Va inregrasiy


-ma’ruza. Boshlang`ich ta’limni tashkil etish shakllari va turlari



Download 5,83 Mb.
bet30/90
Sana01.05.2022
Hajmi5,83 Mb.
#601183
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
Bog'liq
Pedagogika maruza

7-ma’ruza. Boshlang`ich ta’limni tashkil etish shakllari va turlari.
Reja:
1. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari;
2. Ta’limni tashkil etishning shakllari: asosiy, qo`shimcha va yordamchi; frontal, individual, guruhiy;


1. Ta’limni tashkil etish shakllarining tarixiy asoslari. Ta’lim mazmunini o`zlashtirish bo`yicha o`quvchilarning faoliyati unga taьsir etuvchi faktorlar (taьlimning maqsad va vazifalari;o`quvchilar soni; alohida o`quv muassasining o`ziga xosligi; o`quvchilarning o`quv ishlari vaqti va joyi; darslik va o`quv qo`llanmalari bilan ta’minlanganligi) xarakteridan kelib chiqib turli shakllarda amalga oshiriladi. Didaktikada ta’lim tashkil etish shakllariga ta’rif berishda quyidagicha qoida qabul qilingan: “O`quvchilarning o`quv faoliyatini tashkil etish vaqtida o`qituvchining faoliyati bilan o`zaro bog`langan o`quv jarayonining eng muhim tarkibiy qismi (O.N.Maksimov)” “Aniq boshqaruvga oldindan belgilangan tartib va rejimlarga asoslangan o`quvchi va o`qituvchilarning birgalikdagi faoliyati” (I.A.Lerner) va boshqalar.
Pedagogika va ta’lim tarixida ta’limni tashkil etishning 3 asosiy tizimi o`rin olgan: individual, sinf-dars, lektsiya-seminar tizimi.
Individual ta’lim tizimi ibtidoiy jamoa tuzumida bir odam boshqasiga, kattalar yoshlarga o`z tajribasini o`rgatishi asosida paydo bo`lgan. Yozuv paydo bo`lishi bilan o`rgatuvchi ular bilan shug`ullanib, o`z fikrlarini belgilar vositasida ifodalagan. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi va ta’lim oluvchilar guruhining o`sishi individal ta’limi tizimini individual guruhiy ta’lim tizimiga aylantirgan. Bunda o`qituvchi 10-15 ta o`qituvchini individual o`qitgan. Dastlab o`qituvchi materialni bittasiga bayon etgan. Unga mustaqil ishlash uchun topshiriqni bergan. So`ng boshqasiga xuddi shunday davom etgan.
O`rta asrlarda ta’lim oluvchilar sonining o`sishi bilan bog`liqlikda bir yoshdagi bolalarni guruhlarga taqsimlash imkoniyati paydo bo`ldi. Bu ta’limni tashkil etishning samaraliroq tizimini yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu XVII asrda Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan sinf-dars tizimi bo`ladi. Ya.A.Komenskiy o`z zamonasining taraqqiyparvar maktablari tajribasini umumlashtirib, sinf-dars tizimini nazariy asoslab berdi. Uning mohiyati quyidagilardan iborat:
1) o`quvchilar yoshlari va tayyorgarlik darajalariga ko`ra sinflarga guruhlanadilar va umumiy ishni bajaradilar.
2) o`quv predmetining mazmuni va bir qator bo`lim va temalar esa bir qator baravar va izchil joylashtirilgan qismlarga ajratilib, ular birin-ketin ma’lum jadval bo`yicha keladilar.
3) darslar tanaffuslar bilan olib boriladi. 4. metodik jihatdan darslar 3 tarkibiy qismdan iborat bo`lishi kerak: boshlanishi (o`qituvchi savollar yordamida avval o`rganilganlarni o`quvchilarning xotirasida tiklaydi va o`tilganlarni qisqa bayon etadi), davomiyligi (o`qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi), tugashi (yakuniy o`quvchilar eshitganlarini mustahkamlaydi va mashqlar bajaradilar).
Dastlabki universitetlar paydo bo`lgan davrdayoq ta’limning lektsiya-seminar tizimi yaratilgan. U yaratilgan davrdan hozirgacha amaliy o`zgarishlarga uchramadi. Lektsiya-seminar tizimida asosiy shakllar lektsiya va seminarlardir. Unga shuningdek, o`quv jarayonini alohida zvenolarga bo`lishi va har bir zvenoda o`quv jarayonining ixtisoslashgan formalari (lektsiyalar, seminarlar, amaliy mashg`ulotlar, kollokvium) ning bo`lishi xarakterlidir. O`qitishning bu tizimida turli o`quv guruhlari - potoklar, guruhlar, kichik guruhchalar tashkil qilinadi. Bundan tashqari ayrim ta’lim oluvchilar individual plan bo`yicha shug`ullanishlari mumkin.
Lektsiya-seminar tizimining o`z kamchiliklari va afzalliklari bor. Uning kamchiligi o`qituvchining o`quvchilardan ma’lum darajada uzoqlashganidir. Shu bilan birga o`qitishning chuqurligi, ilmiyligi, eng yaxshi texnik jihozlanganlik, tejamkorlik ta’minlanadi. O`qitishning bu tizimi o`rta-maxsus kasb-hunar ta’limi va oliy o`quv yurtlari uchun xarakterlidir.

Download 5,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish