kerak.
Tvorog zapekankalarning sirti silliq, yorilmagan, bir tekis qizil qobiq bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Kesilgan joyidagi rangi oq yoki sariq, mazasi nordon-shirin bo‘lmog‘i lozim. Tvorog mahsulotlarda taxir qo‘shimcha ta’m, aynigan hid, suyuq konsistensiya, kuchli kislotalilik bo‘lishiga yo‘1 qo‘yilmaydi.
Tvorogdan qilingan yarim tayyor mahsulotlar va taomlar 0-6 °C haroratda saqlanadi. Tvorogli chuchvaralar, simiklar suzib berilgunga qadar iliq joyda ko‘pi bilan 15 min, pudinglar 30 min, zapekankalar esa 1 soat saqlab turiladi. Tvorog va tvorog aralashmasi (qiyma) oksidlanmaydigan idishda, qopqog‘ini yopib, sovitkichda 6-24 soat saqlab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |