3. Darsni tayyorlash va o`tkazish. Zamonaviy darsga quyilayotgan yuksak talablar o`qituvchini har bir darsga juda va puxta o`ylab tayyorlanishga majbur qiladi. Har bir darsga puxta tayyorlanishning sababi o`kuvchilar tarkibining o`zgarayotganligi, akselerattsiya jarayonlarining kuchayuvi, informatsiyalarning sel”dek oqib kelayotganligi, turli mafkuraviy poligonlarning paydo bo`layotganligi, ish sharoitlarining ham o`zgarayotganligi, talimda yangi innovatsion va axborot texnologiyalaridan keng foydalanilayotganligidadir. Ammo, o`qituvchining har bir alohida darsga tayyorlanish, uning o`z o`kuv ishiga tayyorlanish tizimining bir qismi, xolos.
Bu tizim: 1) o`qituvchining o`z predmeti bo`yicha butun kurs yuzasidan tayyorlanishi; 2) o`quv dasturining har bir mavzusiga tayyorlanish; 3) har bir darsga tayyorlanishni ichiga oladi.
Har bir alohida darsga tayyorlanishda o`qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi: mavzuni aniqlaydi va dars vazifalarini konkretlashtiradi;
O`quv materiali mazmunini ajratadi va uni didaktik jihatdan ishlab chiqadi(etakchi tushuncha, qonuniyat, fakt va amaliy malumotlarni ajratadi); ilgari o`rganilgan bilan bog`lanishni, mazmunni joylashtirish mantiqini nazarda tutadi;
O`quvchilarning o`quv- bilish faoliyatlari xarakterini aniqlaydi, yani qanday ko`nikma va malakalar shakllanishini, reproduktiv va izlanish faoliyati, mustaqil ish va o`qituvchining roli o`rtasidagi nisbat qanday bo`lishini o`ylab quyadi. Shu shakllarni ishlab chiqadi, dars qismlarini ajratadi.
O`qitish metodlari: masala, mashq, muammoli savollar, topshiriqlarni tanlaydi va aniqlaydi. O`qitishning TV tanlaydi va tekshiradi.
Butun dars jarayonini rejalashtiradi.
Yaxshi tayyorlangan darsni yana uyushgan holda aniq va samarali o`tkaza bilish ham kerak. Bunda quyilagi qoidalarga amal qilish lozim:
1) darsni aniq va uyushgan holda boshlash, buning uchun esa darsga hamma narsa oldindan tayyorlangan bo`lishi kerak;
2) o`quvchilar etiborini dars mazmuniga qarata bilish va uni butun dars davomida o`quchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirib saqlay bilish.
3) darsda vaqtdan oqilona foydalanish;
4) o`z hatti harakatini kuzatish. G`oyaviy etiqod, yuksak ahloqiylik va madaniyat, gapirish va talab qilish, rag`batlantirish, o`kuvchilarga murojaat qilish uslubi bularning barchasi o`qituvchi faoliyatining uslubini belgilaydi, hamda o`kuvchilarning zo`r berib ishlashi yoki o`ta emotsional qo`g`oluvchanligini istisno qiladi.
5) darsda tadbirkorlikni namoyish qilish yuzaga kelgan sharoitni darsni o`tkazish sharoitlaridagi o`zgarishlarni hisobga olish zarur.
Adabiyotlar:
1. Pedagogika. A.Q.Minavarov tahriri ostida. T., O`qituvchi, 1994 .
2. Pedagogika. V.V.Belarusova va I.N. Resheten tah. Ost., T., 1990.
3. Obshaya pedagogika. Pod. red. V.A.Slastenin: V 2 ch M. : Vlados, 2003 g. ch.1.
4. Lixachev. V.G. Pedagogika. M., Yurayt, 2003.
5. Podlasiy I.P. Pedagogika. V 2-x knigax. 1-chastь. M. “Vlados” 2003.
Do'stlaringiz bilan baham: |