V amaliy mashg‘ulot materiallari 1-ish. Qadoqlash jarayonlarin asoslash tamoyillarini o‘rganish Amaliyotning maqsadi


YAshik-poddonlarning asosiy parametrlari va o‘lchamlari



Download 1,23 Mb.
bet4/25
Sana31.12.2021
Hajmi1,23 Mb.
#211124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Qadoqlash (amaliy) 2021 yil

YAshik-poddonlarning asosiy parametrlari va o‘lchamlari. (GOST 21133-87 bo‘yicha)

YAshik-poddon raqami

Gabarit o‘lchami, mm

Ichki o‘lchami, mm

Sig‘imi,

m3

Massasi,

kg

Brutto massasi,

tonna.

uzun-ligi

eni

bo‘yi

uzun-ligi

eni

bo‘yi










1

1240

835

750

1192

787

575

0,54

75

0,45

2

1240

835

910

1180

775

740

0,68

75

0,60

3

1240

835

880

1145

755

750

0,65

80

0,60

4

1240

835

900

1194

798

725

0,68

70

0,60

5

1240

860

930

1190

800

740

0,71

115

0,60

6

1240

900

1300

1212

828

1115

1,12

153

0,95

7

1240

835

1110

1150

740

935

0,80

115

0,70

8

1240

835

720

1150

740

580

0,50

75

0,45



2. Metalldan tayyorlangan qadoq idishlari suyuq, uchuvchan va boshqa konsistensiyadagi mahsulotlarni tashish va saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga bochkalar, flyagalar, bonkalar kiradi.

Metall idishlarning afzalliklari sifatida etarli darajada mexanik mustaxkamlik va ishlov berishning qulayligi bo‘lsa, kamchiligi sifatida karroziyaga uchrashi, tanqis bo‘lgan qalayning va qimmat laklarning ko‘p ishlatilishidir. Konservalashda ishlatiladigan tunuka bankalar shu soxada qo‘llaniladigan shisha bankalarga qaraganda 3 marotaba engil va harorat darajalariga ta’sirchan emasligi bilan ham farqlanadi.

Metalldan tayyorlangan iste’mol qadoqlari uchun asosiy material oq tunuka va alyuminiy hisoblanadi. Oq tunuka-qalinligi 0,2 dan 0,5 mm.gacha bo‘lgan yupqa zanglamaydigan po‘lat tunuka bo‘lib, iste’molga oid qadoq idishlari uchun yuqori plastikligi bilan ajralib turuvchi past uglerodli po‘latdan tayyorlangan tunukadan foydalaniladi.

Tunukaning zang bosishiga to‘sqinlik qilish maqsadiga uning ikki tomoni qalay bilan qoplanadi. Qalay bilan qoplangan tunuka yaltiroq toza yuzaga ega bo‘lib, qalayning havoga, suvga va eritilgan kislotalarga kimyoviy bardoshli bo‘lganligi sababli zanglashga yaxshi qarshilik ko‘rsata oladi. Lekin tunuka yuzasidagi qalayli qatlamning yaxlitligi buzilganda, hamda ushbu bizilgan uchastkada namlik ta’sirida qalay-temirli galьvanik juftlik hosil bo‘ladi va qalay bilan qoplangan tunuka tezlik bilan zanglay boshlaydi.

Tunika sirtiga qoplangan qalay miqdori tunuka idishning yaroqlilik muddatini belgilaydi. Asosan tunukani qalay bilan qoplashning 3 asosiy sinfi mavjud bo‘lib, tunukaning har tomoniga 1-sinfda 2,8 gr/m2, 2-sinfda 5,6 gr/m2, 3-sinfda 11,2 gr/m2 miqdorda qalay ishlatiladi. Qalayning qoplanish qalinligi 3-sinfda 1,5 mkm.ni tashkil etadi.

Qalay qoplangan tunukalardan qalayning kimyoviy muhit ta’sirida ko‘chib tushishining oldini olish maqsadida sirt yuzasi loklanadi.

Metalning kimyoviy muhit ta’sirida korroziyalanishi organik kislotalar, xususan shovul (oksalat), nitratlar, yarimfenollar, ba’zi bir aminlar, yarimfosfatlar, erkin yog‘ kislotalari tezlashtiradi.

Nitratlarning o‘g‘it sifatida keng qo‘llanilishi sababli, ular o‘simlik xom-ashyosi tarkibida yuqori miqdorda mavjud bo‘ladi va mahsulot tarkibida nitratlar konsentratsiyasining 52 mg/kg.mi tunuka yuzasidagi loklanmagan qalayli qatlamning emirilishiga etarli muhit yaratadi. Qalayli qatlamning emirilishi esa o‘z navbatida metallning korroziyalanishidan tashqari, mahsulot tarkibida qalay miqdorining 400 mg/kg.gacha, ya’ni bergilangan miqdordan 2 barobar ortib ketishiga olib keladi.

Metallga ta’sir etuvchi mahsulotlarga tuzlangan bodiring, sparja, yashil no‘xat va sabzi bo‘lib, bundan tashqari har qanday turdagi korroziyani banka ichida qolgan kislorod tezlashtirish xususiyatiga ega.

Konservalashda mahsulot tarkibida karroziyani tezlashtiruvchi katalizatorlarning mavjudligini hisobga olish lozim va shundan kelib chiqib qadoqlashda belgilangan sinfdagi tunukadan foydalanish zarur. Konservalardan tomat pastasi, tomatli sabzavot gazak konservalari, ismaloqli, lavlagi, sirkalangan sabzavot konservalari, olxuri, malina, olcha va gilos kampotlari, olma sharbati, tomat sousidagi baliq konservalari, marinadlangan baliq konservalari eng agressiv mahsulotlar hisoblanib ularning tarkibida karroziyani tezlashtiruvchi katalizatorlar sifatida organiq kislotalar, nitratlar,yarimfenollar, fenollar va aminlar katta miqdorda mavjuddir.

Kam agressiv mahsulotlarga qovushqoq konsistentiyaga ega bo‘lgan konservalar, qand bilan yoki qandsiz quyultirilgan sut, murabbolar, marmeladlar, qandli makkajo‘xori, yashil no‘xat, no‘xatli va tovuq sho‘rvalarni kiritishimiz mumkin.

O‘rta agressiv mahsulotlarga esa butun konservalangan tomatlar, tomat sharbati, tabiiy va moyda konservalangan baliq, guruch yoki ugra bilan ko‘shib konservalangan mol go‘shtini kiritishimiz mumkin.

Go‘sht, baliq va oqsilga boy bo‘lgan (yashil no‘xat va dukkaklilar) mahsulotlarni konservalashda, mahsulotni sterilizatsiya va saqlash jarayonida oq tunuka bilan reaksiyaga kirib qalay va temir sulьfidlarini hosil qiluvchi vodorod sulьfid va boshqa oltingugurtli birikmalar ajralib chiqadi.

Qalay sulьfidlari kuchsiz organiq kislotalar eritmalariga deyarli erimaydi va tunuka yuzasini keyingi korroziyalanishdan himoya qiladi. Bankaning ichki yuzasi och sariqdan binafsha rangacha bo‘lgan turli tusli dog‘lar bilan qoplanadi. Temir sulьfadi esa qoramtir ranga ega bo‘ladi. Agarda qalay va temir sulьfidlari mahsulot rangini o‘zgartirsa, bu yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan kamchilik hisoblanadi va bunday hodisa sulьfidli karroziya deyiladi.

SHuning uchun oq tunikaning har qanday karroziyaga bardoshliligini oshirish maqsadida uning sirti maxsus loklar bilan qoplanadi. Lokli qoplamalar qalayli qoplamalar bilan birgalikda yaxshi himoya xususiyatlarga ega bo‘lib, kamyob qalayni iqtisod qilishda, hamda qalay va temir sulьfidlarini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Maxsus loklarning qo‘llanilishi eng agressiv mahsulotlarni konservalash imkoniyatini yaratadi.

Maxsus loklarni olishda turli sintetik elimlar ishlatiladi, ulardan epoksifenolli elimlar yaxshi xususiyatlarga ega bo‘lib, bundan tashqari vinili va akrilli elimlar ham ishlatiladi.

Oq tunukadan tashqari qadoqlashda qora loklangan va xromlangan tunuka, hamda alyuminiydan foydalaniladi.

Konservalashda keng qo‘llaniladigan metallardan biri alyuminiydir, chunki u mahsulotning ta’mi, rangi va hidiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Alyuminiyning boshqa afzalliklariga uning engilligi, yaxshi issiqlik o‘tkazuvchanligi, ishlov berishga qulayligidir. Kamchiliklari sifatida ishlab chiqarish tannarxini qimmatligi, ya’ni oq tunukadan 3-4 baravar qimmatligini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Alyuminiy ko‘pgina konservalangan oziq-ovqat mahsulotlarining korroziyani hosil qilish xususiyati bardosh bo‘lmaganligi uchun uning sirti mahsus loklar bilan qo‘shimcha ravishda qoplanadi. Alyuminiy sirka va shovul kislotali, hamda xloridli eritmalar ta’sirida tezlik bilan karroziyalanish xususiyatiga ega bo‘lib, go‘shtli, baliqli, sutli, sabzavotlardan yashil no‘xat va sabzili muhitlarga barqaror bo‘lsa, tomatli, shpinat, shovul, karam va piyozli hom-ashyolar bilan aralashtirib tayyorlangan konserva mahsulotlariga esa barqaror emasdir. Oxirgi paytlarda alyuminiyning inson organizmiga salbiy ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda, hamda Evropa mamlakatlarida oziq-ovqat mahsulotlarini ushbu materialdan tayyorlangan idishlarga qadoqlab saqlash to‘xtatilgan. Qadoqlashda alyuminiydan foydalanilgan taqdirda uning sirti albatta maxsus loklar bilan qoplanishi talab etiladi.

Konservalashda qo‘llaniladigan metall bankalar shakli jixatidan ko‘p tarqalganssilindrli va figurali, konstruksiyasi bo‘yicha terma va tamg‘alangan holda tayyorlanadi. Terma bankalar dumaloq yoki to‘g‘riburchakli, tamg‘alanganlari esa dumaloq, to‘g‘riburchakli, oval va elliptik ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Terma holdagi bankalar korpus, qopqoq va tag qismidan iborat, tamg‘alangan idishlar esa mahsus presslarda, uning qopqog‘i alohida tayyorlanadi. Konservalashda ko‘llaniladigan metall bankalarning ko‘rsatkichlari GOST 5981-88 «Konservalar uchun metall bankalar. Texnik shartlar» deb nomlanuvchi normativ xujjatda keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra bankalarning konstruksiyasi, o‘lchamlari, ularga ko‘yilgan texnik talablar bayon etilgan.

Konservalash uchun ko‘llaniladigan metall bankalarning konstruktiv chizmalari 7-rasmda, ularning o‘lchamlari esa jadvalda ko‘rsatib o‘tilgan.







1-chizma: terma dumaloq



3-chizma: tamg‘ali dumaloq



4-chizma: tamg‘ali to‘g‘riburchakli

2-chizma: terma to‘g‘riburchakli





5-chizma: tamg‘ali elliptik

6-chizma: tamg‘ali oval


Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish