Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/99
Sana13.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#359339
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99
Bog'liq
dasturiy loyihalarni boshqarish

1.3.3.
 
Guruh kommunikatsiyasi 
 
Guruh  azolari  bir-biri  bilan  va  loyihaga  ta‘alluqli  boshqa  shaxslar  bilan 
samarali  muloqat  qilishi  juda  muhum  ahamiyatga  ega.  Guruh  azolari  o‘zlarining 
ishi  holati,  bajarilgan  loyiha  va  avvalgi  loyiha  qarorlaridagi  o‘zgarishlar  haqidagi 
axborot  bilan  almashish  kerak.  ular  paydo  bo‘lgan  muammolarni  boshqa  tegishli 
shaxslar  bilan  yechimini  topishlari  kerak  va  bu  shaxslarga  tizimda,  guruh  va 
yetkazib  berish  rejasidagi  o‘zgarishlar  haqida  xabar  berishlari  kerak.  Yaxshi 
kommunikatsiya guruhning hamkorlikda ishlash qobilyatini kuchaytirishga yordam 
beradi.  Guruh  azolari  guruhdagi  boshqa  odamlarning  maqsadlari,  kuchli  va  zaif 
tomonlari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. 
Kommunikatsiyaga samarali va samarasiz ta‘sir etuvchi omillar: 
1.
 
 
Guruh  o‘lchami. 
Guruh  kattalashgan  sari  uning  qatnashchilari  uchun 
samarali  muloqatta  bo‘lish  qiyinlashad.  Guruh  o‘lchami  n  bo‘lganda  bir 
tomonlama  aloqa  liniyalar  miqdori  n*(n-1)  ga  teng  bo‘ladi,  demak  guruhda  8  ta 
qatnashchi  bo‘lsa  kommunikatsiya  yo‘llari  56  teng  bo‘ladi.  Bu  degani  bazi 


34 
 
odamlar  bir-biri  bilam  kam  muloqatta  bo‘ladi.  Guruhdagi  qatnashchilarning 
maqomidagi  farqlar  natijasida  aloqalar  ko‘’pincha  bir  taraflama  bo‘ladi. 
Boshqaruvchi  va  tajribali  muhandislar  tajribasi  kamroq  muloqatta  o‘zini  bilimli 
deb xisoblab, suxbatdan bosh tortishi yoki tanqidiy fikirlar bildirishi mumkin.
 
2.
 
Guruh  tuzilmasi. 
Norasmiy  tuzilmali  guruhlardagi  odamlar  rasmiy 
ierarxik tuzilmaga ega bo‘lgan guruhlardagi odamlarga nisbatan samarali muloqat 
qilishadi.  Iierarxik  guruhlarda  aloqa  ierarxiya  bo‘yicha  tepaga  yoki  pastga  qarab 
amalga  oshiriladi.  Bitta  qatlamdagi  odamlar  bir-birlari  bilan  gaplashmastligi  ham 
munkun. Bir necha guruhda yaratilayotgan katta loyihada bu muammo tug‘dirishi 
mumkin.  Har-xil  osti  tizimlarda  ishlayotgan  odamlar  boshqaruvchilar  orqali 
muloqatta bo‘lishsa bu yerda ushlanish ba tushunmovchiliklar paydo bo‘lishi havfi 
katta. 
3.
 
Guruh  tarkibi.
  Birxil  shaxs  turidagi  odamlar  (1.2  bo‘limda  muhokama 
qilingan) to‘qanash kelishi mumkin va natijada aloqa uzilishi mumkin. Shuningdek 
birxil jinslik guruhlarga nisbatan har-xil jinslik guruhlarda muloqat yaxshi bo‘ladi 
(Marshall  va  Heslin  1975).  Ayollar  ko‘pincha  erkaklarga  nisbatan  kirishiliroq 
bo‘lishadi  va  o‘’zaro  muloqat  dispechirlari  hamda  guruh  yordamchilari  vazifasini 
bajarishlari mumkin.
 
4.
 
Jismoniy  ish  muhiti.
  Ish  joyini  tashkillanishi  muloqatni  yengillashtirish 
yoki  man  etishi  asosiy  omildur.  Ko‘proq  axborot  olish  uchun  elektron  kitobni 
ko‘ring(
http://www.SoftwareEngineering.com/Web/Management/workspace.html

5.
 
Ruxsat  etilgan  aloqa  kanallari.
  Aloqaning  ko‘plab  har-xil  shakillari 
mavjud  –  yuzma  –  yuz,  elektron  hatlar,  rasmiy  hujjatlar,  telefon  va  WEB  2 
texnologiyalar (ishtimoiy tarmoq va wikis). Loyiha guruhlari brogan sari tarqalgan 
bo‘lib  jamoa  azolari  masofadan  ishlayotgani  uchun  siz  aloqani  yengllashtirish 
uchun texnalogiyalar diapazonidan foydalanishingiz kerak. 
Loyiha boshqaruvchilari odatda tig‘iz vaqtda ishlashadi, shuning uchun ko‘p 
vaqt talab qilmaydigan aloqa kanallarini ishlatishlari mumkin. Shuning uchun ular 
axborotni  uzatish,  xodimlarni  to‘plash  va  mijozlarni  toppish  uchun  uchrashuv  va 
rasmiy  hujjatlardan  foydalanish  mumkin.  Bu  usul  loyiha  boshqaruchisi  nuqtaiy 


35 
 
nazaridan  aloqa  o‘rnatishga  samaralik  yondashuv  xisoblansa  ham,  amalda  doim 
ham  samara  keltirmaydi.  Ko‘p  hallarda  odamlar  jiddiy  sabablarga  ko‘ra 
uchrashuvlarga  kelmasligi  mumkin  va  taqdimotni  ko‘rmaydilar.  Katta  hajmdagi 
hujjatlar  ko‘pincha  o‘qilmaydi  chunki  o‘quvchilar  hujjatlar  ahamiyatga  ega 
ekanligini  bilishmaydi.  Bitta  hujjatning  bir  nechta  turlari  bo‘lgandan  keyin 
o‘quvchilar undagi o‘zgarishlarini anglashlari qiyin bo‘ladi. 
Samaralik kommunikatsiyaga erishildi deb aloqa ikki tomonlama bo‘lganda 
va  undagi  odamlar  muammo  va  axborotni  muhokama  qilishi  ham  taklif  va 
muammolar o‘zaro mos kelishi o‘rnatilganda aytish mumkin. Bularga uchrashuvlar 
orqali  erishish  ham  mumkin.  Lekin    ular  ko‘pincha  amaldor  shaxslar  qo‘l  ostida 
bo‘ladi.  Oldindan  ogoohlantirmasdan  uchrashuvlar  o‘tkazish  naf  bermaydi. 
Borgansari  loyiha  guruhlari  masofadagi  qatnashchilarni  o‘z  ichiga  olmoqda,  bu 
ham uchrashuvlarni uyushtirishda muammo tug‘diradi. 
Bu  muammolarni  oldini  olish  uchun  siz  axborot  almashuvini  ta‘minlash 
uchun  wikis  va  bloglar  kabi  web  texnologiyalardan  foydalanishingiz  mumkin. 
Wikis  hamkorlikda  hujjatlarni  yaratish  hamda  muharirlash  uchun  imkoniyat 
yaratadi,  bloglarda  guruh  azolari  savol  va  izohlardan  iborat  bo‘lgan 
muhakamalarni olib borishlari mumkin. Wikis va bloglar joylashgan joyidan qatiy 
nazar  loyiha  qatnashchilari  va  unga  ta‘luqli  shaxslarga  axborot  almashuvini 
ta‘minlaydi.  Ular  axborotni  boshqarishga  va  elektron  pochta  orqali  amalga 
oshiriladigan  muhokama  mavzularini  ajratishga  yordam  beradi.  Shuningdek  siz 
birorta  muammoni  hal  etishni  muhokama  qilishga  extiyoj  sezilganda  xabarlar 
almashuvi yoki telekonferensiyadan foydalanishingiz mumkin. 
Asosiy fikirlar: 

 
Dasturlash  loyihalari  rejaga  asosan  va  budjetdan  chiqmagan  holda 
bajarilishi  uchun  dasturiy  ta‘minot  loyihasini  yaxshi  boshqarish  katta  ahamiyatga 
ega. 

 
Dasturiy  ta‘minotni  boshqaruvi  boshqa  texnik  boshqaruvdan  farq  qiladi. 
Dasturiy  ta‘minot  mavhum.  Loyihalar  yabgi  yoki  innovatsion  bo‘lishi  mumkin 
shuning  uchun  ularni  boshqarishda  tajribasi  bo‘lmasligi  mumkin.  Dasturiy 


36 
 
ta‘minot  jarayonlari  ishlab  chiqarishning  odatiy  jarayonlari  kabi  rivojlangan 
bolmasligi mumkin. 

 
Havf-hatar 
boshqaruvi 
hozirda 
loyiha 
boshqaruvining 
muhim 
vazifalaridan biri deb tan olingan. 

 
Havf-hatar boshqaruvi bosh loyihani havf-hatarlarini identifikatsiya qilish 
va  baxolashni,  havf-hatarlar  paydo  bo‘lish  extimoli  va  paydo  bo‘lsa  loyihaga 
ta‘sirini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Siz extimoli bor havf-hatarlarni oldini olishni, 
bartaraf etishni rejalashtirish kerak. 

 
Odamlarni shaxsiy rivojlanishga boshqaruvchilar va kasbdoshlar undaydi. 

 
Dasturiy  ta‘minot  yaratuvchi  guruh  azolari  soni  kam  bo‘lishi  va  o‘zaro 
aloqalari kuchli bo‘lishi lozim. Guruh samaradorligiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar 
– guruhdagi odamlar, guruh tashkillanishi shakli va guruh azolari o‘rtasidagi aloqa. 

 
Guruh  ichidagi  aloqalar  guruh  qatnashchilarining  maqomi,  guruh 
o‘lchami, guruhning gender tarkibi, shaxs turlari va ruxsat etilgan aloqa kanallari 
kabi omillar ta‘sirida o‘rnatiladi. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish