Chaqiriq bosqichining ahamiyati shundan iboratki, unda yangi bilimlar, o`zi mustaqil tanlagan maqsad uchun intilish anchagina kuchli bo`ladi. Chaqiriq bosqichida faoliyatning bir nechta bilim beruvchi muhim turlari amalga oshiriladi. Birinchidan, o`rganuvchi mazkur mavzu to`g`risida bilganlarini tiklashda faol ishtirok etadi. Bu esa uni o`z bilimlarini tahlil qilishga va tez orada batafsil ko`rib chiqiladigan mavzu haqida o`ylashni boshlashga majbur etadi. Boshqa ikkita bosqich tushuntirilganidan keyin dastlabki harakatning ahamiyati ravshanroq bo`ladi.
O`quvchilarni bilganlari to`g`risida o`ylashlariga ko`maklashish, qiziqish uyg`otish amalga oshadi. O`quvchilar yangi bilimlar qo`shilishi mumkin bo`lgan o`z bilimlarining darajasini aniqlaydi. Agar bilim odam bilgan va tushunganlar kontekstida olingan bo`lsa, puxta bo`ladi. Agar axborot o`quvchiga oldingi bilimlar bilan bog`lanmasdan berilsa, u tez yo`qolib ketadi.
Talim jarayoni yangilarni malum bo`lganlar bilan bog`lash jarayonidir.O`quvchining yangi tasavvurlari ilgarigi bilimlari va tasavvurlari asosida quriladi. O`quvchilarga ilgarigi bilim va tasavvurlarini tiklashga yordam berib, yangi axborotlarni uzoq muddatga tushunish uchun keng asoslar yaratish mumkin.
Chaqiriq bosqichining ikkinchi maqsadi o`rganayotganlarni faollashtirishdan iboratdir. Talim intilishtalab etadigan aktiv faoliyatdir.
O`quvchilar yangi axborotni ongli, puxta tushunishlari va yangi axborotga tanqidiy yondashishlari uchun talim jarayonida faol qatnashishlari kerak. O`quvchi belgilangan maqsad asosida o`ylab, tafakkurlarini o`z so`zlari bilan ifodalash orqali faollashadi. Bilimlarni namoyish qilish (o`ziga va sherigiga) og`zaki yoki yozma nutq yordamida, faol tafakkur orqali sodir bo`ladi. Shunday qilib, ilgari olingan bilimlar anglash darajasiga olib chiqiladi. Endi ular yangi bilimlarni o`zlashtirish uchun negiz bo`lishi mumkin. Bu esa o`quvchilarga yangi axborotni avval bilganlari bilan samarali bog`lashga imkoniyat beradi, chunki chunki tushunish uchun kontekst paydo bo`ldi.
Chaqiriq bosqichining uchinchi maqsadi bundataklif etilgan mavzuni ko`rib chiqishga qiziqish tug`diriladi va maqsad aniqlanadi. Qiziqish va maqsadning bo`lishi o`quvchilarning faolligini yanada oshiradi. Maqsadni aniqlash talimda eng muhimdir.
Maqsad ikki xil bo`ladi: o`qituvchi tomonidan yoki taklif etilgan matnda qo`yilgan maqsad va o`quvchi mustaqil ravishda tanlab olgan maqsad. Mustaqil ravishda tanlangan maqsadlar, tashqaridan majburiy kiritilgan maqsadlardan kuchliroq bo`ladi. Shaxsiy qiziqish shaxsiy maqsadni belgilaydi. Agar barqaror qiziqish bo`lmasa, o`kuv faoliyatining motivatsiyasi pasayadi. Umuman olganda o`quvchi o`z savollariga javob olishi orqali haqiqiy tushunishga erishadi.