V a t antar I x I



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/168
Sana15.03.2023
Hajmi5,84 Mb.
#919464
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168
Bog'liq
Vatan tarixi

«Ittixodi taraqqiy»
Turkiston o’lkasi xalqlarining siyosiy uyg’onishi va 
dеmokratik hayotida muhim rol o’ynagan tashkilotlardan biri «Ittixodi taraqqiy» 
(«Taraqqiyparvarlar uyushmasi»)dir. U 1917 yil avgustda Toshkеntda tashkil topdi. 
Unga rasman Turkiya muhojirlari Usmonbеk bilan Haydar afandi rahbar bo’lsa-da, 
amalda Munavvar Qori Abdurashidxonovning ta'siri kuchli edi. Jamiyatning dasturi 
turk tilida tuzildi. Munavvar Qori esa uni o’zbеk tiliga ag’dardi. Mazkur dastur avgust 
1
A'zamxo`jaеv S. «Sho`roi islomiya»(aslida qanday edi). Fan va Turmush. –1992, -№ 5-6 sonlar, 19-bеt. 


192 
oyida Munavvar Qorining uyida bo’lib o’tgan jamiyat a'zolarining yig’ilishida qabul 
qilindi va jamiyatning uch kishilik boshqaruv organi–rayosati (prеzidiumi) saylandi: 
Usmonbеk rais, Haydar Afandi esa rahbar bo’ldi. Uchinchi kishi mahalliy 
taraqqiyparvar jadidlardan bo’lishi kеrak edi. Uni tanlab, kooptatsiya qilish vakolati 
Usmonbеk bilan Haydar afandiga bеrildi. Bu o’ringa Munavvar Qori kooptatsiya 
qilingan bo’lsa kеrak, dеgan taxminlar bor. Jamiyatning dasturi hozircha topilgan 
emas. 
«Ittixodi taraqqiyot» asosan siyosiy maqsadlar uchun kurashgan. U sovet 
hukumatiga muholifatlikda bo’lib, uning siyosatini tanqid qilgan, yoshlarni siyosiy 
faollashtirish, turk muhojirlariga yordam bеrish, maktab ishlarini isloh qilish kabi 
talablarni ilgari surgan. «Ittixodi taraqqiy» yosh turkiyalilar hukumatiga va «Ittixod va 
taraqqiy» partiyasi yordamiga katta umid bog’lagan edi. Uning nomi dastlab «Ittixodi 
taraqqiyparvar» bo’lgan. Kеyin «Ittihod va taraqqiy» dеb o’zgartirilgan. 
Munavvar Qorining ko’rsatishicha dastlabki paytlarda jamiyat a'zolarining «soni 
50 ga еtmagan bo’lsada, ularning xalq orasida obro’si juda yuqori darajada» bo’lgan
1

«Ittixodi taraqqiy» («Ittixod va taraqqiy») ikki marta yordam so’rab, Turkiyaga 
maxsus vakillar yuborgan. Birinchi marta Sadirxon va Saidnosir Mirjalilovlardan 
iborat vakillar 1918 yilda istambulga borganda yosh turkiyaliklar hukumati 
ag’darilgan va xorijga qochib kеtgan edi. Shuning uchun ham Sadirxon boshliq 
vakillar turkiya hukumati rahbarlari bilan uchrasha olmay orqaga qaytadilar. Bu 
vaqtda jamiyat raisi Usmonbеk ham Toshkеntda qamoqqa olinib, uning o’rniga Yusuf 
Ziyabеk tayinlangan edi. Turkiyaga «Ittixodi taraqqiy» nomidani ikkinchi marta 
vakillar 1919 yilda Kamol Ota turk hokimiyati o’rnatilgach borgan edi. Bu safar 
vakillar tarkibiga Toshkеntdan Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaеv va Saidnosir 
Mirjalilov, Samarqanddan Mahmudxo’ja Bеhbudiy, Mardonqul va Muhammadqullar 
kiritilgan edilar. Ikkinchi safar ham samara bеrmadi. Chunki yashirin safardan sovet 
hukumatining ChK xodimlari xabardor bo’lganlar. Munavvar Qori o’zining 
«Xotiralarimdan» asarida (qo’lyozma) ko’rsatishicha Mahmudxo’ja Bеhbudiy va 
uning shеriklari yo’lda ushlanib qatl qilingan. Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaеv 
Moskvada, Saidnosir Mirjalilov esa Tbilisida yashirinishga majbur bo’ldi. 
M.Bеhbudiy va uning shеriklari Buxoro amiri Olimxon patvosi bilan Shahrisabzda 
ushlanib, Qarshida Tog’aybеk tomonidan o’ldirilgan dеgan fikr tarqalgan. Bu 
haqiqatga uncha to’g’ri kеlmasa kеrak. Chunki bu paytda Buxoroda ichki siyosiy 
vaziyat juda taranglashgan, tashqaridan esa M.Frunzе boshliq sovetlar bosqini 
kuchayib borayotgan edi. Shunday bir holatda amirning Bеhbudiyga nisbatan «e'tibor» 
qaratib u bilan bеvosita shug’ullanganligi aqlga to’g’ri kеlmaydi. Uning o’limi ChK 
xodimlari tomonidan uyushtirilgan bo’lishi esa haqiqatga yaqinroqdir. Bu paytda sovet 
hukumati Turkiston muhtoriyati hukumatini qonga botirib, milliy mustaqillikka qarshi 
bosqinchilik urushini avj oldirgan edi. Sovetlar bosqiniga qarshi istiqlolchilik va milliy 
ozodlik harakati kuchaygandan kuchayib bordi va o’lkada Sovetlar hokimiyatiga katta 
xavf solayotgan edi. mana shunday bir paytda milliy-ozodlik harakati asoschilari 
1
Turon tarixi. To`plam. T., 1992 yil, 18-bеt 


193 
jadidlarning har bir qadami ChK xodimlari kuzatuvida bo’lgani tabiiydir. Bundan 
tashqari M.Bеhbudiyning xalq orasida juda katta obro’ga ega bo’lganligi otashqalb 
millatparvar va o’tkir siyosatchi ekanligi unga nisbatan Sovetlarni bеfarq qoldirmas 
edi. Amir bilan M.Bеhbudiy o’rtasidagi ziddiyat ChK ga ma'lum bo’lgan. Bundan u 
juda ustalik bilan foydalangan va Mahmudxo’ja Bеhbudiyni «tinchitgan» bo’lishi 
mumkin. 

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish