V-mavzu. Xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiyalash usullari


Ish vaqtining qisqarishi va vazifadagi o‘rindoshlik



Download 488,32 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana20.02.2022
Hajmi488,32 Kb.
#460267
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
5-maruza

Ish vaqtining qisqarishi va vazifadagi o‘rindoshlik. 
Ish vaqtining qisqartirilishi — kerakli miqdorda ish haqi to‘lanishining 
pasayib, ish haftasining kichrayishi, ya’ni ishdan bo‘shatish hollarini kamaytirish 
usullaridan biri. 
Vazifa miqdorining bo‘linishi (o‘rindoshlik) — bir ish joyidagi to‘liq ish 
vaqtining, qulaylik uchun, ikki xizmatchiga bo‘lib berilishi. 
Bajarilishi kerak bo‘lgan ish hajmi bilan, ma’lum bir xodim bajarishi mumkin 
va qulay bo‘lgan ish hajmi o‘rtasidagi tafovutlarni, hamda tashkilotdagi ma’naviy 
muhitni yaxshilash uchun, boshqa ikkita "qurol"dan foydalansa bo‘ladi. Iqtisodiy 
tanazzul vaqtida ko‘pincha qo‘llanadigan usul — ish vaqtini qisqartirish, har bir 
xodimning ish haftasidan "kesib olish" va shunga asosan, ish haqini bir oz 
kamaytirish — kompaniyaga mehnat zaxiralaridan foydalanishdagi ehtiyojlarining 
kamayib ketmasligi uchun xizmat qiladi. Vazifadagi o‘rindoshlik, ikki xodimga bir 
ish vaqtini, bir ish joyidagi ish haqi va mukofotni o‘zaro teng bo‘lish imkoniyatini 
beradi. 
Norvokvdagi (Konnektikut shtati) "Hiller Real Estate Associates" 
kompaniyasi - tijorat, ishbilarmonlik operatsiyalari va xususiy mulkni boshqarish 
ishlari bilan shug‘ullanadi. Uyda ishlayotgan Pol Xills, o‘z ofisi va mijozlari bilan 
haftada 4 marta kompyuter, faks va telefon orqali bog‘lanib turadi. 
Ishchilarni ishdan bo‘shatish o‘rniga, kompaniya ish vaqtini qisqartirish 
usulidan foydalansa, natijada hamma yutgan bo‘ladi, xodimlar ishsiz qolib 
ketishlaridan cho‘chimay ko‘proq pul sarf qilishga tayyor bo‘ladilar. Ko‘p odamlar 
ishdan-ishga sakrash o‘rniga o‘z ish joylarida tinch ishlab yursalar, ular ishlab 
chiqarayotgan mahsulotning sifat darajasi ancha vaqtgacha yuqori bo‘ladi. Haftalik 
ish vaqtini qisqartirgan va ishi yurisha boshlagan firmalar, iste’molchilarning tobora 
o‘sayotgan talablariga tayyor turadilar, negaki ular ish miqdori kengaygani uchun 
yangi xodimlar taklif etib, ularni ish o‘rgatishga majbur bo‘lmaydilar. Bundan 
tashqari, iqtisodiy yuksalish ro‘y bergan davrda ishchilar ularning og‘ir kunida 
yordam bergan firmaning, "ish kunini uzaytirish" taklifini minnatdorchilik bilan 
qabul qiladilar. Bundan avvalgi uslubdan farqli o‘laroq, vazifadagi o‘rindoshlik 
uslubi, iqtisodiy sharoitga bog‘lanmagan holda, ya’ni ishlayotgan ota-onalar, 
o‘qiyotgan xodimlar va h.k. uchun kerak bo‘lganda qo‘llanishi mumkin. Bu usul, 
asosan, ma’lum bir davr mobaynida kompaniyada ishlab kelib, ish vaqtining 
kamaytirilishiga muhtoj bo‘lgan xodimlarga nisbatan qo‘llanadi, negaki, yaxshi 
xizmatchini yo‘qotib, yangisini olib o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchilikdan 
ko‘ra, o‘sha ish vaqtini ikkita ishchi o‘rtasida taqsimlab bergan afzalroqdir. 
Ofis mebellarini ishlab chiqarish bilan hammaga mashhur bo‘lgan, eng yirik 
kompaniyalardan biri - "Stillcase" kompaniyasida, bunday usul 1982 yildan beri 
qo‘llanib kelinadi. Mazkur kompaniya xizmatchilari, o‘z vazifalarini o‘rindoshlik 
bilan bo‘lib ishlash huquqiga, bir yil davomida to‘liq ish kunida ishlab berganlaridan 
keyingina ega bo‘ladilar, bunda ularning vazifasi nazorat va moliyaviy ma’suliyatga 
bog‘liq bo‘lmasligi lozim. Bunday xodimlar, birgalikda haftasiga 40 soat ishlab 
berishlari kerak, bunda ularning har biri oylik ish haqining 50% ni oladi. Masalan, 
o‘rindoshlik vazifasidagi ikkita ayol, haftasiga ikki yarim kun ishlab, har chorshanba 
kuni tushlik vaqtida uchrashib, o‘z ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashadilar. 


Hozirgi kunda, vazifadagi o‘rindoshlik uslubi xususiy biznesdan ko‘ra, davlat 
muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida keng tarqalgan. 1984 yilda, federal davlat 
xizmatchilarining nizomida ushbu "qurol"ga ilk bor alohida paragraf ajratilgan edi. 
Boshqa sohalarda bu usulning tarqalishi kuzatilmaydi. 

Download 488,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish