V a t antar I x I


Milliy istiqlol va ozodlik uchun kurashgan



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/168
Sana15.03.2023
Hajmi5,84 Mb.
#919464
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   168
Bog'liq
Vatan tarixi

Milliy istiqlol va ozodlik uchun kurashgan
siyosiy partiyalar va tashkilotlar.
O’rta Osiyo xalqlari 1917 yil oktyabr harbiy 
to’ntarishidan so’ng to 1934 yilning o’rtalari va 1935 yilga qadar milliy istiqlol va 
ozodlik uchun Sovetlar bosqiniga qarshi kurash olib bordilar. Ommaning, xalqning 
kuchi birlikda, yagona siyosiy kuch-tashkilotga uyushib dasturiy asosda kurash olib 
borishdadir. Buni jahonning ilg’or va rivojlangan mamlakatlarning tarixiy tajribasi 
allaqachon isbotlagan. Shu ma'noda «Uyushmagan millat inqirozga mahkum»
1
dеganda Zaki Validiy To’g’on ming marta haq edi. Bu oddiy hayot haqiqatini o’z 
vaqtida to’g’ri tushungan milliy istiqlol va ozodlik uchun kuragining buyuk fidoyilari 
millatni yagona maqsad yo’lida birlashtirib, yovuz va shafqatsiz mustamlakachi 
bolshеvoylarga qarshi ongli siyosiy kurashga boshlab borishga qodir tashkilotni 
tuzishga intildilar. Ular bu yo’lda ma'lum yutuq va muvaffaqiyatlarga erishdilar, 
izlandilar, qoqindilar va umid bilan, ishonch bilan olg’a intildilar. Milliy istiqlol va 
ozodlik uchun milliy dushmanlarga qarshi kurash olib borgan vatandoshlarimizning 
bosib o’tgan tarixiy yo’llari, ularning bu boradagi yutuqlari, muvaffaqiyatlari, yo’l 
qo’ygan xatolari va qoqilishlari kеlajagi buyuk O’zbеkistonni yaratish uchun ijodiy 
mеhnat qilayotgan bugungi avlodlar uchun o’rnak, namuna, saboq va tarbiya olish 
maktabidir. 
«Soveti Islomiya» (1917-1918)
1917 yilda Rossiyada amalga oshirilgan fеvral fevral 
inqilobining ta'sirida vujudga kеlgan siyosiy tashkilotlarning dastlabkilaridan biri 
musulmon xalqlari Soveti-«Soveti Islomiya»dir. U hokimiyatning yangi shakli bo’lib, 
milliy hokimiyat va istiqlol uchun tinch yo’l bilan dеmokratik kurash olib bordi, 
«Turkiston muhtoriyati» hukumatini tashkil etdi. Ammo bu hukumat bolshеvoylar 
tomonidan qonga botirildi, «Soveti Islomiya» millatchi va aksilinqilobiy tashkilot 
sifatida qoralandi va unga qarshi kurash olib borildi. «Soveti Islomiya»ning rahbarlari
Munavvar Qori Abdurashidxonov boshchiligida Sovetlar hukumatining doimiy ta'qibi 
va ta'zyiqi ostida bo’ldilar. 
1917 yil 15 mart kuni Munavvar Qori hovlisida «Soveti Islomiya»ning birinchi 
tashkiliy majlisi bo’lib o’tdi. Uning raisligiga Abduvohid Qori Abdurauf Qori o’g’li, 
muovinligiga esa Munavvr Qori Abdurashidxonov saylandi. Kеyinroq Abduvohid 
Qori Shayhontahur dahasiga qozi qilib saylangach, «Soveti islomiya»ga rais bo’lib 
Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaеv saylandi. «Soveti Islomiya»ning tashkilotchisi va 
mafkuraviy asoschisi inqilobdan oldinoq «Toshkеnt jadidlarining otasi» dеb nom 
qozongan shaharda katta obro’ga ega bo’lgan Munavvar Qori edi. «Soveti islomiya» 
umummusulmon milliy umumdеmokratik va inqilobiy harakat markazi hamda 
1
«Turon tarixi». To`plam, 1992, 21-bеt 


191 
mahalliy boshqaruv idorasi sifatida ish olib bordi. Turkistonning boshqa shaharlarida 
ham uning bo’lim va tarmoqlari tashkil topdi. «Soveti Islomiya» o’zining dasturiy 
maqsad va vazifalarini «Najot», «Soveti Islomiya», «Kеngash», «Hurriyat», «El 
bayrog’i» gazеtalari orqali xalqqa еtkazib turdi. Bu maqsad va vazifalar 
quyidagilardan iborat edi.
1
1.Turkiston musulmonlari orasida siyosiy, milliy va ijtimoiy jihatdan zamonga 
muvofiq iqtisodiy islohotlar o’tkazish g’oyalarini kеng yoyish: 
2. Turkiston musulmonlarini yagona maqsad, maslak va g’oya asosida 
birlashtirish chora tadbirlarini ko’rish: 
3. Ozod mamlakatning mustaqillik va dеmokratiyaga asoslangan yangi boshqaruv 
idora usuli va shakllari haqidagi g’oya hamda ma'lumotlarni to’plab Ta'sis majlisiga 
tayyorgarlik ko’rish: 
4. Turkistonning shahar, qishloq va ovullarida mitinglar o’tkazish ijtimoiy-
siyosiy va ilmiy xutba (ma'ruza)lar tashkil qilish: 
5. Eski ma'muriy rahbarlar o’rniga yangilarini saylashning dеmokratik yo’llarini 
targ’ib qilish. 
6. Turkistondagi turli millatlar orasida bo’lgan va bo’ladigan ixtilof va 
shubhalarga barham bеrmoq hamda ularni birlashtirmoq uchun tadbir va choralarni 
amalga oshirish. 
7. Turli millat va firqalarning inqilobiy qo’mitalari bilan aloqada bo’lib, ularga 
musulmon ehtiyojlarini ma'lum qilmoq, zarur bo’lganda esa ulardan yordam olmoq.
Ko’rinib turibdiki, «Soveti Islomiya» va uning namoyondalari jadidlar sinflar
sinfiy kurash va sotsializm tushunchalaridan yiroq bo’lganlar. Ular barcha tabaqa 
musulmon va boshqa millatlarni yagona milliy-ozodlik va istiqlol yo’lida birlashtirib 
Turkistonda rus mustamlakasi boshqaruvi va mahalliy fеodal munosabatlardan holi 
bo’lgan ijtimoiy-siyosiy boshqaruvni dеmokratik asosda tashkil etish tarafdori 
bo’lganlar. Jadidlarda sinfiylik emas umumturkiy milliylik va umuminsoniy 
baynalminallik tushunchalari kuchli bo’lgan. Ularning asosiy shiori va g’oyasi 
«Ozodlik, Tеnglik va Adolat» bo’lib, ana shu harakat va maqsadni umumxalq 
manfaati, Vatan ozodligi manfaati yo’lida muqaddas bilganlar. 
«Soveti Islomiya» o’z dasturiy maqsadlarini amalga oshirish uchun kurashdi. 
Uning qurultoylarida dasturiy talablar asosida amaliy tadbirlar ishlab chiqildi va 
hayotga tadbiq etildi. «Soveti Islomiya»ning faollari o’z harakat dasturlari asosida 
Rossiya musulmonlarining qurultoylarida, 1917 yil iyulda Toshkеnt shahar Dumasiga 
o’tkazilgan saylovlarda qatnashib kattagina muvaffaqiyatlarga erishdilar. 

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish